Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🟦🟦🟦

⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

⛈ 2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

📍 Kimyogarlar madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirda Chirchiq shahar hokimi Abdurahimov Murodjon Kamildjonovich, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Safarov Nurbek Abdivaliyevich, institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

🇺🇿 Marosim Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tabrik nutqlarida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, tibbiyot kasbi chuqur bilim, fidoyilik va yuksak mas’uliyat talab etishi ta’kidlandi.

🩺 Tadbirning asosiy qismida talabalar Shifokorlik qasamyodini qabul qilib, inson salomatligini asrash va kasbiy burchiga sodiq qolish yo‘lida muhim qadam tashladilar.

🎓 Shuningdek, talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, dastur san’atkor Mirjalol Nematovning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

🤩 Bugungi talaba — ertangi shifokor! Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali malakali, bilimli va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda davom etadi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #TalabalikkaBagishlov #ShifokorlikQasamyodi #TibbiyTalim

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7⚡1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨✨

🎓 “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” — TELEVIDENIYE NIGOHIDA

⛈ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida bo‘lib o‘tgan “Talabalikka bag‘ishlov va Shifokorlik qasamyodi” tantanali marosimi “Nurafshon TV” telekanali tomonidan yoritildi.

📺 Telelavhada marosimning muhim lahzalari, talabalarning shifokorlik qasamyodini qabul qilishi hamda ta’lim grantlari va rektor stipendiyasi sohiblarini taqdirlash jarayonlari aks etdi.

Shuningdek, telekanal muxbiri institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich bilan suhbatlashib, institut faoliyati va tibbiy ta’limni rivojlantirishga oid fikrlarini yoritdi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #NurafshonTV #ShifokorlikQasamyodi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4⚡1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🎯TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI

🎬 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida o‘tkazilgan tantanali marosimdan videolavha.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #ShifokorlikQasamyodi

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13🎉5👍2😱1
🏆 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABALAR TAQDIRLANDI: TA’LIM GRANTLARI, REKTOR STIPENDIYALARI VA “REKTOR KUBOGI” G‘OLIBLARI!

🎓 “Talabalikka bag‘ishlov va Shifokorlik qasamyodi” tantanali marosimi davomida 41 nafar talabaga turli xil ta’lim grantlari topshirildi.
🏅 Shuningdek, munosib natija ko‘rsatgan talabalar rektor stipendiyasi bilan taqdirlandilar.

⚽️🏐 “Rektor kubogi” doirasida futbol va voleybol musobaqalarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar ham munosib taqdirlandi.

👏 Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida omad va yangi zafarlar tilaymiz!

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #TalabalikkaBagishlov #TalabalarQasamyodi #TalimGranti #RektorStipendiyasi #RektorKubogi #Futbol #Voleybol

📱Instagram | ✅Telegram
🎉5👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI CHIRCHIQ FILIALI TALABALARI JARROHLIK AMALIYOTIDA!

💉 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali talabalari barmoqda o‘sib chiqqan hosilani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotida ishtirok etdilar.

💊 Amaliyot davomida talabalar jarrohlik jarayonini bevosita kuzatish va nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

📓 Bunday amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak shifokorlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda klinik tajribasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9⚡3😱2👍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI — YILLAR DAVOMIDA SHAKLLANGAN TARAQQIYOT TARIXI!

✍️Dastlabki qadamlardan bugungi kungacha. Institutning tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari va bugungi faoliyatiga nazar.

✅ Impuls Tibbiyot Instituti — o‘z tarixi va rivojlanish yo‘liga ega ta’lim maskani.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6⚡4😱1🎉1
🇺🇿🤝🇹🇷 XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA SHIFOKOR PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TAJRIBA ALMASHIB QAYTISHDI!

⛈ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik doirasida Turkiyaning Balıkesir universitetida malaka oshirish va stajirovka dasturida ishtirok etib, tajriba almashib qaytdilar.

🧬 Stajirovka davomida professor-o‘qituvchilarimiz zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ilg‘or diagnostika va davolash usullari, klinik amaliyot hamda tibbiyot ta’limining xalqaro standartlari bo‘yicha bilim va tajribalarini boyitdilar.

🎯 Ushbu stajirovkaning asosiy maqsadi — o‘zlashtirilgan xalqaro tajriba va ilg‘or bilimlarni institutning ta’lim hamda klinik-amaliy jarayonlariga tatbiq etish orqali talabalarga jahon standartlariga mos bilim va ko‘nikmalarni berishdir.

📱Instagram | ✅Telegram
👍15🔥2
🟦🟦🟦🟦
«YOSHLAR KUNI» MUNOSABATI BILAN REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI.

✔️ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida rektor Alisher Xamdamovning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

⚡️ Uchrashuv davomida talabalarning muammolari va takliflari tinglanib, ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va kasbiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

✅ Jumladan, sport to‘garaklari va qo‘shimcha o‘quv kurslarini tashkil etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarni xorijiy klinikalarda stajirovka o‘tashga tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #YoshlarKuni #RahbarVaYoshlar #Chirchiq #talabalar

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤔2🎉1