Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🇺🇿🤝🇹🇷 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TURKIYADA IKKI HAFTALIK KLINIK AMALIYOT DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA!

🌐 Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti shifoxonasida ikki haftalik klinik amaliyot o‘tamoqda.

🩺 Dasturda professor-o'qituvchilar Norqobilov Shokir Eshmirzayevich, Musakulov Bobur Farmonovich va Daminova Aziza Olimjonovnalar ishtirok etib, xalqaro klinik tajribani o‘rganish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➕O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar klinik tayyorgarligini takomillashtirish hamda kelgusida ular uchun Turkiyada amaliyot dasturlarini tashkil etish institutning muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥11😱2💯2⚡1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦
🎓 TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI BOSHLANISHIGA SANOQLI SONIYALAR!

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5⚡2
🟦🟦🟦

⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

⛈ 2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

📍 Kimyogarlar madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirda Chirchiq shahar hokimi Abdurahimov Murodjon Kamildjonovich, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Safarov Nurbek Abdivaliyevich, institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

🇺🇿 Marosim Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tabrik nutqlarida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, tibbiyot kasbi chuqur bilim, fidoyilik va yuksak mas’uliyat talab etishi ta’kidlandi.

🩺 Tadbirning asosiy qismida talabalar Shifokorlik qasamyodini qabul qilib, inson salomatligini asrash va kasbiy burchiga sodiq qolish yo‘lida muhim qadam tashladilar.

🎓 Shuningdek, talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, dastur san’atkor Mirjalol Nematovning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

🤩 Bugungi talaba — ertangi shifokor! Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali malakali, bilimli va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda davom etadi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #TalabalikkaBagishlov #ShifokorlikQasamyodi #TibbiyTalim

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7⚡1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨✨

🎓 “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” — TELEVIDENIYE NIGOHIDA

⛈ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida bo‘lib o‘tgan “Talabalikka bag‘ishlov va Shifokorlik qasamyodi” tantanali marosimi “Nurafshon TV” telekanali tomonidan yoritildi.

📺 Telelavhada marosimning muhim lahzalari, talabalarning shifokorlik qasamyodini qabul qilishi hamda ta’lim grantlari va rektor stipendiyasi sohiblarini taqdirlash jarayonlari aks etdi.

Shuningdek, telekanal muxbiri institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich bilan suhbatlashib, institut faoliyati va tibbiy ta’limni rivojlantirishga oid fikrlarini yoritdi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #NurafshonTV #ShifokorlikQasamyodi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4⚡1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🎯TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI

🎬 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida o‘tkazilgan tantanali marosimdan videolavha.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #ShifokorlikQasamyodi

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13🎉5👍2😱1
🏆 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABALAR TAQDIRLANDI: TA’LIM GRANTLARI, REKTOR STIPENDIYALARI VA “REKTOR KUBOGI” G‘OLIBLARI!

🎓 “Talabalikka bag‘ishlov va Shifokorlik qasamyodi” tantanali marosimi davomida 41 nafar talabaga turli xil ta’lim grantlari topshirildi.
🏅 Shuningdek, munosib natija ko‘rsatgan talabalar rektor stipendiyasi bilan taqdirlandilar.

⚽️🏐 “Rektor kubogi” doirasida futbol va voleybol musobaqalarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar ham munosib taqdirlandi.

👏 Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida omad va yangi zafarlar tilaymiz!

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #TalabalikkaBagishlov #TalabalarQasamyodi #TalimGranti #RektorStipendiyasi #RektorKubogi #Futbol #Voleybol

📱Instagram | ✅Telegram
🎉5👍2🔥2