Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI NISHONLANDI

📚 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🌀Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Tog‘ayeva Gulandon Jumayevna, shuningdek, institut rahbariyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

🤔Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni, ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤔 Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va betakror go‘zalligini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.

🖋 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va o‘zligimiz timsoli! Uni qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2🎉1
🇺🇿🤝🇹🇷 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TURKIYADA IKKI HAFTALIK KLINIK AMALIYOT DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA!

🌐 Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti shifoxonasida ikki haftalik klinik amaliyot o‘tamoqda.

🩺 Dasturda professor-o'qituvchilar Norqobilov Shokir Eshmirzayevich, Musakulov Bobur Farmonovich va Daminova Aziza Olimjonovnalar ishtirok etib, xalqaro klinik tajribani o‘rganish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➕O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar klinik tayyorgarligini takomillashtirish hamda kelgusida ular uchun Turkiyada amaliyot dasturlarini tashkil etish institutning muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥11😱2💯2⚡1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦
🎓 TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI BOSHLANISHIGA SANOQLI SONIYALAR!

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5⚡2
🟦🟦🟦

⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV VA SHIFOKORLIK QASAMYODI” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

⛈ 2026-yil 26-oktabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

📍 Kimyogarlar madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirda Chirchiq shahar hokimi Abdurahimov Murodjon Kamildjonovich, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Safarov Nurbek Abdivaliyevich, institut rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

🇺🇿 Marosim Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tabrik nutqlarida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, tibbiyot kasbi chuqur bilim, fidoyilik va yuksak mas’uliyat talab etishi ta’kidlandi.

🩺 Tadbirning asosiy qismida talabalar Shifokorlik qasamyodini qabul qilib, inson salomatligini asrash va kasbiy burchiga sodiq qolish yo‘lida muhim qadam tashladilar.

🎓 Shuningdek, talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, dastur san’atkor Mirjalol Nematovning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

🤩 Bugungi talaba — ertangi shifokor! Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali malakali, bilimli va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda davom etadi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #ChirchiqFiliali #TalabalikkaBagishlov #ShifokorlikQasamyodi #TibbiyTalim

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7⚡1💯1