Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “YOSHLAR KAMOLOTI VA VATANPARVARLIK” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI!

✅Bugun Impuls Tibbiyot Institutida “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi.

✅Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Komiljonovich Abdurahimov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi Bobur Mansurovich Bekmurodov, Impuls Tibbiyot Instituti ta’sischisi va ijrochi direktori Bobur Shuhratovich Sirojiddinov, institutning Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

💬 Muloqot davomida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z savol va takliflarini bildirib, mehmonlar bilan ochiq fikr almashdilar.

🎓 Tadbirning muhim voqealaridan biri — “Yuksalish” umummilliy harakatiga a’zolik sertifikatini Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovichga tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.

📍 Shuningdek, institutda “Yuksalish” umummilliy harakatining maxsus burchagi tashkil etildi. Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlashni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #Yuksalish #YoshlarKamoloti #Vatanparvarlik

🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “YOSHLAR KAMOLOTI VA VATANPARVARLIK” MAVZUSIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN VIDEO LAVHA

#ImpulsTibbiyotInstituti #Yuksalish

🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI CHIRCHIQ FILIALIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA!

⚽️ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Rektor kubogi” futzal musobaqasi yakunlandi.

Musobaqa davomida jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, maydonda yuqori sport mahorati, tezkorlik va jamoaviy birdamlikni namoyon etdilar. Murosasiz va qizg‘in kechgan uchrashuvlar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi hamda g‘alabaga intilishini yana bir bor namoyon etdi.

🏐 Endi navbat — voleybol bahslariga! “Rektor kubogi” doirasidagi sport bellashuvlari voleybol musobaqalari bilan davom etmoqda. Talabalar yangi bahslarda ham o‘z jamoalarining sha’nini himoya qilib, chaqqonlik, mahorat va hamjihatlikni namoyon etishadi.

🚀 “Rektor kubogi” nafaqat sport musobaqasi, balki talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda faol talabalar safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2⚡1💯1
🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI: YUTUQLARI VA MUAMMOLARI.

⚡️ 19-oktyabr kuni Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida «Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni: yutuqlari va muammolari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🌀 Tadbirda xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Toshpo‘latovna, Chirchiq shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Umarova Go'zal Xasanovna hamda Chirchiq shahar IIB XTB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Mirxaitova Feruza Baxodirovna, institutning professor-o‘qituvchilari va talaba qizlar ishtirok etdilar.

🤜 Davra suhbati davomida jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni, ularning erishayotgan yutuqlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4⚡1💯1
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI NISHONLANDI

📚 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🌀Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Tog‘ayeva Gulandon Jumayevna, shuningdek, institut rahbariyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

🤔Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni, ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤔 Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zbek tilining jozibasi, boyligi va betakror go‘zalligini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.

🖋 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va o‘zligimiz timsoli! Uni qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2🎉1
🇺🇿🤝🇹🇷 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TURKIYADA IKKI HAFTALIK KLINIK AMALIYOT DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA!

🌐 Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida Chirchiq filiali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Balıkesir universiteti shifoxonasida ikki haftalik klinik amaliyot o‘tamoqda.

🩺 Dasturda professor-o'qituvchilar Norqobilov Shokir Eshmirzayevich, Musakulov Bobur Farmonovich va Daminova Aziza Olimjonovnalar ishtirok etib, xalqaro klinik tajribani o‘rganish va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

➕O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar klinik tayyorgarligini takomillashtirish hamda kelgusida ular uchun Turkiyada amaliyot dasturlarini tashkil etish institutning muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

📱Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥11😱2💯2⚡1🎉1