Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
4.42K subscribers
252 photos
111 videos
153 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🎓 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida yangi o‘quv yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi(fotolavhalar)

⚡️Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida 1-kurslar uchun yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovich ochib berib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi hamda ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat, ulkan zafarlar va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida omad tiladi.

🎤 Tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida taniqli xonanda Dilfuza Ismoilova ham mehmon sifatida ishtirok etdi. Xonanda o‘zining dilbar va dil tortar taronalari bilan yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ochilish marosimidan so‘ng talabalar o‘z o‘quv xonalariga kuzatilib, yangi o‘quv yilining ilk darslari boshlandi.

🌐Instagram | ✅Telegram
1👍14🔥3🎉2⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩺 IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA 2026–2027-O‘QUV YILI TANTANALI RAVISHDA BOSHLANDI!

✨ Bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirning eng yorqin lahzalarini videolavha orqali yana bir bor e’tiboringizga havola etamiz!
📹 Marhamat, tomosha qiling!

Ta’lim yo‘nalishlari:

🩺 Davolash ishi
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

⏳ Qabul davom etmoqda.

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram | ✅Telegram
👍14🎉8🔥2⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌DARS JARAYONLARIDAN REPORTAJ

🦷 Impuls Tibbiyot Instituti Stomatologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalarining Fantom Simulyatsion Markazida amaliy mashg‘ulotlaridan reportaj.

🟤 Dars jarayonida talabalar stomatologik amaliyotning dastlabki ko‘nikmalarini egallab, nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlamoqda.
🟤 Zamonaviy fantom xonada tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar bo‘lajak stomatologlarning kasbiy ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlari:
🩺 Davolash ishi
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

⏳ Qabul davom etmoqda.

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram | ✅Telegram
🔥9⚡5🤔2👍1😱1
🌿 Impuls TIbbiyot Instituti — UI GreenMetric 2026 xalqaro reytingida!

⚡️ Impuls Tibbiyot l Instituti oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat sohasidagi faoliyatini baholovchi UI GreenMetric World University Rankings 2026 reytingida qayd etildi.

📌 Reytingda kampus infratuzilmasi, energiya va suvdan samarali foydalanish, chiqindilarni boshqarish, ekologik transport, ta’lim va tadqiqotlar kabi yo‘nalishlar baholanadi.

Mazkur ishtirok institutimizga o‘z faoliyatini xalqaro mezonlar asosida baholash va barqaror kampusni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi.

🔗 Reyting natijalari

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram | ✅Telegram
👍9🔥1
⚡️Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialining Fundamental tibbiyot fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Turkiyaning eng nufuzli shifoxonasida stajirovka o'tamoqda!

Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali Anatomiya fani o‘qituvchisi Ortiqov Abduhakim Abduvahob o‘g‘li Turkiyadagi nufuzli Medipol shifoxonasida amaliy malaka oshirmoqda.

Safar davomida tibbiy ta’limni tashkil etish, zamonaviy anatomiya o‘qitish metodikalari hamda simulyatsion mashg‘ulotlar tajribasi o‘rganilmoqda. Shuningdek, radiologiya (KT, MRT, UZT) va jarrohlik yo‘nalishlarida klinik ko‘nikmalar boyitilmoqda.

💡 Maqsadimiz: Orttirilgan tajribalarni institutimiz ta’lim jarayoniga tatbiq etib, talabalarimizga yanada chuqur va amaliy bilim berish!

#Xalqarotajriba #Zamonaviytalim #Kuchlimutaxassislar

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03


🌐Instagram | ✅Telegram
👍17🔥14🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Sizchi, ustozingizni bayram bilan tabrikladingizmi?

✨Bugun sizga bilim bergan, yo‘l ko‘rsatgan va har bir yutug‘ingizda o‘z hissasini qo‘shgan ustozlaringizni eslash uchun ajoyib kun. 🌿

📩 Ustozingizga birgina samimiy tilak yoki qo‘ng‘iroq ham ular uchun katta e’tibor!

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉
ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram | ✅Telegram
👍15🎉9⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Yuqorida xabar berganimizdek, ayni kunlarda Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali Fundamental tibbiyot fanlari kafedrasi o‘qituvchisi Ortiqov Abduhakim Abduvahob o‘g‘li Turkiyaning nufuzli Medipol shifoxonasida amaliy malaka oshirmoqda.

🇺🇿 Fursatdan foydalanib, ustozimiz O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘lladilar.
Shuningdek, Turkiyaning mashhur professori, Dr. Ahmet Go‘zal ham ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan ustozlarga o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi.
✨ Barcha ustoz va murabbiylarni O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bilan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03


🌐Instagram | ✅Telegram
👍12🔥5🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩺 TIBBIYOT VIKTORINASI 🧠

Bo‘lajak shifokorimizga tibbiyotga oid turli savollar berdik. 🎓
Viktorina davomida ularning bilimi, tezkor fikrlashi va tibbiyotga bo‘lgan qiziqishini sinab ko‘rdik.

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03


🌐Instagram | ✅Telegram
👍8🔥4😱4⚡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI CHIRCHIQ FILIALIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARIGA START BERILDI! 🏆

🏆Institutimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida guruhlararo "Rektor kubogi" sport musobaqalariga rasman start berildi.

✨Qizg‘in va murosasiz davom etayotgan bahslarda barcha guruh jamoalari o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03


🌐Instagram | ✅Telegram
🔥10👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida kiberxavfsizlik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

📱 Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida talabalarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔐 Tadbir davomida internet firibgarligining keng tarqalgan usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havola va fayllardan ehtiyot bo‘lish, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

⚠️ Talabalarga internetdan foydalanishda hushyor bo‘lish, noma’lum manbalardan kelgan fayl va havolalarni ochmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03


🌐Instagram | ✅Telegram
👍7😱2
⚡️ IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA “YOSHLAR KAMOLOTI VA VATANPARVARLIK” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI!

✅Bugun Impuls Tibbiyot Institutida “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi.

✅Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Komiljonovich Abdurahimov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi Bobur Mansurovich Bekmurodov, Impuls Tibbiyot Instituti ta’sischisi va ijrochi direktori Bobur Shuhratovich Sirojiddinov, institutning Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovich, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

💬 Muloqot davomida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va jamiyat hayotidagi faolligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z savol va takliflarini bildirib, mehmonlar bilan ochiq fikr almashdilar.

🎓 Tadbirning muhim voqealaridan biri — “Yuksalish” umummilliy harakatiga a’zolik sertifikatini Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori Xamdamov Alisher Salimovichga tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.

📍 Shuningdek, institutda “Yuksalish” umummilliy harakatining maxsus burchagi tashkil etildi. Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlashni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

#ImpulsTibbiyotInstituti #Yuksalish #YoshlarKamoloti #Vatanparvarlik

🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9⚡1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “YOSHLAR KAMOLOTI VA VATANPARVARLIK” MAVZUSIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN VIDEO LAVHA

#ImpulsTibbiyotInstituti #Yuksalish

🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
IMPULS TIBBIYOT INSTITUTI CHIRCHIQ FILIALIDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA!

⚽️ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filialida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Rektor kubogi” futzal musobaqasi yakunlandi.

Musobaqa davomida jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, maydonda yuqori sport mahorati, tezkorlik va jamoaviy birdamlikni namoyon etdilar. Murosasiz va qizg‘in kechgan uchrashuvlar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi hamda g‘alabaga intilishini yana bir bor namoyon etdi.

🏐 Endi navbat — voleybol bahslariga! “Rektor kubogi” doirasidagi sport bellashuvlari voleybol musobaqalari bilan davom etmoqda. Talabalar yangi bahslarda ham o‘z jamoalarining sha’nini himoya qilib, chaqqonlik, mahorat va hamjihatlikni namoyon etishadi.

🚀 “Rektor kubogi” nafaqat sport musobaqasi, balki talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda faol talabalar safini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


🌐Instagram | ✅Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2⚡1💯1