Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
3.05K subscribers
202 photos
65 videos
98 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦷IDECA–2026: Innovatsiya va tajribalar uyg‘unlashgan navbatdagi kun

"O‘zekspomarkaz"da IDECA-2026 xalqaro stomatologiya ko‘rgazmasining navbatdagi kunida Impuls tibbiyot instituti Prezidenti Baxtinur Xudanov konferensiyada "O‘zbekistonda stomatologik kasalliklar epidemiologiyasi: tahlil, takliflar va yechimlar" mavzusida ma’ruza qildi.

Eslatib o'tamiz tadbirda:

💠Xalqaro hamkorlik: Dunyoning 12 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq brendlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmada 8,5 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etdi.

💠Impuls stendi: Institutimiz vakillari zamonaviy tibbiy ta’lim, stomatologiya sohasidagi so‘nggi yutuqlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

💠Mahorat darslari: Ko‘rgazma doirasida soha mutaxassislari uchun amaliy seminarlar va xalqaro ekspertlar bilan muloqotlar tashkil etilgan.

#IDECA2026 #ImpulsTibbiyotInstituti #Stomatologiya #Toshkent #TibbiyTalim #Innovatsiya

Instagram | Telegram
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏥 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida: Kelajak shifokorlarining hayoti ota-onalar nigohida!

⚡️Institutimizda talabalarning ota-onalari uchun maxsus tashrif va uchrashuv tashkil etildi. Ushbu kun davomida ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

🌀 Tashrif davomida:

Zamonaviy sharoitlar: Ota-onalar institutdagi shinam ma’ruzalar zallari, eng so’nggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalari hamda boy resurslarga ega axborot-resurs markazini (kutubxona) ko’zdan kechirdilar.

Yaqindan muloqot:
Professor-o’qituvchilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda har bir talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichlari, darsdagi faolligi va intizomi yuzasidan samimiy suhbatlar o’tkazildi.

Taqdirlash va e’tirof:

Tadbirning eng hayajonli qismi — institutimizning faxri bo’lgan 22 nafar grant sohiblarining ota-onalarini taqdirlash marosimi bo’ldi. Farzandi ilm yo’lida yuksak natija ko’rsatgan ota-onalarga alohida minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg’alari topshirildi.

Mas’uliyat va intizom:
⚠️ Shuningdek, uchrashuv davomida dars qoldirish holatlariga yo’l qo’ygan talabalarning ota-onalari bilan ham jiddiy suhbat o’tkazildi. Farzandlarimizning sifatli bilim olishi va kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishishi uchun intizom eng muhim omil ekanligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi.

Bizning maqsadimiz — ota-onalar bilan hamkorlikda xalqimiz salomatligini ishonchli qo’llarga topshiradigan bilimli shifokorlarni tarbiyalashdir!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Impuls tibbiyot institutida tadbirkorlar va "Yuksalish" harakati rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

🤜 Impuls tibbiyot instituti Namangan filialida "Yuksalish" harakati raisi, Qonunchilik palatasi qo'mita raisi Bobur Bekmurodov, Tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Elyor Primov hamda Impuls tibbiyot instituti ta'sischisi Bobur Sirojiddinov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔬 Uchrashuv davomida institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, nazariya va amaliyot integratsiyasiga asoslangan o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Tashrif doirasida Impuls tibbiyot institutining beg‘araz homiyligida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Davlatobod tumanidagi 58-son davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining har biriga 500 tadan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim etildi.

✔️ Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Ezgulik yo‘lida birlashgan yoshlar!

⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tashabbuslari amalga oshirilmoqda.

❤️ Ular imkoniyatlari doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, amaliy yordam ko‘rsatib kelishmoqda.

Ezgulik, mehr-oqibat va insonparvarlik — haqiqiy shifokorlikning muhim fazilatlaridan biridir. Bugungi volontyorlik faoliyati esa yoshlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati va insoniy qadriyatlariga sodiqligini namoyon etmoqda.

✔️ Bu borada Mushtum jurnali bilan hamkorlikda maxsus videolavha tayyorlandi.

🎥 To‘liq video — Mushtum YouTube sahifasida!

💱 ENG:

🤝 Youth United for a Noble Cause!

⚡️ Students and professors of the Chirchiq branch of Impuls Medical Institute are carrying out charitable initiatives aimed at supporting socially vulnerable families.

❤️ Within their capabilities, they regularly visit families in need and provide practical assistance.

Kindness, compassion, and humanity are among the most important qualities of a true doctor. Today’s volunteer activities clearly demonstrate young people’s sense of social responsibility and dedication to human values.

✔️ A special video report on these initiatives was prepared in collaboration with Mushtum magazine.

🎥 Full video — on Mushtum’s YouTube channel!


Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Impuls Start” fan olimpiadasi final bosqichga o‘tdi!

📚 Fan olimpiadasining 1-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, eng bilimdon va iqtidorli abituriyentlar saralab olindi.

✔️ Endi esa — hal qiluvchi 2-bosqich 15-may, Juma kuni bo‘lib o‘tadi!

🧠 Ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etadilar.

🎯 Aynan shu bosqich g‘oliblarni aniqlab beradi hamda:
— 100% gacha grant;
— pul mukofotlari;
— va muhim imtiyozlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.


♥️ Barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz!

💱 ENG:

⚡️ “Impuls Start” Academic Olympiad has reached the final stage!

📚 The first stage of the Olympiad has been successfully completed, and the most knowledgeable and talented applicants have been selected.

✔️ Now, the decisive 2nd stage will be held on Friday, May 15!

🧠 In this stage, participants will demonstrate their knowledge, logical thinking, and ability to make quick decisions.

🎯 This stage will determine the winners and provide an opportunity to receive:
— up to 100% scholarship;
— cash prizes;
— and other important benefits.


♥️ We wish all participants the best of luck!


Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🤝 Impuls va Alanya Alaaddin Keykubat hamkorligi — yangi imkoniyatlar sari!

📓 Impuls tibbiyot instituti hamda Turkiyaning Alanya Alaaddin Keykubat Universiteti rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎯 Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

✔️ Talabalar uchun uzoq va qisqa muddatli klinik kuzatuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
✔️ Professor-o‘qituvchilar uchun maqsadli va imtiyozli qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
✔️ Zamonaviy klinik simulyatsiya markazlari va raqamli tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
✔️ Erasmus+ va Mevlana loyihalari doirasida almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🗓 Shuningdek, tez kunlarda mazkur universitet rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Impuls tibbiyot institutiga tashrifi rejalashtirilmoqda.

🤝 Tomonlar yuqoridagi takliflarni umumlashtirib, hamkorlik bo‘yicha ahdlashuv protokoli ishlab chiqishga kelishib oldilar.

🚀 Mazkur hamkorlik xalqaro ta’lim, akademik almashinuv va zamonaviy tibbiy ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

💱 ENG:

🤝 Impuls and Alanya Alaaddin Keykubat Partnership — Towards New Opportunities!

📓 An online meeting was held between the leadership of Impuls Medical Institute and Türkiye’s Alanya Alaaddin Keykubat University.

🎯 During the meeting, both higher education institutions discussed the implementation of new cooperation projects, including:

✔️ Launching long-term and short-term clinical observation programs for students;
✔️ Organizing targeted and privileged short-term professional development courses for faculty members;
✔️ Implementing joint projects in modern clinical simulation centers and digital medical technologies;
✔️ Developing exchange programs within the framework of Erasmus+ and Mevlana projects.

🗓 In addition, a visit of the university delegation led by the Rector to Impuls Medical Institute is planned in the coming days.

🤝 The parties agreed to consolidate the discussed proposals and develop a cooperation protocol.

🚀 This partnership will contribute to expanding opportunities in international education, academic exchange, and modern medical training.


Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
ORZUYINGIZDAGI TIBBIY TA’LIM SARI ILK QADAM! IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA QABUL BOSHLANDI!

🗓 2026-2027-o‘quv yili uchun test sinovlari

1-IYUN KUNI 10:00 dan boshlab

🩺 Ta’lim yoʻnalishlari:
🥼 Davolash ish
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

📞 Batafsil ma’lumot va bog‘lanish uchun:
📱 +998 55 903 00 03
📱 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
ORZUYINGIZDAGI TIBBIY TA’LIM SARI ILK QADAM! IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA QABUL BOSHLANDI!

🗓 2026-2027-o‘quv yili uchun test sinovlari

1-IYUN KUNI 10:00 dan boshlab

🩺 Ta’lim yoʻnalishlari:
🥼 Davolash ish
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

📞 Batafsil ma’lumot va bog‘lanish uchun:

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓IMPULS TIBBIYOT INSTITUTIDA 2026–2027 O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA!

📅Kirish imtihoni:

🕙 1-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab

📚 Ta’lim yo‘nalishlari:
🥼 Davolash ishi
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

📞Murojaat uchun:
+998 55 903 00 03
+998 71 501 00 03

👉 HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING!

📍 Manzil:
Chirchiq shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 226A-uy

🌐Instagram | Telegram
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
⚡️ Bugun Impuls Tibbiyot Institutida 2026–2027 o‘quv yili uchun dastlabki qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalar farzandlarining imtihon topshirish jarayonlarini bevosita kuzatib, institutimizda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdilar.

📅 Navbatdagi kirish imtihoni 8-iyun kuni bo‘lib o‘tadi!

🩺 Ta’lim yoʻnalishlari:
🥼 Davolash ish
🦷 Stomatologiya
👩‍⚕️ Pediatriya

📞 Batafsil ma’lumot va bog‘lanish uchun:

📞 +998 55 903 00 03
📞 +998 71 501 00 03

👉 ROʻYXATDAN OʻTING

📍Manzil:Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

🌐Instagram |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍13🔥21🎉1💯1