Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
3.05K subscribers
202 photos
65 videos
98 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🏛 Impuls Tibbiyot Instituti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida!

Institutimizning “Davolash ishi” yo‘nalishi talabalari institutimiz professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda yurtimizning eng muhtasham majmualaridan biri — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

🌟 Tashrif tafsilotlari:

Bo‘lajak shifokorlar markazdagi noyob eksponatlar va boy merosimiz namunalarini ko‘zdan kechirdilar.

Buyuk ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur sayohat talabalarning madaniy va ma’naviy xordiq chiqarishlari uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.


🌀Prezidentimiz tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar doirasida bunday tadbirlar talabalarimizning dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Abituriyentlar uchun “Impuls Start” fan olimpiadasi

⚡️ Impuls tibbiyot instituti abituriyentlar uchun “Impuls Start” fan olimpiadasini tashkil etmoqda.

🧬 Olimpiada biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

📚 Ushbu olimpiada maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi hamda g‘oliblarga institutga qabul qilishda muhim imtiyozlar va turli pul mukofotlari taqdim etiladi.

📕 G‘oliblar uchun:
— 1-2-3 o‘rinlar: 100% gacha grant + maxsus pul mukofotlari
— 4-10 o‘rinlar: kontraktdan chegirmalar

🎯 Qo‘shimcha imkoniyat:
— Maksimal ballning 50% dan yuqori natija ko‘rsatgan barcha ishtirokchilarga Imtiyozli sertifikat beriladi
— Ushbu sertifikat orqali ichki imtihonlarsiz Impuls tibbiyot institutiga qabul qilinish imkoniyati mavjud!

📌Olimpiada 20-apreldan 30-aprelgacha bo‘lib o‘tadi.

⁉️ Olimpiada shartlari bilan tanishing

👉 Ro‘yxatdan o‘ting

💱 ENG:

📚 “Impuls Start” Academic Olympiad for Applicants

⚡️ Impuls Medical Institute is organizing the “Impuls Start” Academic Olympiad for applicants.

🧬 The Olympiad will be held in Biology and Chemistry.

📚 This Olympiad is intended for graduates of schools, academic lyceums, and vocational colleges, and offers winners significant advantages in admission to the institute, as well as various cash prizes.

📕 For the winners:
— 1st–3rd places: up to 100% scholarship + special cash prizes
— 4th–10th places: tuition fee discounts

🎯 Additional opportunity:
— All participants who score above 50% of the maximum points will receive a privileged certificate
— This certificate provides an opportunity for admission to Impuls Medical Institute without internal entrance exams

📌 The Olympiad will take place from April 20 to April 30.

⁉️ Learn more about the Olympiad requirements

👉 Register now!


Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Impuls tibbiyot institutida navbatdagi ochiq eshiklar kuni!

Bu safar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 53-sonli va 14-sonli maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari institutimiz mehmoni bo‘lishdi. Ular o‘z kelajak kasblarini tanlash yo‘lida muhim qadam tashlab, tibbiyot olamiga sayohat qilishdi.

🔍 Tashrif davomida o‘quvchilar:

🧑‍🏫 Malakali ustozlar bilan suhbat qurib, tibbiyot yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishdi;
🧪 Zamonaviy laboratoriya va simulyatsiya xonalarini bevosita ko‘zdan kechirishdi;
🎓 Talabalik muhiti va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Instagram | Telegram
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Impulse Medical Institute at IDECA 2026!

We are taking another major step toward international collaboration and innovation in medicine. Impulse Medical Institute will participate in the prestigious IDECA 2026 International Conference and Exhibition, held at Uzexpocentre!

🦷 At the heart of innovation: Discover the latest trends in dentistry, cutting-edge digital technologies, and world-class equipment—all in one place!

Also featured:

⚙️ State-of-the-art dental equipment;
💡 Professional solutions from industry experts;
The most exciting highlights of the exhibition.

📅 Date: May 5–7, 2026.

Instagram | Telegram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Impuls Tibbiyot Instituti IDECA 2026da!

Biz xalqaro hamkorlik va tibbiyotdagi innovatsiyalar sari navbatdagi katta qadamni tashlamoqdamiz. Impuls Tibbiyot Instituti O’zekspomarkazda o’tkaziladigan nufuzli IDECA 2026 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ishtirok etadi!

🦷 Innovatsiyalar markazida: Stomatologiya olamidagi eng so‘nggi trendlar, raqamli texnologiyalar va jahon standartidagi uskunalar bir joyda!

Shuningdek:

⚙️ Eng zamonaviy stomatologik qurilmalar;
💡 Soha mutaxassislaridan professional yechimlar;
Ko‘rgazmaning eng qiziqarli lahzalari.


📅 Sana: 2026 yil 5–7-may kunlari.

Instagram | Telegram
👍5
❗️Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) РЎЙХАТИ (06. 04. 2026 йил ҳолатига)

Ҳурматли фуқаролар!

Қадрли ота-оналар ва ёшлар!

Диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан доимо сақланинг. Улар ҳаётингиз ва орзуларингизни барбод қилишига асло йўл қўйманг.

✔️
Суд томонидан тақиқланган интернет манбалардан йироқ бўлинг!


Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Nima sababdan amaliy darslar tibbiyot talabalari uchun muhim?

🌀Zamonaviy tibbiyotni faqat nazariya bilan o‘rganib bo‘lmaydi. Haqiqiy bilim amaliyot bilan mustahkamlanadi. Aynan shu sababli dars jarayonlarida real obyektlar bilan ishlash talabalarning tushunishini bir necha barobar oshiradi.

💠Bugungi darsda anatomiya o‘qituvchisi Timur Djamilov tomonidan hayvon yuragi olib kelinib, talabalarga yurak tuzilishi real ko‘rinishda tushuntirib berildi. Bu esa oddiy mulyajdan ko‘ra ancha samarali bo‘lib, talabalarga organlarning tuzilishini aniq va chuqur anglash imkonini berdi.


🌀 Почему практические занятия важны для студентов-медиков?

🌀Современную медицину невозможно освоить только теоретически. Настоящие знания закрепляются на практике. Именно поэтому работа с реальными объектами во время занятий в несколько раз повышает уровень понимания у студентов.

💠На сегодняшнем занятии преподаватель анатомии Тимур Джамилов использовал настоящее сердце животного, на примере которого наглядно продемонстрировал его строение. Такой формат обучения оказался значительно более эффективным по сравнению с использованием стандартных муляжей и позволил студентам глубже и точнее усвоить анатомию органа.

Instagram | Telegram
👍9
🤝 Xalqaro hamkorlik: Impuls Tibbiyot Instituti va D&D Pharma o‘rtasida memorandum imzolandi

💠Impuls Tibbiyot Instituti xalqaro miqyosdagi ilmiy va amaliy hamkorlikni kengaytirishda navbatdagi muhim qadamni qo‘ydi. Germaniyaning yetakchi biotexnologiya kompaniyalaridan biri — D&D Pharma (Berlin) bilan o‘zaro memorandum imzoladi.

♻️Uchrashuvda D&D Pharma kompaniyasining ilmiy ishlar bo‘yicha direktori Dr. Vladimir Antonenko ishtirok etdi. Shuningdek, institut faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu hamkorlik doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi:

🔬 Tibbiyot va farmatsevtika sohasida qo‘shma ilmiy izlanishlarni olib borish;
🇩🇪 Germaniya va O‘zbekiston tibbiyot tizimi o‘rtasida tajriba almashish;
🎓 Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.


Bu hamkorlik nafaqat institut nufuzini, balki yurtimiz tibbiyot fanining xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Instagram | Telegram
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦷 IDECA-2026: Stomatologiya olami Toshkentda jam bo‘ldi!

Bugun "O‘zekspomarkaz"da IDECA-2026 xalqaro stomatologiya ko‘rgazmasining birinchi kuni ko‘tarinki ruhda boshlandi. Quvonarlisi, Impuls tibbiyot instituti ushbu yirik sohaviy tadbirning asosiy strategik hamkori va tashkilotchilaridan biri sifatida o‘z stendi va innovatsion loyihalari bilan qatnashmoqda.

Ko‘rgazmaning birinchi kunidan asosiy tafsilotlar:

💠Xalqaro hamkorlik: Dunyoning 12 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq brendlar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

💠Impuls stendi: Institutimiz vakillari zamonaviy tibbiy ta’lim, stomatologiya sohasidagi so‘nggi yutuqlar, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

💠Mahorat darslari: Ko‘rgazma doirasida soha mutaxassislari uchun amaliy seminarlar va xalqaro ekspertlar bilan muloqotlar tashkil etilgan.

#IDECA2026 #ImpulsTibbiyotInstituti #Stomatologiya #Toshkent #TibbiyTalim #Innovatsiya

Instagram | Telegram
👍5
🔥 Xalqaro online ma’ruza!

Professor Lakshman Samaranayake bilan uchrashuvga taklif qilamiz!

✔️ Oral mikrobiologiya va fungal infeksiyalar bo‘yicha global ekspert
✔️ Stanford University reytingiga ko‘ra dunyoning TOP 2% olimlari qatoriga kirgan
✔️ 480 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 32 000+ ilmiy iqtiboslarga ega
✔️ QS World Ranking’da bir necha yil ketma-ket №1 bo‘lgan The University of Hong Kong Faculty of Dentistry fakultetining sobiq dekani
✔️ “Essential Microbiology for Dentistry” xalqaro bestseller darsligi muallifi
✔️ "International Dental Journal" bosh muharriri
✔️ "International Association for Dental Research (IADR) Distinguished Scientist Award" sovrindori

📚 Ma’ruza davomida zamonaviy stomatologiya, oral infeksiyalar, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajribalar haqida so‘z yuritiladi.

🤜 Talabalar, doktorantlar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lgan noyob ilmiy uchrashuv!

📆 Sana: 8-may, Juma
Vaqt: 10:00

💱 ENG:

🔥 International Online Lecture!


We invite you to meet Professor Lakshman Samaranayake!

✔️ Global expert in oral microbiology and fungal infections
✔️ Ranked among the TOP 2% scientists in the world according to Stanford University rankings
✔️ Author of more than 480 scientific publications with over 32,000 citations
✔️ Former Dean of the Faculty of Dentistry at The University of Hong Kong, ranked №1 in QS World Ranking for several consecutive years
✔️ Author of the international bestselling textbook “Essential Microbiology for Dentistry”
✔️ Editor-in-Chief of the International Dental Journal
✔️ Recipient of the IADR Distinguished Scientist Award

📚 During the lecture, topics such as modern dentistry, oral infections, scientific research, and international experience will be discussed.

🤜 A unique academic meeting beneficial for students, doctoral researchers, young scientists, and faculty members!

📆 Date: Friday, May 8
Time: 10:00


Instagram
| Telegram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦷IDECA–2026: Innovatsiya va tajribalar uyg‘unlashgan navbatdagi kun

"O‘zekspomarkaz"da IDECA-2026 xalqaro stomatologiya ko‘rgazmasining navbatdagi kunida Impuls tibbiyot instituti Prezidenti Baxtinur Xudanov konferensiyada "O‘zbekistonda stomatologik kasalliklar epidemiologiyasi: tahlil, takliflar va yechimlar" mavzusida ma’ruza qildi.

Eslatib o'tamiz tadbirda:

💠Xalqaro hamkorlik: Dunyoning 12 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq brendlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmada 8,5 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etdi.

💠Impuls stendi: Institutimiz vakillari zamonaviy tibbiy ta’lim, stomatologiya sohasidagi so‘nggi yutuqlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

💠Mahorat darslari: Ko‘rgazma doirasida soha mutaxassislari uchun amaliy seminarlar va xalqaro ekspertlar bilan muloqotlar tashkil etilgan.

#IDECA2026 #ImpulsTibbiyotInstituti #Stomatologiya #Toshkent #TibbiyTalim #Innovatsiya

Instagram | Telegram
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏥 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida: Kelajak shifokorlarining hayoti ota-onalar nigohida!

⚡️Institutimizda talabalarning ota-onalari uchun maxsus tashrif va uchrashuv tashkil etildi. Ushbu kun davomida ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

🌀 Tashrif davomida:

Zamonaviy sharoitlar: Ota-onalar institutdagi shinam ma’ruzalar zallari, eng so’nggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalari hamda boy resurslarga ega axborot-resurs markazini (kutubxona) ko’zdan kechirdilar.

Yaqindan muloqot:
Professor-o’qituvchilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda har bir talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichlari, darsdagi faolligi va intizomi yuzasidan samimiy suhbatlar o’tkazildi.

Taqdirlash va e’tirof:

Tadbirning eng hayajonli qismi — institutimizning faxri bo’lgan 22 nafar grant sohiblarining ota-onalarini taqdirlash marosimi bo’ldi. Farzandi ilm yo’lida yuksak natija ko’rsatgan ota-onalarga alohida minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg’alari topshirildi.

Mas’uliyat va intizom:
⚠️ Shuningdek, uchrashuv davomida dars qoldirish holatlariga yo’l qo’ygan talabalarning ota-onalari bilan ham jiddiy suhbat o’tkazildi. Farzandlarimizning sifatli bilim olishi va kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishishi uchun intizom eng muhim omil ekanligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi.

Bizning maqsadimiz — ota-onalar bilan hamkorlikda xalqimiz salomatligini ishonchli qo’llarga topshiradigan bilimli shifokorlarni tarbiyalashdir!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Impuls tibbiyot institutida tadbirkorlar va "Yuksalish" harakati rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

🤜 Impuls tibbiyot instituti Namangan filialida "Yuksalish" harakati raisi, Qonunchilik palatasi qo'mita raisi Bobur Bekmurodov, Tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Elyor Primov hamda Impuls tibbiyot instituti ta'sischisi Bobur Sirojiddinov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔬 Uchrashuv davomida institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, nazariya va amaliyot integratsiyasiga asoslangan o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Tashrif doirasida Impuls tibbiyot institutining beg‘araz homiyligida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Davlatobod tumanidagi 58-son davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining har biriga 500 tadan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim etildi.

✔️ Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2