Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
3.07K subscribers
202 photos
65 videos
98 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Impulsda amaliyot jarayoniga start berildi!

📍Birinchi manzil — Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

💉 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari 14 kunlik amaliyot davomida nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlashmoqda.

🧪 Amaliyot jarayonida talabalar:
🔹 Tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda
🔹 Zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda
🔹 Malakali shifokorlar bilan bevosita ishlash orqali kasbiy tajriba to‘plamoqda

🔍 Ushbu amaliyot — talabalar uchun haqiqiy tibbiyot muhitini his qilish, mas’uliyatni anglash va kelajakdagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkoniyatidir.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalarining shifoxonalardagi amaliyot jarayoni davom etmoqda.

📍Navbatdagi manzil — Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi

💉 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari amaliyot jarayonida kelajakdagi shifokorlik faoliyati uchun muhim bo‘lgan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.

🧪 Ushbu manzilda talabalar:

🔹 Bemorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishmoqda
🔹 Malakali shifokorlardan Ustoz-shogird an’anasida amaliy ko‘nikmalarga yordamlashmoqda
🔹 Tibbiyot xodimi uchun zarur bo‘lgan birinchi amallarni bajarib ko‘rmoqda

🔍 Ushbu amaliyot — talabalar uchun shifoxona muhitini his qilishi, mas’uliyatni anglashi va kelajakdagi professional faoliyatiga qadam qo‘yishida ilk bosqich vazifasini bajarmoqda

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalar amaliyotda: kelajak shifokorlari tajriba orttirmoqda

📍 Navbatdagi manzil — Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

💉Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari amaliyot jarayonida shifokorlik kasbining muhim jihatlarini amalda o‘rganmoqda.

🧪 Ushbu manzilda talabalar:

🔹 Yosh bemorlar bilan muloqot qilmoqda
🔹 Malakali shifokorlardan ustoz-shogird an’anasida amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganmoqda
🔹 Tibbiyot muassasasidagi kundalik jarayonlarni kuzatmoqda

🔍 Mazkur amaliyot ularning kasbiy shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🇺🇿TAYINLOV

Ismatov Javohir To'lqinjon o'g'li
-Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialining
Devonxona, arxiv, ichki nazorat va monitoring bo'limi mudiri lavozimiga tayinlandi

Instagram | Telegram
👍14
🇺🇿TAYINLOV

Tirkashev Farruxjon Xolyigitovich
-Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialining
Registrator ofisi bo‘limi boshig'i lavozimiga tayinlandi

Instagram | Telegram
1👍12
#Impuls_medical_institute
Hurmatli Impuls Tibbiyot Instituti talabalari!

2026-yil 12–18-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Cangzhou Tibbiyot Instituti hamda institut qoshidagi klinikaga 15 nafar institut talabalarini xorijiy almashinuv (observership) dasturiga yuborish rejalashtirilmoqda.

Dasturda ishtirok etishni istagan barcha talabalar quyidagi link: Hello_China! orqali ro'yhatdan o'tishlari so‘raladi.

Dasturda qatnashish uchun Cangzhou Tibbiyot Instituti tomoniga qilinadigan to'lov miqdori 450 USDni tashkil qiladi. Bu observership dasturida ishtirok etish, aeroportdan kutib olish, shahar ichki transporti, institut va klinikalarga tashriflar, turar joy, 3 mahal ovqatlanish va bir kunlik madaniy dasturni o'z ichiga oladi. Aviachipta xarajatlari talaba tomonidan qoplanadi.

📓Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25.03.2026.
Tanlov uchun suhbat kuni alohida e'lon qilinadi.
📌Qo'shimcha ma'lumot uchun: @furkat_kayumov

📞 77 113-30-03

Instagram | Telegram
👍1
⚡️ Impuls Tibbiyot Institutida xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim tashrif va faxriy tayinlovlar bo‘lib o‘tdi

🌀Impuls Tibbiyot Institutiga Hindistonning GSL universiteti va NEO tashkiloti, Buyuk Britaniyaning Trent Cliffs Sog‘liqni saqlash simulyatsiya jamiyati rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ta’sischisi Bobur Sirojiddinov va institut prezidenti Baxtinur Xudanov kutib oldi.

Tashrif davomida institutda xorijiy va mahalliy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ilm-fan, ta'lim yo'nalishida hamkorlik masalalari, O‘zbekistonda simulyatsion ta’limni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xorijiy talabalar, jumladan hindistonlik talabalar uchun Impuls Tibbiyot Institutida ta’lim olish imkoniyatlari va ularga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Muhokamalar yakunida mehmonlarni faxriy unvonlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

↪️Jumladan:
🎓 Dr. Ganni Bhaskar Rao — Impuls Tibbiyot Instituti Faxriy professori unvoni bilan;
🌐 Dr. Ganni Sandeep — Xalqaro tashrif buyuruvchi o‘qituvchi va Xalqaro maslahatchi faxriy unvoni bilan;
🇬🇧 Dr. Murthy Nyasavajjala — Buyuk Britaniya bilan hamkorlik yo‘nalishida Xalqaro tashrif buyuruvchi o‘qituvchi va Xalqaro maslahatchi faxriy unvoni bilan;
🤝 Dr. Divya Raj — Global hamkorlik va akademik aloqalar bo‘yicha Xalqaro tashrif buyuruvchi o‘qituvchi hamda Xalqaro maslahatchi faxriy unvoni bilan taqdirlandilar.
📞 77 113-30-03

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
⚡️Chirchiqda Navro‘z sayli: Impuls tibbiyot instituti faol ishtirok etdi! 🇺🇿

Chirchiq shahrida umumxalq Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu shodiyonalarda Impuls tibbiyot institutining ahil jamoasi ham munosib ishtirok etib, asriy milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va barchaga bahoriy kayfiyat ulashishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Tadbir davomida muattar sumalak va diltortar milliy taomlar tortiq etildi. Milliy liboslardagi yoshlarning jilvakor raqslari hamda dildan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar sayl ishtirokchilariga unutilmas, yorqin taassurotlar hadya etdi.

Shuningdek, institut jamoasi bayramda o‘zining fayzli milliy dasturxoni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi fitobar burchagi bilan ham qatnashib, mehmonlarga turli xil shifobaxsh o‘simlik choylari va tabiiy ichimliklarni taqdim etdi. Bu tashabbus sayl qatnashchilari tomonidan katta qiziqish va iliq e’tirofga sazovor bo‘ldi. 🌿

Instagram | Telegram
👍6
⚡️ Impuls tibbiyot institutida unutilmas Navro‘z shukuhi!

💫Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida bahor va yangilanish ayyomi — Navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Talabalarimiz milliy taomlarga boy bahoriy dasturxonlar, diltortar kuy-qo‘shiqlar va ajoyib sahna ko‘rinishlari bilan barchaga shodlik ulashdilar. Qizg‘in kechgan "Osh musobaqasi" esa yoshlarning pazandalik mahoratini namoyish etdi. 🍲

🎓 Tadbirning eng quvonchli lahzasi: O‘qishdagi yuqori natijalari uchun 22 nafar iqtidorli talabamizga bir semesterga BEPUL o‘qishi uchun ta’lim grantlari tantanali ravishda topshirildi!

Barchaga bayram muborak! 🎉


Instagram | Telegram
👍8