Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
3.11K subscribers
202 photos
65 videos
98 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
🎓 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsion startap loyihalari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsiya va tadbirkorlik ruhida muhim tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida Kipr davlatidagi Eastern Mediterranean University (Sharqiy O‘rta Yer dengizi universiteti) talabalari, “Custodia” loyihasi asoschilari — Sultan Abi va Ansar Kurmanaliev tomonidan startap loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🌀Startapning mazmuni va konsepsiyasi Impuls tibbiyot instituti prezidenti B. Xudanovga taqdimot qilib berdi. Shundan so‘ng startapga qiziqish bildirgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda loyiha asoschilari erishilgan natijalar hamda ushbu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida atroflicha so‘zlab berishdi.

Tadbir davomida talabalar tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan startap loyihalar, ularni yaratish va rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar yuzasidan yetarlicha fikr almashishdi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌀Nima sababdan tibbiy va biologik fizika fani tibbiyot talabalari uchun zarur?

Zamonaviy tibbiyotni tibbiy va biologik fizika fanisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tibbiy asbob-uskunalarning ishlash prinsiplari, diagnostika va davolash jarayonlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, organizmda kechadigan biofizik jarayonlarni tushunishda tibbiy va biologik fizika fani muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Aynan bu fan orqali bo‘lajak shifokorlar energiya almashinuvi, bosim, elektr va nurlanish hodisalarining inson organizmiga ta’sirini ilmiy jihatdan anglaydi.

⚙️ Tibbiy va biologik fizika fanining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali fizika fani o‘qituvchisi Normatov Eshpo‘lat batafsil ma’lumot berdi. U ushbu fanining talabalarda mantiqiy va analitik fikrlashni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llashga tayyorlash hamda klinik fanlarni chuqurroq o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

#Normatov_Eshpolat

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔬 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida laboratoriya mashg‘ulotlari qanday o‘tkaziladi?

📹 Laboratoriya darslarining borishi va amaliy jarayonlar bilan yuqoridagi videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Instagram | Telegram
1👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Nima sababdan lotin tili fani tibbiyot talabalari uchun zarur?

Zamonaviy tibbiyotni lotin tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tibbiy terminologiyaning asosiy qismi aynan lotin tiliga tayangan bo‘lib, anatomiya, farmakologiya, patologiya va boshqa klinik fanlarni to‘g‘ri va chuqur o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lotin tili orqali bo‘lajak shifokorlar tibbiy atamalarning kelib chiqishi, mazmuni va qo‘llanilish mantiqini aniq anglaydi, bu esa kasbiy savodxonlikni oshiradi.

📚 Lotin tili fanining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali lotin tili fani o‘qituvchisi Mahkamov Mirkamol Xusanovich batafsil ma’lumot berdi. U lotin tilining talabalarda tibbiy terminlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, xalqaro tibbiy adabiyotlarni tushunish hamda klinik fanlarni yanada puxta egallashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

#Mahkamov_Mirkamol_Xusanovich

Instagram | Telegram
1👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab

🌀Buyuk mutafakkir va so‘z san’ati dahosi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari Navoiy g‘azallaridan namunalar aytib berishdi.

Videoda talabalar tomonidan ifoda etilgan g‘azallar buyuk shoir ijodidagi chuqur ma’no, yuksak badiiy did va ma’naviy qadriyatlarni yana bir bor yodga soladi. Ushbu chiqishlar yoshlarning adabiyotga, milliy merosga bo‘lgan hurmati va e’tiborini yaqqol namoyon etadi.

📌Navoiy ijodi — avlodlarni ezgulik, ilm va komillik sari yetaklaydigan bebaho ma’naviy xazina.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_eksperiment

📝 “Ichingdagini yoz va qo‘yib yubor”

⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida talabalar o‘rtasida ijtimoiy eksperiment tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini yozma shaklda ifodalashdi.

Ushbu loyiha talabalarning kayfiyatini ko‘tarish va ijtimoiy muhitni jonlantirish maqsadida tayyorlandi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
⚡️ Xalqaro hamkorlik: Impuls talabalari Turkiyada klinik kuzatuv dasturida

Ayni kunlarda o‘zaro hamkorlik doirasida Impuls tibbiyot institutining 11 nafar iqtidorli talabalari va 1 nafar professor-o'qituvchisi Turkiyaning Balıkesir Universiteti Tibbiyot fakulteti hamda universitet shifoxonasida 1 haftalik xalqaro malaka oshirish va klinik kuzatuv dasturida ishtirok etmoqda.

🩺 Dastur doirasida talabalar kichik guruhlarga ajratilib:
Chaqaloqlar va kattalar reanimatsiya
Intensiv terapiya bo‘limlari

faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

👨‍⚕️Shifokorlar rahbarligida:
Sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlash prinsipi
Gemodinamik nazorat
• Hayotiy ko‘rsatkichlar monitoringi
• Klinik baholash jarayonlari o‘rganildi

Har bir talabaga alohida bemor biriktirilib, anamnez yig‘ish, obyektiv ko‘rik va diagnostik tahlil ko‘nikmalari mustahkamlandi.

🧪 Shuningdek, talabalar:
Akusherlik va ginekologiya
• Kardiologiya
• Pulmonologiya
• Tez tibbiy yordam
• Bolalar kasalliklari

bo‘limlarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Ular yurak-qon tomir, nafas yo‘llari, homiladorlik va pediatrik kasalliklarni tashxislash hamda davolash bo‘yicha zamonaviy klinik yondashuvlar bilan tanishmoqda.

Mazkur xalqaro dastur talabalarimizning klinik fikrlashini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy amaliyot bilan tanishish hamda kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Bunday hamkorliklar institutimizda ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik darajasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga muhim hissa qo‘shmoqda


Impuls — xalqaro tajriba sari ishonchli qadam.


📞 55-510-50-15

Facebook | Instagram | Telegram
👍5
⚡️ TALABALARIMIZ TURKIYADA ILG‘OR TIBBIY JARAYONLARDA ISHTIROK ETMOQDA

🔬Ayni kunlarda Impuls tibbiyot instituti talabalari Turkiyaning Balıkesir universiteti Tibbiyot fakulteti hamda universitet klinikasida xalqaro kuzatuv (observership) dasturi doirasida amaliyot o‘tamoqda.

🧪 Dastur davomida talabalar yuqori texnologiyalarga asoslangan jarrohlik amaliyotlarida kuzatuvchi sifatida bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Jumladan, ular to‘g‘ri ichak o‘smalarini laparoskopik usulda rezeksiya qilish hamda ichakni maxsus stapler apparati yordamida anastomoz qilish kabi murakkab va noyob jarrohlik amaliyotlarini kuzatdilar va xalqaro mutaxassislar rahbarligida ishtirok etdilar.

🩺 Shuningdek, talabalar buyrak toshlarini endourologik usulda maydalash va olib tashlash (litotripsiya va ekstraksiya) jarayonlarida qatnashib, zamonaviy urologik texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Amaliyot jarayonida talabalar klinikaning turli bo‘limlari faoliyati bilan ham tanishmoqda. Xususan: tibbiy xizmatlarni tashkil etish tizimi,poliklinika sharoitida bemorlarni qabul qilish va ko‘rikdan o‘tkazish,pediatriya, stomatologiya va reanimatsiya bo‘limlari faoliyati shular jumlasidandir. Talabalarimiz xalqaro tajribani egallash, zamonaviy klinik yondashuvlarni o‘rganish hamda professional ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar.


📌 Impuls tibbiyot instituti talabalari uchun xalqaro kuzatuv dasturi davom etmoqda va bu ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim amaliy poydevor yaratmoqda.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Nima sababdan falsafa fani tibbiyot talabalari uchun zarur?

Falsafa — bu inson tafakkurini shakllantiruvchi, hayot va jamiyatga ongli qarashni o‘rgatuvchi muhim fan hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun falsafa mas’uliyatli qarorlar qabul qilish, inson hayotiga daxldor masalalarga chuqur va xolis yondashish, kasbiy va axloqiy qadriyatlarni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 Falsafa fanining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali falsafa fani o‘qituvchisi Islomjon Mullajonov batafsil fikr bildirdi.

🧠 “Falsafa — dunyoni kuzatadi.”


#Islomjon_Mullajonov

Instagram | Telegram
👍11
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Instagram | Telegram
👍7
⚡️ Online Ma’ruza

🎯 Mavzu: Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini rivojlantirishda JSST global strategiyasining ahamiyati va istiqbollari.

🩺 Dr. Vahid Ravaghi — stomatologik jamoat salomatligi yo‘nalishi bo‘yicha professor (Birmingem universiteti, Buyuk Britaniya). U London universitetida jamoat salomatligi bo‘yicha magistr va PhD darajalarini olgan.

📚 Ilmiy faoliyati davomida Kanadaning McGill universitetida katta ilmiy xodim sifatida ishlagan. Hozirda esa Birmingem universiteti Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fakultetida stomatologik jamoat salomatligi yo‘nalishida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.

💱 Ma’ruza Ingliz tilida olib boriladi

📌 Chirchiq filiali 411 xona
📌 Namangan filiali Do‘stlik, D.001 xona

🗓24-fevral
🕒soat: 14:00

Mazkur ma’ruzaga stomatologiya yo‘nalishiga qiziqish bildirgan barcha talabalar hamda professor-o‘qituvchilar taklif etiladi.


Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Impulsda amaliyot jarayoniga start berildi!

📍Birinchi manzil — Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

💉 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali talabalari 14 kunlik amaliyot davomida nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlashmoqda.

🧪 Amaliyot jarayonida talabalar:
🔹 Tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda
🔹 Zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda
🔹 Malakali shifokorlar bilan bevosita ishlash orqali kasbiy tajriba to‘plamoqda

🔍 Ushbu amaliyot — talabalar uchun haqiqiy tibbiyot muhitini his qilish, mas’uliyatni anglash va kelajakdagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkoniyatidir.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9