Impuls Tibbiyot Instituti | Chirchiq filiali
3.13K subscribers
202 photos
65 videos
98 links
Impuls Tibbiyot Instituti
Toshkent - Chirchiq filiali

📍Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, A.Qodiriy ko'chasi. 226A-uy

Ijtimoiy tarmoqlar, manzil, taklif va shikoyatlar uchun : https://impulschirchiq.taplink.ws

📞(55) 903 00 03
Download Telegram
⚡️ Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori UESTC Xalqaro Bitiruvchilar Assotsiatsiyasi Vitse-Prezidenti etib saylandi!

Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A.Xamdamov Xitoy Elektron fan va texnologiyalar universiteti (UESTC) Iqtisodiyot va Menejment Maktabi Xalqaro Bitiruvchilar Assotsiatsiyasi Vitse-Prezidenti etib saylandi.

🌀Mazkur saylov UESTC tomonidan tashkil etilgan yillik bitiruvchilar uchrashuvi va Xalqaro Bitiruvchilar Assotsiatsiyasining ochilish marosimi doirasida amalga oshirildi. Tadbirda turli mamlakatlardan kelgan bitiruvchilar, Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ylab faoliyat yuritayotgan mahalliy bitiruvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Mazkur tainlov o’z o’rnida Impuls Tibbiyot Institutiga UESTC bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, hamda o’zaro hamkorlikda ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

↪️Tashrif davomida UESTC Tibbiyot fakulteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy almashinuv, talabalar uchun stajirovka va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuvlar rejalashtirilgan.

📚Ma’lumot uchun: University of Electronic Science and Technology of China (UESTC) 1956-yilda tashkil etilgan. Universitet national key university, Project 211, Project 985 hamda Double First-Class dasturlariga kiritilgan.

Universitetda 3,800 dan ortiq ilmiy-pedagogik xodimlar faoliyat yuritadi va 40,000 ortiq talabalar tahsil oladi (23,000 +bakalavr, 15,000 +magistr/PhD, 2,000 dan ortiq xorijiy talabalar).Qingshuihe, Shahe va Jiulidi kampuslari mavjud (Chengdu shahrida).

UESTC Tibbiyot fakulteti zamonaviy tibbiyot ta’limi, klinik tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash sohasida yuqori sifatli ta’lim beradi.

Academic Ranking of World Universities (ARWU) Xalqaro reytingi bo‘yicha dunyo miqyosida 151–200 o‘rinlar oralig‘ida joylashgan.
Bu reyting universitetning ilmiy tadqiqot salohiyati, nashrlar va ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholanishini bildiradi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Impuls tibbiyot institutida navbatdagi amaliy va nazariy mashg‘ulotdan lavha.

Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali Anatomiya fani o‘qituvchisi Shohjahon Ne'matov
tomonidan talabalarga inson o‘pkasining tuzilishi va faoliyati mavzusida batafsil tushuntirishlar berildi. Mashg‘ulot davomida o‘pkaning organizmdagi muhim vazifalari, nafas olish jarayonida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi, shuningdek, o‘pkaning anatomik tuzilishi — bronxlar, alveolalar va ularning funksional ahamiyati haqida ma'lumot berdi.

#amaliy_mashg'ulot
#Shoxjahon_Nematov

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Nima sababdan ingliz tili tibbiyot talabalariga kerak?

Bugungi globallashuv davrida tibbiyot sohasi faqat mahalliy bilimlar bilan chegaralanib qolmaydi. Zamonaviy tibbiyot ilm-fani, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar asosan ingliz tilida yaratilmoqda va dunyo bo‘ylab aynan shu tilda tarqalmoqda.

🩺 Tibbiyot talabasi uchun ingliz tilining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Xoshimova batafsil ma'lumot bergan.

#Dilnoza_Xoshimova

Instagram | Telegram
👍21
🇨🇳🤝🇺🇿“Southwest Jiaotong Universiteti bilan xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish sari muhim qadam”!

Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A. Xamdamov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Southwest Jiaotong Universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari bo‘yicha direktori, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani professor Lei Ma hamda Xalqaro hamkorliklar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dr. Xu Junhua bilan uchrashuv o’tkazdi.


Uchrashuv davomida Southwest Jiaotong Universiteti Tibbiyot fakulteti va Impuls tibbiyot instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan bir qator yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Xususan, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorliklarni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirildi.

Xususan, Impuls Tibbiyot Instituti talabalari uchun XXR da qisqa muddatli stajirovka va amaliyot dasturlarini tashkil etiladi, shuningdek
Professor-o‘qituvchilar uchun muddatli akademik tashriflar va tajriba almashish dasturlari yo’lga qo’yiladi.


Ma'lumot Uchun:
Southwest Jiaotong University (SWJTU) 1896 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning birinchi muhandislik ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet “Xitoyning temir yo‘l muhandislari maktabi” sifatida tanilgan va temir yo‘l transporti sohasida yetakchi kadrlar tayyorlash bilan ajralib turadi.
Universitet kuchli muhandislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi bo’lib qolmasdan
Tibbiyot yo’nalishida ham fakulteti (School of Medicine) mavjud. Fakultetda sog‘liqni saqlash texnologiyalari, tibbiy diagnostika, klinik tibbiyot va sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.
Universitet 26 ta maktab (fakultet) va 3 ta kampusdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 350 gektarni tashkil eradi.

Universitetda keng qamrovli akademik dasturlar mavjud bo’lib shundan 75 ta bakalavriat dasturlari, 95 ta magistratura dasturlari, 45 ta doktorantura dasturi mavjud.

#ImpulsSWJTU
#MedicalEducation
#StudentExchange
#FacultyExchange
#JointPrograms
#ResearchCollaboration

Instagram | Telegram
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Nima sababdan tarix fani tibbiyot talabalari uchun kerak?

Bugungi globallashuv davrida jamiyatni, davlatlarni va dunyo siyosiy jarayonlarini chuqur anglash tarix fanisiz mumkin emas. Tarix — bu faqat o‘tmishni o‘rganish emas, balki bugungi kunni to‘g‘ri tahlil qilish va kelajak uchun oqilona xulosa chiqarishdir. Davlatlar taraqqiyoti, milliy o‘zlik, madaniyat va siyosiy tafakkur aynan tarixiy bilimlar asosida shakllanadi.

📜 Tarix fanining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali tarix fani o‘qituvchisi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jumayev Uyg‘un Xalimjonovich batafsil ma’lumot berdi. U tarix fanining yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda jamiyatdagi jarayonlarga ongli yondashuvni kuchaytirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtaldi.

#Jumayev_Uygun

Instagram | Telegram
👍13
🇺🇿🤝🇨🇳 Impuls talabalari uchun Xitoyda yozgi maktab ochilmoqda!

Joriy yilning 16–21-yanvar kunlari Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A. Xamdamovning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida, Xitoy Elektron Fan va Texnologiyalar Universiteti(UESTC) tibbiyot maktabi (fakulteti) dekani, professor Chen Hui bilan muhim va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

↪️Mazkur uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro integratsiyani kuchaytirish, shuningdek, zamonaviy tibbiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Natijada bir qator strategik va istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Xususan, talabalar almashinuv dasturi doirasida Impuls Tibbiyot Instituti talabalari yozgi ta’til davrida Xitoyda yozgi maktabda tahsil olish, ilg‘or o‘quv metodikalari bilan tanishish, shuningdek, zamonaviy ilmiy va klinik laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishlari belgilandi.

Shu bilan birga, Xitoy universiteti talabalari ham Impuls Tibbiyot Institutida tahsil olishlari, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari hamda amaliy tajriba orttirishlari ko‘zda tutilmoqda. Bu esa ikki tomonlama bilim va tajriba almashinuvini yanada faollashtirib, talabalar uchun xalqaro akademik muhitda ta’lim olish va kasbiy rivojlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

🌀Shuningdek, tomonlar 1+1 magistratura dasturi asosida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli akademik almashinuv, malaka oshirish va ilmiy hamkorlik dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar.

📌Mazkur hamkorlik Impuls Tibbiyot Institutining xalqaro ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi ilmiy, amaliy va innovatsion imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim va istiqbolli qadam hisoblanadi.

Oldinda — yangi imkoniyatlar, xalqaro tajriba va katta marralar!

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Nima sababdan tibbiy biologiya fani tibbiyot talabalari uchun zarur?

Zamonaviy tibbiyot fanini tibbiy biologiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson organizmining tuzilishi, hujayra darajasidagi jarayonlar, irsiyat, modda almashinuvi hamda kasalliklarning biologik asoslarini tushunishda tibbiy biologiya muhim poydevor hisoblanadi. Aynan ushbu fan orqali bo‘lajak shifokorlar tirik organizmlarda kechadigan murakkab jarayonlarni ilmiy asosda anglaydi.

🧬 Tibbiy biologiya fanining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali tibbiy biologiya fani o‘qituvchisi Laylo Azimova batafsil ma’lumot berdi. U mazkur fan talabalarda ilmiy tafakkurni shakllantirish, klinik fanlarni chuqurroq o‘zlashtirishga tayyorlash hamda kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini to‘g‘ri tushunishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, tibbiy biologiya fanining amaliy tibbiyot bilan uzviy bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratdi.

#Laylo_Azimova

Instagram | Telegram
1👍14
🎓 Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsion startap loyihalari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

⚡️ Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filialida innovatsiya va tadbirkorlik ruhida muhim tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida Kipr davlatidagi Eastern Mediterranean University (Sharqiy O‘rta Yer dengizi universiteti) talabalari, “Custodia” loyihasi asoschilari — Sultan Abi va Ansar Kurmanaliev tomonidan startap loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🌀Startapning mazmuni va konsepsiyasi Impuls tibbiyot instituti prezidenti B. Xudanovga taqdimot qilib berdi. Shundan so‘ng startapga qiziqish bildirgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda loyiha asoschilari erishilgan natijalar hamda ushbu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida atroflicha so‘zlab berishdi.

Tadbir davomida talabalar tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan startap loyihalar, ularni yaratish va rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar yuzasidan yetarlicha fikr almashishdi.

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍5