🏥 Impuls tibbiyot instituti talabalari uchun Hindistonda klinik amaliyot va malaka oshirish imkoniyatlari ochilmoqda!
Impuls tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik strategiyasi doirasida talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Joriy yilning 13–14-yanvar kunlari Impuls tibbiyot institutining Chirchiq filiali rektori Alisher Xamdamov Hindiston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sharda Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Sharda Universitetining Tibbiyot fakulteti, zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazasi, ilg‘or klinikalari hamda universitet shifoxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim va klinik muhit, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro standartlarga mos tibbiy xizmatlar yuqori baholandi.
Sharda Universiteti rahbariyati bilan o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvlar davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro klinik amaliyot dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari, shuningdek hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari yuzasidan samarali va istiqbolli muzokaralar olib borildi.
Xususan, Impuls tibbiyot instituti talabalari uchun Sharda Universitetida malaka oshirish va klinik amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek tibbiyot turizmi doirasida tajribali hind mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha qator muhim takliflar muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro hamkorlik Impuls tibbiyot instituti talabalarining xalqaro tajriba orttirishi, zamonaviy tibbiyot muhitida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashi, shuningdek kelajakda xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh va yetuk tibbiyot mutaxassislari sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Impuls tibbiyot instituti kelgusida ham xalqaro hamkorliklarni izchil kengaytirish, ta’lim va tibbiyot sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish orqali milliy sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Instagram | Telegram

👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyat_karvoni
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida Impuls tibbiyot institutida “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi S.Sulaymonov, Qibray tumani hokimi M. Rashidov, Impuls tibbiyot instituti prezidenti B. Xudanov, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, viloyat ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda “Impuls” Tibbiyot instituti prezidenti, professor B. Xudanov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot ta’limida erishilgan yutuqlar, shuningdek, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektning turli sohalarga keng joriy etilayotgani, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi orqali aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tkazilgan muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va murojaatlar mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilindi. Bildirilgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.
Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, joylarda mavjud muammolarga yechim topish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Instagram | Telegram
👍7
Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A.Xamdamov Xitoy Elektron fan va texnologiyalar universiteti (UESTC) Iqtisodiyot va Menejment Maktabi Xalqaro Bitiruvchilar Assotsiatsiyasi Vitse-Prezidenti etib saylandi.
Mazkur tainlov o’z o’rnida Impuls Tibbiyot Institutiga UESTC bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, hamda o’zaro hamkorlikda ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Universitetda 3,800 dan ortiq ilmiy-pedagogik xodimlar faoliyat yuritadi va 40,000 ortiq talabalar tahsil oladi (23,000 +bakalavr, 15,000 +magistr/PhD, 2,000 dan ortiq xorijiy talabalar).Qingshuihe, Shahe va Jiulidi kampuslari mavjud (Chengdu shahrida).
UESTC Tibbiyot fakulteti zamonaviy tibbiyot ta’limi, klinik tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash sohasida yuqori sifatli ta’lim beradi.
Academic Ranking of World Universities (ARWU) Xalqaro reytingi bo‘yicha dunyo miqyosida 151–200 o‘rinlar oralig‘ida joylashgan.
Bu reyting universitetning ilmiy tadqiqot salohiyati, nashrlar va ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholanishini bildiradi.
Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali Anatomiya fani o‘qituvchisi Shohjahon Ne'matov tomonidan talabalarga inson o‘pkasining tuzilishi va faoliyati mavzusida batafsil tushuntirishlar berildi. Mashg‘ulot davomida o‘pkaning organizmdagi muhim vazifalari, nafas olish jarayonida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi, shuningdek, o‘pkaning anatomik tuzilishi — bronxlar, alveolalar va ularning funksional ahamiyati haqida ma'lumot berdi.
#amaliy_mashg'ulot
#Shoxjahon_Nematov
Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📘 Nima sababdan ingliz tili tibbiyot talabalariga kerak?
Bugungi globallashuv davrida tibbiyot sohasi faqat mahalliy bilimlar bilan chegaralanib qolmaydi. Zamonaviy tibbiyot ilm-fani, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar asosan ingliz tilida yaratilmoqda va dunyo bo‘ylab aynan shu tilda tarqalmoqda.
🩺 Tibbiyot talabasi uchun ingliz tilining ahamiyati haqida Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Xoshimova batafsil ma'lumot bergan.
#Dilnoza_Xoshimova

👍21
🇨🇳🤝🇺🇿“Southwest Jiaotong Universiteti bilan xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish sari muhim qadam”!
Impuls Tibbiyot Instituti Chirchiq filiali rektori A. Xamdamov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Southwest Jiaotong Universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari bo‘yicha direktori, Xalqaro ta’lim fakulteti dekani professor Lei Ma hamda Xalqaro hamkorliklar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dr. Xu Junhua bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida Southwest Jiaotong Universiteti Tibbiyot fakulteti va Impuls tibbiyot instituti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan bir qator yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Xususan, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorliklarni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirildi.
Xususan, Impuls Tibbiyot Instituti talabalari uchun XXR da qisqa muddatli stajirovka va amaliyot dasturlarini tashkil etiladi, shuningdek
Professor-o‘qituvchilar uchun muddatli akademik tashriflar va tajriba almashish dasturlari yo’lga qo’yiladi.
Ma'lumot Uchun:
Southwest Jiaotong University (SWJTU) 1896 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning birinchi muhandislik ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet “Xitoyning temir yo‘l muhandislari maktabi” sifatida tanilgan va temir yo‘l transporti sohasida yetakchi kadrlar tayyorlash bilan ajralib turadi.
Universitet kuchli muhandislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi bo’lib qolmasdan
Tibbiyot yo’nalishida ham fakulteti (School of Medicine) mavjud. Fakultetda sog‘liqni saqlash texnologiyalari, tibbiy diagnostika, klinik tibbiyot va sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.
Universitet 26 ta maktab (fakultet) va 3 ta kampusdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 350 gektarni tashkil eradi.
Universitetda keng qamrovli akademik dasturlar mavjud bo’lib shundan 75 ta bakalavriat dasturlari, 95 ta magistratura dasturlari, 45 ta doktorantura dasturi mavjud.
#ImpulsSWJTU
#MedicalEducation
#StudentExchange
#FacultyExchange
#JointPrograms
#ResearchCollaboration

👍16