Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.34K subscribers
4.01K photos
376 videos
23 files
1.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#Ĝafur_Ĝulom_tavalludining_121

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi  Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filialida G'afur G'ulom tavalludining 121 yilligi munosabati bilan 6- A sinf óquvchilari bilan D.Kamolova davra suhbati olib bordi.

Suhbat davomida óquvchilar G'afur G'ulom hayoti va ijodi haqida fikr almashdi. Yangi bilimlarga ega bólishdi.
#hamkorlik
#Qoʻshrabot_tuman_IMI

🖇Universitet va uzluksiz ta'lim tizimini integratsiyasini ta'minlash maqsadida shu yilning 11-may sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shrabot tuman 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida o‘quvchilar universitet kutubxonasi, undagi adabiyotlar to‘plami, talabalarning dars jarayonlari hamda Universitetining tarixiy muzeyi bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tashrif davomida o‘quvchilarda Universitetda yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlarining olib borilishi hamda Universitet tarixiy muzeyi katta qiziqish uyg‘otdi.
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.