ilmlar.com
77 subscribers
10 photos
1 video
17 links
ilmlar.com onlayn ta’limni yangi bosqichga olib chiquvchi platforma. Bu yerda ustozlar video kurslar yaratib daromad qiladi, o‘rganuvchilar esa qulay va ishonchli tarzda onlayn ta'lim olishadi.

Hamkorlik va murojaat uchun:
@JasurbekSuyunov
+998943350531
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Assalomu alaykum va rahmatullahi va barakatuh!

Hurmatli do‘stlar, ilmlar.com startap loyihasining Telegram kanaliga xush kelibsiz. Bu yerda biz siz bilan birgalikda ta’lim, rivojlanish va yangi imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz. Har bir insonning hayotida bilim eng katta kuch hisoblanadi va biz aynan shu kuchni sizga yetkazishni maqsad qilganmiz. ilmlar.com orqali siz nafaqat o‘rganasiz, balki o‘z kelajagingizni ham qurishni boshlaysiz. Bu kanalda ilmlar.com startap loyihasi haqidagi barcha ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi. Biz bilan birga bo‘lsangiz, har bir qadam sizni yangi bilim va yangi imkoniyatlarga yaqinlashtiradi. Bu kanal siz uchun motivatsiya, foydali bilim va yangiliklar manbai bo‘ladi. Eng muhimi, biz sizni oddiy kuzatuvchi emas, balki faol o‘rganuvchi bo‘lishga chorlaymiz.

Yana bir bor xush kelibsiz!
Hurmat bilan ilmlar.com jamoasi!

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
https://t.me/ilmlarcom
1
Ma'lumotlar

ilmlar.com haqida
ilmlar.com bu o‘qituvchi va o‘quvchilarni birlashtiruvchi zamonaviy onlayn ta’lim platformasidir. Bu platforma orqali ustozlar o‘z bilimini professional video kurslar ko‘rinishida taqdim etishi mumkin. Har bir kurs aniq dastur va tizim asosida ishlab chiqiladi. O‘quvchilar esa istalgan joydan va istalgan vaqtda sifatli ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Platforma bilimni oddiy kontent emas, balki natijaga olib boradigan jarayon sifatida taqdim etadi. Bu yerda har bir foydalanuvchi o‘z maqsadiga qarab yo‘nalish tanlay oladi. ilmlar.com nafaqat o‘rganish, balki rivojlanish uchun yaratilgan muhitdir. Bu platforma ta’limni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Muammo
Bugungi kunda internetda bilim juda ko‘p, lekin ularning aksariyati tartibsiz va tizimsiz joylashtirilgan. Ko‘plab odamlar YouTube yoki Telegram orqali o‘rganishni boshlaydi, lekin jarayonni oxiriga yetkaza olmaydi. Sababi aniq yo‘l xaritasi va tizimning yo‘qligi. Ko‘rilgan darslar amaliy natijaga olib kelmasligi ham katta muammolardan biri. O‘quvchi nimani qayerdan boshlashni bilmaydi va ko‘pincha vaqtini samarasiz sarflaydi. Shu bilan birga, ko‘plab ustozlar o‘z bilimini bepul ulashmoqda va undan daromad qila olmayapti. Ularning mehnati yetarli darajada qadrlanmayapti. Natijada ta’lim ham, bilim ham o‘z qiymatini yo‘qotib bormoqda.

Yechim ilmlar.com
ilmlar.com aynan shu muammolarni hal qilish uchun yaratilgan platformadir. Bu yerda barcha kurslar tizimli va aniq dastur asosida joylashtiriladi. Har bir dars foydalanuvchini bosqichma-bosqich natijaga olib borishga xizmat qiladi. O‘quvchilar ortiqcha ma’lumotlar orasida adashmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerakli bilimni oladi. Platforma o‘rganish jarayonini qulay, tushunarli va samarali qiladi. Ustozlar esa o‘z bilimini monetizatsiya qilib, undan barqaror daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu orqali bilim qadrlanadi va rivojlanadi. ilmlar.com bu ta’limni tartibga soladigan va uni haqiqiy natijaga aylantiradigan yechimdir.

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
https://t.me/ilmlarcom
1
Imkoniyatlar

ilmlar.com bilim va imkoniyatlar platformasi
ilmlar.com bu zamonaviy onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, unda siz turli yo‘nalishlardagi video kurslar orqali o‘zingizni rivojlantirishingiz mumkin. Bu yerda har bir kurs professional ustozlar tomonidan tayyorlangan va bosqichma-bosqich o‘rganishga moslashtirilgan. O‘quvchilar platformaga kirib, o‘zlariga kerakli yo‘nalishni tanlab, istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Ta’lim endi sizning vaqt va joyingizga bog‘liq emas, u sizning qo‘lingizda.

O‘quvchilar uchun imkoniyatlar
ilmlar.com platformasida siz turli fanlar va yo‘nalishlarda video kurslarni topishingiz mumkin. Platformada ham tekin kurslar, ham pullik kurslar mavjud bo‘lib, har bir o'quvchi o‘z ehtiyojiga qarab tanlov qiladi. Siz biror mavzuni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki platformaga kirasiz va kerakli kursni tanlaysiz. Har bir kurs aniq tuzilgan dastur asosida ketadi, shuning uchun o‘rganish tartibli va samarali bo‘ladi. Eng muhimi, siz istalgan paytda to‘xtatib yoki qaytadan davom ettirishingiz mumkin. Bu esa o‘qishni yanada qulay qiladi.

Ustozlar uchun imkoniyatlar
ilmlar.com faqat o‘quvchilar uchun emas, balki ustozlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Ustozlar o‘z bilimini video kursga aylantirib platformaga yuklashi mumkin. Har bir kurs orqali ular minglab o‘quvchilarga chiqish va o‘z brendini yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ustozlar o‘z kurslaridan daromad olishadi va bilimini real qiymatga aylantirishadi. Bu esa bilim berishni barqaror biznes modelga aylantiradi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar
ilmlar.com sizga faqat o‘qish yoki o‘qitish imkonini emas, balki rivojlanish ekotizimini ham beradi. Platformada yangi kurslar doimiy qo‘shilib boradi va siz har doim yangiliklardan xabardor bo‘lib turasiz. Har bir o'quvchi o‘z bilim darajasini oshirish orqali yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ustozlar esa o‘z auditoriyasini kengaytirib, shaxsiy brendini kuchaytiradi. Bu yerda bilim bu faqat ma’lumot emas, balki kelajak sari investitsiya.

ilmlar.com - o‘rganing, o‘rgating va rivojlaning!

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
https://t.me/ilmlarcom
👏21
Tanishing, ilmlar.com platformasi

ilmlar.com bu zamonaviy onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, unda istalgan fan va yo‘nalishdan video kurslar orqali bilim olish mumkin. Bu platforma har bir inson uchun o‘qishni qulay, tushunarli va tizimli qilishga qaratilgan. Endi sizga kerakli bilimni izlab sarson bo‘lish shart emas, hammasi bitta joyda jamlangan. O‘quvchilar o‘zlariga mos kursni tanlab, istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘qish imkoniga ega. Har bir kurs bosqichma-bosqich tuzilgan bo‘lib, natijaga olib borishga yo‘naltirilgan. Platforma orqali siz nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rganasiz.

ilmlar.com nafaqat o‘quvchilar uchun, balki o‘qituvchilar uchun ham katta imkoniyatdir. Ustozlar o‘z bilimlarini video kursga aylantirib platformaga joylashlari mumkin. Shu orqali ular minglab o‘quvchilarga ta'lim berish va o‘z tajribalarini ulashish imkoniga ega bo‘ladilar. Eng muhimi, o‘qituvchilar o‘z kurslari orqali daromad ham olishadi. Bu esa bilim berishni yanada qadrlanadigan va motivatsiyali jarayonga aylantiradi.

ilmlar.com, bu bilim olish va bilim berish jarayonini yangi bosqichga olib chiqadigan platformadir.

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ilmlarcom
👏7👍43🔥3
Subyektiv fikr

Maktablarni tahlil qilsak, qiziq bir holatni ko‘ramiz, komissiya kelganda yoki “namunaviy sinf” ko‘rsatilganda, odatda eng jimjit, tinch, osoyishta va savol bermaydigan o‘quvchilardan iborat sinfxona tanlanadi. Hammasi sokin, hammasi “ideal”. Lekin savol tug‘iladi, bu haqiqiy ta’limmi yoki shunchaki chiroyli ko‘rinishmi?

Mening nazdimda, asl ilm jimlikda emas, balki savolda yashaydi. Haqiqiy o‘rganish va haqiqiy ilm olish bu savol berish, shubha qilish, fikr bildirish, fikr almashish, ilmiy bahslashish va muhokama qilish jarayonidir. Aslida esa aynan shunday muhitda liderlar, olimlar va mustaqil fikrlovchi insonlar shakllanadi. Chunki inson o‘ylaganda rivojlanadi, o‘ylash esa savol bilan boshlanadi. Jim o‘tirgan o‘quvchi tartibli bo‘lishi mumkin, lekin u o‘ylamayotgan bo‘lishi ham mumkin. Afsuski, biz ko‘pincha “yumshoqlikni va jimlikni”ni “ilm”dan ustun qo‘yib qo‘yamiz. Shovqinsiz sinfni yaxshi sinf deb hisoblaymiz, lekin fikr almashinuvi yo‘q joyda rivojlanish ham bo‘lmaydi.

Ilm bu yodlash emas, bu fikrlash. Ilm bu sukut emas, bu izlanish. Agar sinfxonada savol bo‘lmasa, u yerda rivojlanish ham bo‘lmaydi. Balki bizga jim o‘quvchilar emas, balki o‘ylaydigan, savol beradigan va fikr bildiradigan yoshlar kerakdir.


ilmlar.com startapi asoschisi Jasurbek Suyunov

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ilmlarcom
1
Chet tilini o‘rganishni kechiktiryapsizmi?

Agar sizda haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, demak boshlash vaqti allaqachon kelgan. Tanishing, ilmlar.com platformasi.

Bu yerda siz istalgan chet tilini istalgan vaqtda, istalgan joyda o‘rganishingiz mumkin. Hech qanday cheklov yo‘q, faqat siz va sizning rivojlanish istagingiz. Barcha kurslar qulay, tushunarli va bosqichma-bosqich tarzda tayyorlangan. Endi vaqt yetishmasligi bahona emas.

Bugun boshlaganingiz ertangi natijangizni belgilaydi.
Kechiktirsangiz, faqat o‘zingizni ortga tortasiz.

Hoziroq ilmlar.com ga kiring va bugundan o‘qishni boshlang!

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ilmlarcom
2👍2
Ingliz tili. Hamma joyda, qulay vaqtda.

Ko'pchilik ingliz tilini o'rganishni orzu qiladi, ammo qayerdan boshlashni bilmaydi. Biz shu muammoni hal qildik.

Onlayn kurslarimizning afzalliklari:
— Shaxsiy jadval asosida o'qish imkoniyati
— Jonli darslar va amaliy mashqlar
— Soha bo'yicha malakali o'qituvchilar
— Natijaga yo'naltirilgan o'quv dasturi

Vaqtni behuda o'tkazmang. Har bir o'tgan kun bu o'tkazib yuborilgan imkoniyat.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting va kurslarni o'qishni boshlang: ilmlar.com

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ilmlarcom
1
Siz to'g'ri ta'lim olganmisiz?

Mustamlaka davlat aholisini ongsizlantirish va boshqaruvga oson qilish uchun o'ylab topilgan "Qizil ruchka" metodida aynan siz ham ta'lim olgansiz. Siz kanalga obuna bo'ling, men esa sizga bu metod qanday ishlashini tushuntirib beraman. Bu metodni asl o'zagi o'quvchilarda xato qilishdan qo'rquv hissini kuchaytirishdir. Aslida to'g'ri ishlaydigan ta'lim tizimlarida o'quvchi har bir qilgan harakati uchun rag'bat olishi kerak. "Qizil ruchka" metodi esa har bir harakatidan xato qidirilgan, jazolanga va qo'rqitilgan. Bu esa o'z navabatida o'quvchi ruhan siniq, xato qilishdan qo'rqadigan, tashabbus ko'rsatmaydigan va o'z fikrlarini ochiq bildira olmaydigan shaxs sifatida rivojlanishiga oilib keladi.

Natijada nima bo‘ladi? Inson o‘rganmaydi, u faqat xato qilmaslikka harakat qiladi. U fikr bildirmaydi, u noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan qo‘rqadi. U tashabbus ko‘rsatmaydi, chunki jazodan qochishni o‘rgangan. Bu esa asta-sekin o‘ziga ishonchsiz, ruhan siqilgan va imkoniyatlarini ocholmaydigan shaxsni shakllantiradi.

Aslida esa ilm xato qilish orqali o‘rganiladi. Har bir xato bu o‘sish nuqtasi. To‘g‘ri ta’lim tizimida o‘quvchi jazolanmaydi, aksincha harakat qilgani uchun rag‘batlantiriladi. Chunki faqat erkin fikr va xatodan qo‘rqmaslikgina haqiqiy rivojlanishga olib keladi.

Farzandlaringizning ta'limiga befarq bo'lmang. Zero bu uchun siz mas'ulsiz.
ilmlar.com

Pulni hashamatga emas, ilmga sarflang.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ilmlarcom
3🔥1
11