#savollarga_javoblar
🔺 SAVOL: Men magistratura darajasini olish uchun chet davlatda tahsil olganman va o'qish tili ham ingiliz tilida bo'lgan. O'zbekistonda doktoranturaga (PhD) hujjat topshirishim uchun til sertifikatini taqdim etishim kerakmi?
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq talab darajasidagi xorijiy til bilish sertifikatini taqdim etishingiz lozim.
🔺 SAVOL: Prezident stipendiyasi sohiblari doktoranturaga (DSc) ham imtiyozli qabul qilinadimi?
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida Nizom” talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq talab darajasidagi xorijiy til bilish sertifikatini taqdim etishingiz lozim.
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisida Nizom” talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar
SAVOL: Men hozirda xususiy aksiyadorlik jamiyatda yetakchi muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Agar falsafa doktori (PhD)ni yòqlab, hozirda faoliyat yuritayotgan ishimda qolsam, ilmiy darajali xodim sifatida oylik maosh olamanmi?
🔺 JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga toʻlanadi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Men hozirda xususiy aksiyadorlik jamiyatda yetakchi muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Agar falsafa doktori (PhD)ni yòqlab, hozirda faoliyat yuritayotgan ishimda qolsam, ilmiy darajali xodim sifatida oylik maosh olamanmi?
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar
SAVOL:Men Janubiy Koreyada tahsil olganman, iqtisod yoki business sohalariga PhD qilmoqchi bulsam (Westminster, yoki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya) magistratura diplomiga ega bo'lishim shartmi? Maqola bo'yicha ham talab mavjudmi?
JAVOB:Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga muvofiq tayanch doktoranturaga hujjat topshirishingiz uchun magistratura diplomi boʻlishi shart. Shuningdek, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlishingiz kerak.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat
Samaradorlikni oshirish uchun 4 qadam:
1. Aniq maqsadlarni qo'ying va ularga erishish muddatini belgilang.
2. O'z oldingizga qo'ygan maqsadlarni qog'ozga yoki kundalikka yozing.
3. Avval eng muhim vazifalarni bajaring va keyin kichik vazifalarga o'ting.
4. Sizning umumiy muvaffaqiyatingiz uchun eng muhim bo'lgan sohalarni aniqlang va asosiy fokusingizni shu tarafga yo'naltiring.
©️Brayan Treysi, "Samaradorlikning 21 yo'li" kitobidan.
@ilmiy_darajali_kadrlar

#iqtibos
Bizning ertangi yutuqlarimiz yo'lidagi yagona to'siq - bu bizning hozirgi shubxalarimiz.
©️Franklin Ruzvelt
@ilmiy_darajali_kadrlar
Bizning ertangi yutuqlarimiz yo'lidagi yagona to'siq - bu bizning hozirgi shubxalarimiz.
©️Franklin Ruzvelt
@ilmiy_darajali_kadrlar
#savollarga_javoblar
SAVOL: Men hozirda 2-bosqich tayanch doktoranturada o'qiyman. O'qishimdagi ba'zi muammolarni deb o'qishdan ketmoqchiman. Òqishdan ketib boshqa universitetga tayanch doktoranturaga topshirsam bo'ladimi qaytadan?
🔺 JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom” talablariga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi. Sizning holatingizda ilmiy ishingizni mustaqil izlanuvchi sifatida davom ettirishingiz mumkin.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Men hozirda 2-bosqich tayanch doktoranturada o'qiyman. O'qishimdagi ba'zi muammolarni deb o'qishdan ketmoqchiman. Òqishdan ketib boshqa universitetga tayanch doktoranturaga topshirsam bo'ladimi qaytadan?
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar
SAVOL: Men doktoranturada (PhD) stipendiyasiz kontrakt asosida tahsil olsam, to'liq stavkada davlat muassasalarida dars bera olamanmi?
JAVOB: Doktorantlarga toʻliq stavkada pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan. Bunda pedagogik faoliyat doktorantning yakka tartibdagi ish rejasida belgilangan vazifalarning oʻz muddatida bajarilishiga taʼsir qilmasligi kerak.

#Savollarga_javoblar
SAVOL: Men ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktorantiman. Prezident stipendiyasiga topshirmoqchiman. Shu paytgacha ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari ishtirok etmagan ekan. Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
🔺 JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar tomonidan tegishli hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori talablariga muvofiq shakllantirilib, tashkilot mas’ul xodimi tomonidan https://stipendiya.edu.uz/ elektron tizimiga yuklanadi.
Bunda oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot doktorantlariga alohida talab mavjud emas.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Men ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktorantiman. Prezident stipendiyasiga topshirmoqchiman. Shu paytgacha ilmiy tadqiqot instituti doktorantlari ishtirok etmagan ekan. Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Bunda oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot doktorantlariga alohida talab mavjud emas.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli_fakt
1669-yilda 26-yoshli Isaak Nyuton Kembrij universiteti Triniti kollejida matematika bo'yicha Lukaziya professori sifatida faxriy lavozimga ega bo'lgan.
Shu paytdan boshlab olim haftada kamida bir marta o'zi tanlagan mavzuda ma'ruza o'qishi, shuningdek, unga murojaat qilgan talabalarga yordam berishi kerak edi.
Ammo Nyuton o'qitishni vaqtni behuda sarflash deb hisoblardi. Buyuk fizik olim bo’lishiga qaramasdan u darslarni zerikarli tarzda o’tgan, narsalarni chalkash va ishtiyoqsiz tushuntirgan. Natijada, uning ma'ruzalarida eng yaxshi holatda 3-4 nafar talaba qatnashgan.

“Olimlarning vazifasi nafaqat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, balki undan jamiyat manfaati, butun dunyo xalqlari manfaati uchun foydalanish uchun kurashishdir”
©️I.I.Artobolevskiy

#e’lon
#qabul_boshlandi
⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.
Hujjatlar joriy yilning 1-mayidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.
📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi
Qabul bilan bog’liq barcha savollarga ushbu kanal orqali javob olishingiz mumkin. ⤵️⤵️⤵️

SAVOL: Dissertatsiyani dastlabki muhokamadan o’tkazishda ma’lum bir muddat bormi?
🔺 JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2894-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risidagi nizom” talablariga muvofiq dissertatsiya dastlabki ekspertiza xulosasi ekspertizaga topshirilgan kundan e’tiboran falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo’yicha 2 oy ichida va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo’yicha 3 oy ichida izlanuvchiga beriladi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Dissertatsiyani dastlabki muhokamadan o’tkazishda ma’lum bir muddat bormi?
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savollarga_javoblar
SAVOL: Doktorant 08.00.04 - ixtisosligida o'qigan, lekin yakunida 08.00.17 - ixtisosligidan malaka imtihoni topshirmoqchi, doktorant arizasiga muvofiq boshqa ixtisoslik bo'yicha malaka imtihoni topshirishi mumkinmi?
🔺 JAVOB: Malakaviy imtihonlar izlanuvchining ixtisoslik shifri o’zgargan holatda, tashkilot ilmiy kengashining qaroriga asoslanib, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilab beriladi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Doktorant 08.00.04 - ixtisosligida o'qigan, lekin yakunida 08.00.17 - ixtisosligidan malaka imtihoni topshirmoqchi, doktorant arizasiga muvofiq boshqa ixtisoslik bo'yicha malaka imtihoni topshirishi mumkinmi?
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savollarga_javoblar
SAVOL: Hozirda vaqtincha ishsiz, lekin tegishli yo’nalish bo’yicha magistrlik darajasiga va ish stajiga ega nomzod mustaqil izlanuvchi sifatida o’qishga qabul qilina oladimi?
JAVOB: Doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun qaysidir tashkilotda mehnat faoliyatini olib borayotgan bo’lishingiz shart emas.

#malumot
Mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlardan so’raladigan hujjatlar:
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ariza
- Qisqacha biografik maʼlumot
- Mehnat daftarchasining nusxasi
- Ish joyidan tavsifnoma
- Pasport nusxasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
📌 Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat Mustaqil izlanuvchilar uchun talab etilmaydi.

Mustaqil izlanuvchilik (DS )ga oʼqishga talabgorlardan so’raladigan hujjatlar:
- Ariza.
- Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi.
- Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

SAVOL: Tayanch doktoranturaga topshirish uchun qachondan tayyorgarlik ko'rish kerak? (soham tibbiyot) Yani hozirdan biror ilmiy rahbar va tashkilotga borib kvota so'rab murojaat qilishim kerakmi yoki sentabrda shunchaki hujjat topshirsam yetarlimi (sertifikat va maqola bilan)?
🔺 JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq tayanch doktoranturaga hujjat topshirishingiz uchun klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) bo’lishingiz kerak.
Tayanch doktoranturaga hujjatlar har yili 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi. Bunda hujjat topshirmoqchi bo’lgan tashkilotga borishingiz shart emas. Barcha hujjatlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://phd.mininnovation.uz/) orqali qabul qilinadi
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Tayanch doktoranturaga topshirish uchun qachondan tayyorgarlik ko'rish kerak? (soham tibbiyot) Yani hozirdan biror ilmiy rahbar va tashkilotga borib kvota so'rab murojaat qilishim kerakmi yoki sentabrda shunchaki hujjat topshirsam yetarlimi (sertifikat va maqola bilan)?
Tayanch doktoranturaga hujjatlar har yili 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi. Bunda hujjat topshirmoqchi bo’lgan tashkilotga borishingiz shart emas. Barcha hujjatlar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://phd.mininnovation.uz/) orqali qabul qilinadi
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savollarga_javoblar
SAVOL: Keyingi yil tayanch doktoranturaga topshirmoqchiman. Yaqinda asosiy fan bo'yicha milliy sertifikatga imtihon topshirdim. Yangi Rash modeli bo'yicha imtihonda to'plagan balim 55 ball va foiz hisobida 85% ga tenglashtirildi. Bu sertifikat menga doktorantura imtihonida qandaydir ustunlik beradimi?
🔺 JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq barcha sohalar bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yo’nalishlarida milliy sertifikatga ega bo’lgan talabgor mutaxassislik fani bo’yicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
SAVOL: Keyingi yil tayanch doktoranturaga topshirmoqchiman. Yaqinda asosiy fan bo'yicha milliy sertifikatga imtihon topshirdim. Yangi Rash modeli bo'yicha imtihonda to'plagan balim 55 ball va foiz hisobida 85% ga tenglashtirildi. Bu sertifikat menga doktorantura imtihonida qandaydir ustunlik beradimi?
👉@ilmiy_darajali_kadrlar
📥Savollar: @doktorantura_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#doktorantlarga_maslahat
Maqola, tezis va ilmiy ishlarni yozishda prokrastinatsiya (ortga surish) odatini yengish uchun 3 maslahat
Juda ko’pchilik uchun eng qiyin narsa boshlashdir, shuning uchun matn yozayotganda, uning sizga oson ko'rinadigan qismini yozishdan boshlang va uning mukammal bo'lishini o’zingizdan talab qilmasdan kichik bir parcha yozing. Sizda ishtiyoq ko’payib, undan ham ko'proq yozishga qaror qilishingiz mumkin. Agar bunday bo’lmasa, qisqa bo'lakni yozing va shu bilan tugating.
Asosiysi har kuni yozish. Ishni ortga surish (prokrastinatsiya) hujum qilganda, har kuni shunday, parcha-parcha yozing va bir oydan keyin maqola allaqachon yozilganini ko'rib hayron qolasiz.
Bunda uchta element yordam beradi:
1) Maqolaning istalgan qismidan, hatto o'rtasidan boshlash. Masalan, "Tadqiqot ishtirokchilari" bo'limiga bir-ikki jumla yozing;
2) Kichik bir qism yozish niyati va keyin kayfiyatingizga qarab davom ettirish;
3) Perfektsionist bo'lmaslik, qanday bo’lsa shundayligicha fikrlaringizni qog’ozga tushurib oling va keyinroq tahrirdan o’tkazing.

“Muvaffaqiyatli odamlarda ham qo’rquv, shubha va tashvish bor. Ammo ular, bu his - tuyg’ular ularni to’xtatishiga yo’l qo’ymaydilar”.
©️T. Garv Ekker

SAVOL: Men tayanch doktoranturada o'qiyman. Mutaxassislik bo'yicha malakaviy imtihonni o'zim faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasasidan boshqa oliy ta'lim muassasasida topshirishim mumkinmi?
JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-fevralda 2764-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq, ixtisoslik bo’yicha malakaviy imtihonlar huzurida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tuzilgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida topshiriladi.
Ya’ni ixtisosligingiz bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash mavjud tashkilotlarda ixtisoslik bo’yicha imtihon topshirishingiz mumkin.