ilhomdev
227 subscribers
497 photos
120 videos
10 files
369 links
Ilhomjon Musayev - Software Engineer, Startuper

!!! Men xato yozishim mumkin, oldindan uzr so'rayman maqsad bilm ulashish

Taklif va murojatlar uchun: @ilhommusa

https://solo.to/ilhom
Download Telegram
🇺🇿 DevFest 2021dan qisqacha!

Kecha GDG Tashkent tomonidan tashkillashtirilgan dasturchilar konferensiyasiga Frontend kursida o'qigan kursdoshim bilan birga bordik.

Umuman olganda tadbirda speakerlar va tashkilotchilar tomonidan turli xil qiziq chiqishlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Eng muhimi yangi muloqot, tanishuvlarni ham orttirdim 😃

Shu fursatdan foydalanib GDG Tashkent jamoasi va ko'pgina insonlarga shunday tadbirni tashkillashtirishganligiga minnatdorchilik bildirib qolaman!

📌 Rasmdagi barcha insonlar bilan muloqot ajoyib bo'ldi:

@gdgtashkent @khumoyun_codes
@IlhomjonMusayev @uwublog
@Yusuf_Dev

👉 @javohir_group
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/IlhomjonMusayev/427 shu postni tushunmay qolganlar uchun.

Yashasin yangi O'zbekiston!

@ilhomjonmusayev
Yashasin yangi O'zbekiston 2
Yangilik!

Assalomu alaykum. Barchamizga maʼlumki ''Toshkent metropoliten''larida (metrolarda) erkak va ayollarning bir-biriga aralashib yurishlari, ularning vagonlardagi noxush holatlariga achinarli tarzda guvohi boʻlyapmiz. Oʻzbek xalqi mentalitetiga mutlaqo mos kelmaydigan bu ijtimoiy vaziyat yechimi sifatida AYOL va QIZLAR uchun ALOHIDA VAGON AJRATILISHINI maʼsullarga taklif va jiddiy talab qilib qolamiz.

https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214564
Done
ilhomdev
Done
Telegram bug
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Iltimos, vatanni sevishga qo'yib bering...

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda xususiy telekanallarda ro'mol va soqol ko'ringan yuzlar hiralashtirib qo'yilganiga oid kadrlar tarqaldi. Avvaldan bu kabi vajlar bilan davlat telekanallari ro'mol o'ragan yoki soqol qo'ygan odamdan intervyu olish tugul, shunday insonlar bor kadrlarni syomka ham qilmas edi...

Keling, shu joyda aqlni bir joyga yig'ib, sog'lom aql bilan tafakkur qilib ko'rsak, insonning o'ta shaxsiy ishi bo'lgan eng oddiy narsalar taraqqiyotimizga qay darajada zarar beryapti?

Korrupsiyalashish, mulk daxlsizligi yo'qligi, inson huquqlari buzilishi, adolatli sud jarayoni bo'yicha dunyoda eng oxirgi qatorlarda turgan bir vaqtimizda bu kabi ishlarni qilish insonning ertangi kunga bo'lgan ishonchini parcha-parcha qiladigan ishlar...

Shunchaki, vatanni sevishga ham, vatan uchun katta-katta orzular qilishga ham imkon bermayapsiz, insonlarning bor umidini so'ndiryapsiz...

Biz insonlarning eng oddiy huquqlarini poymol qilar ekanmiz, chetdan investitsiya kelishi haqida gapirishga juda-juda erta ekanligini tushunib olaylik...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )
#holat

O'rtog'im yangi kompyuter olganida.

@ilhomjonmusayev
🤩 GDG DevFest Tashkent 2021 konferensiyasiga bordik

Navbatdagi vlogimizni biz @GDGTashkent tomonidan tashkillashtirilgan DevFest 2021 dasturchilar konferensiyasidan tayyorladik. Imkoni boricha tadbirdagi muhitni va barcha jarayonlarni yetkazishga harakat qildik.

Qo'llab quvvatlash uchun videoga albatta layk bosing va ulashing! 😅

Vlogga link: ↙️
https://youtu.be/g-t3sqLg4x8

👉 @javohir_group
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Rag'bat bo'lmas ekan, biz rivojlanmaymiz!

Yaqinda xalqaro savdo iqtisodchisi Valijon To'raqulov bilan bo'lgan suhbatda iqtisodiyotni rag'bat boshqarishi, ilmga rag'bat bo'lmas ekan, biz ham rivojlana olmasligimiz, rag'batning asosida, avvalida ayol-qizlar turishligi borasida alohida gaplashgan edik.

Shunda Valijon aka, qizlarimiz oddiy ro'mol masalasiga qarshilikni deb ertangi kunga bo'lgan ishonchi yo'qolib borayotgani (turli tashkilot va ta'lim muassasalari ro'molga bo'lgan qarshilik) haqida aytib o'tgan edilar.

Endi esa, Adliya vazirligimiz "O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida" qarorni ishlab chiqibdi. E'tiborli tomoni, ayni paytda muhokamada ketayotgan qarorning 32-moddasida "Davlat tashkilotlarida barcha xodimlarga ish joyida bir xilda ularning siyosiy va mafkuraviy qarashlarini yoki dinga munosabatini aks ettiruvchi liboslarda bo'lish yoki belgilarni taqib yurish taqiqlanadi." deb yozib qo'yibdi.

Menimcha, Adliya vazirligimiz xodimlari zerikishgan bo'lsa kerak yoki jamiyatni shu kabi muammolarga yana duchor qilmoqchidek go'yo, qaydam, qarorning bu qismi huddi qichimagan joyni qashlashdek ko'rindi menga )

Men qonun qabul-qiluvchilarga, uni tasdiqlovchilarga yuksak aql-idrok va davlatning asosiy manbai bo'lgan xalqning farovonligini yanada chuqurroq o'ylashlarini so'ragan bo'lar edim.

Insonlar, biroz tolerantlik bilan o'ylab ko'ring, o'sha ro'mol sizning rivojlanishingizga qay darajada xalaqit qilyapti o'zi, bugun millatni rivojlantirish, barcha din vakillariga bir xil sharoit yaratish, xalq orasida tolerantlikni yoyish o'rniga qilayotgan ishingiz shu-mi? Rostini aytsam, vatan haqida go'zal orzular qilishga ham yo'l bermayapsiz...

Yashasak ko'raverar ekanmiz, demokratiya shunday bo'lsa kerakda )

- - -

Va yana aytamanki, "Iltimos, ertaga bu qaror qabul qilinsa, nega bundan bo'ldi, nima uchun mumkin emas", deb aytmanglar, qarorga har bir O'zbekiston fuqarosi fikr bildirishga haqli, qaror muhokamasi 24-dekabrgacha bo'lib o'tadi, lekin 1 hafta davomida atigi 50 ta taklif bildirilgan xolos...

Qaror manbasi: https://regulation.gov.uz/uz/d/51956?fbclid=IwAR08X11a6KuJgy5n5DjlEZa0wfK_bZZaI6-aRL3yBV7V_qg26lWmBY4rFOc
Forwarded from Cheksizroq
Bo’layotgan voqealar, chiqayotgan qarorlarni ko’rib maksimal darajada rivojlanib ketmaslikka harakat qilyapmiz deb o’ylab qolaman.

@cheksizroq
Clone Security qaytdi:)

@ilhomjonmusayev
Zo'r TV qorboboni soqolini ham xira qilib chiqarar ekanmi?)
Forwarded from Qitmir chol Official
Zo'r TV qorboboni soqoligayam "bjir-bjir" qo'yib chiqaradimikan🤔

@Qitmirchol 👈👈
Counterchilar uchun #lifehack ;)

Counterchilarga yuborish keragov!
@ilhomjonmusayev
Forwarded from Abdulaziz Malikov (ABDULAZIZ MALIKOV)
#BuMuhim

Buni maksimal darajada tarqatishga ko'maklashing, zero bu og'riqli mavzu ekanini metro hamda avtobusda yuruvchilar bilishadi.

Ovoz berish uchun avval ro'yxatdan o'tasiz. Shu tugma bosilsa, pasroqda "kirish " chiqadi, shundan so'ng, kerakli ma'lumotlarni kiritib ovoz bera olasiz.

Sayitga kirish quyidagi link: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04214564

Kanal: @AbdulazizMalikoff
🆕 Saytimni ishga tushirib qo'ydim kirib ko'rishingiz mumkin, Taklif va murojatlar bo'lsa sayt orqali yozishingiz mumkin😊.

📌Sayt: https://ilhomjon.uz