ilhomdev
227 subscribers
497 photos
120 videos
10 files
369 links
Ilhomjon Musayev - Software Engineer, Startuper

!!! Men xato yozishim mumkin, oldindan uzr so'rayman maqsad bilm ulashish

Taklif va murojatlar uchun: @ilhommusa

https://solo.to/ilhom
Download Telegram
To'liqroq yozaman bu firma nomi oldin Zetsoft men ishga borgan paytda esa Team Pro hozirgi kunda Smart Soft nomlari ostida faolyat yuritib kelmoqda ekan.
Bularning maqsadi bollarni firibgarlik yo'li bilan aldashdir.

@ilhomjonmusayev
⚡️ React Nativeni kutganlar uchun tugatilgan boshlang'ich kurs

Bu yerda 5 ta video yuklangan va bu to'liq componentlar:

React Native Intro;
React Native o'rnatish va sozlash;
React Native (Text, View, Image, Background, Pressable, Alert);
React Native (SafeAreaView, FlatList, SectionList);
React Native (VirtualizedList, TextInput, Switch, TouchableOpacity, Modal).

Endi qo'llab-quvvatlash imkoniyati mavjud: Donate

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Khumoyun Codes
⚠️ ZetSoft ga ishga kirmang turkimidan. ⚠️

Ancha odamlar jabr ko’rgan ekan. Negativlar yig’ilmoqda sekin sekin…
Shunga o'xshagan xabarlar ko'p kelmoqda, afsus😢

@ilhomjonmusayev
Forwarded from MJ
Yuqorida aytilganga o'xshash holat sizda ham bo'lgan bo'lsa, mana bu formaga yuboring. Bu odam bilan ovozli muloqotda konstruktiv muloqot qilib bo'lmaydi, deb o'ylayman.

Forma
Xulosa chat bo'yicha:

Faqat oldi qochdi gaplar конкретно javob yo'q menimcha hamma bilib oldi o'zi uchun kim haq kim no haq.

@ilhomjonmusayev
Bu narsani bo'lganiga 7~8 oy bo'ldi, Nega oldinroq yozmadim deb afsuslanyabman. Shuncha payt ichida qancha odam jabir chekishdi afsus.

Bo'lib o'tgan suhbat audiosi va dalillar prakraturaga topshirildi ular ko'rib chiqishar ekan.

@ilhomjonmusayev
TUIT ONLINE muallifi Nodir akaga rahmat shu mavzuni ko'targani uchun.

Audiolar shu kanaldan ko'rishingiz mumkin☝️
Bugun menga yana bitta bola shu masalalar bo'yicha murojat qildi, u kishini aytishi bo'yicha:

- Men ish so'rab Smart Software kompaniyasiga borganman keyin kurslari haqida aytishdi, kurslarni 80%i o'zimniki degani uchun ishondim va kursga shartnoma qildik, kurslarni berishdi, bugungi voice chatda 80% o'zimni kurslarim deb aytti Asror aka, lekin unaqa emas GITA o'quv markazini kurslari va Programmer.uz ni videolari darslari ekan.

Men bugun programmer.uz muallifi va GITA o'quv markazi bilan aloqaga chiqdim ertaga InshaAllah javobini yozaman, adashmasam bularda odamlarga sotayotgan kurslarga mualiflik huquqi yo'q bo'lishi ham mumkin.

@ilhomjonmusayev
​​Nas Daily hayotidan:

Hashamat bunga arziydimi.

--O‘rtog‘im Amerikadan Gucci brendidagi kurtkani 5.000$ ga sotib oldi.
Meni do'stim esa Amerikadan Gucci ni vatani Italiyaga uchdi, sayohat qildi, ovqatlanishi, mehmonxona, do‘stlar orttirdi va Gucci brendidan xuddi shunday kurtka tiktirdi, qizig'i bu kurtka narxi esa 5.000$ ni 8% ni tashkil qiladi xolos.

📌To‘liq videodan

@ilhomjonmusayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men ham shu fikrdaman.
Erkaklar va ayollar uchun alohida vagon bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Siz ham shu fikrga qo'shilasizmi?

@ilhomjonmusayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Squid Game(Kalmar o'yini) ni dasturchilar o'ynaganda qanday bo'lardi(Qisqa metrajli film).

Oxirini zo'r qilishibdi lekin😅.

@ilhomjonmusayev
Kecha bo'lib o'tgan ishlarga akamni fikrlari.
Juda to'g'ri gaplarni yozibdi, Oxirini yomon qilibdi lekin😅.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samsung card kompaniyasi ortiqcha ishlashga qarshi kompyuter sichqonchani taqdim qilgan ekan. Kompyuterdan ko‘p ishlash inson salomatligi uchun zarar, menimcha kompaniya shunga yechim topganga o‘xshaydi.

Agar siz sichqoncha robotdan ish vaqtidan keyin foydalanmoqchi bo‘lsangiz u sizdan qochib ketadi.

PS: Menimcha @mabrur_dev bilan @muhammadyunus_uz akaga bu sichqoncha yordam bera olmasa kerak ;)

@ilhomjonmusayev
Forwarded from Programmer.uz || Dasturlash haqida (Bobobek Turdiyev)
Aldanib qolmang!

So'nggi kunlarda ko'pchilikdan murojaat kelib tushmoqda. Unga ko'ra, bizning videokurslardan shaxsiy manfaati yo'lida foydalangan va uni "O'zimizniki" deya foydalanuvchilariga pullagan tashkilotlar uchrayapti ekan. Ayanchlisi, bepul joylangan darslarning aksariyati millionlarga sotilishi fakt qilib keltirildi.

Bu kabi murojaatlarga bitta qilib javob beraman:

1. Bizning darslardan foydalanish huquqi hech qaysi tashkilotga berilmagan. Agar siz boshqa joylarda bizning darslarni uchratadigan bo'lsangiz, bu haqida asos keltirib, xabar berishingizni so'raymiz.

2. Bizdan boshqa hech kimga bizning kurslarni sotishga huquq berilmagan. Agar boshqalar bizni kurslarimizni sotayotganini ko'rsangiz, bilingki, ular firibgarlar!

3. Ishga topshirayotganda shartnoma tuzib oling va uni har bir punktini diqqat bilan o'qib chiqing. Majburiy mehnatdan saqlaning!

4. Bizning eng ko'p darslarimiz YouTubeda bepul joylangan. Siz uni xolisona tavsiya etishingiz mumkin, lekin bu ularni yuklab olib, shaxsiy platforma, bot, ilova va shunga o'xshash tizimlarda foydalanishni anglatmaydi.

5. Biz shunchaki kanal yoki blog emasmiz. Programmer UZ MCHJ - Axborot texnologiyalari sohasida dasturlar, ilovalar, web-sayt, bot, videokurslar va boshqa IT-xizmatlar ko'rsatuvchi korxona. Hozirda IT PARK, PayME va Pro-Data Tech korxonalari bilan hamkorlik qilamiz.

@programmer_uz