ilhomdev
227 subscribers
497 photos
120 videos
10 files
369 links
Ilhomjon Musayev - Software Engineer, Startuper

!!! Men xato yozishim mumkin, oldindan uzr so'rayman maqsad bilm ulashish

Taklif va murojatlar uchun: @ilhommusa

https://solo.to/ilhom
Download Telegram
)
Forwarded from Ikrom Sharif
Истанбул автобусида мутолааси бошланган ушбу китоб метро, кейинчалик Ўзбекистон ҳаво йўллари учоғида дaвом этиб, Бекобод-Тошкент йўналишидаги таксида ниҳоясига етди.

Бу китобни асосан йўлда ўқидим.
Ўқиш ниҳоясида эса китоб мавзусига умуман алоқадор бўлмаган бир ҳолатни кашф қилдим: Негa чет давлатларда, айниқса, ғарб давлатларида жамоат транспортларида кўпчилик китоб ўқиб кетишига гувоҳ бўламизу бизда эса йўқ? Чунки бизнинг йўлларда китоб ўқишнинг деярли имкони йўқ экан. Ўнқир-чўнқир йўлларда силкинавериб кўз оғриб қоларкан.
Хуллас, одамларда айб йўқ, айб йўлсозларда. )))

Telegram | Instagram | You tube | Tik tok
Yaxshi imkoniyat!

Ishlar ortib boryabdi. O'zim uchun yordamchi (shogird) olishga majburman. Agar sizda shunaqa istak bo'lsa quyidagi formani to'ldiring: https://forms.gle/MHvVpLGGsyHBXgna9

Ustunliklar:
- Kofe, internet bor ofis;
- Man yozgan barcha pullik darslarga kirish huquqi;
- Jamoaga qo'shilish imkoniyati;
- Vaqti kelganda vazifasiga doir pullik trening va kurslar;
- Katta bo'lmagan maosh beriladi.

Asosiysi biz bilan ishlaysiz :))

10-oktabrgacha yozishingiz mumkin. 15-oktabr kuni natijalarni e'lon qilaman. Rahmat :))
Forwarded from .
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilim olish va zavqlanishdagi fokusning farqi.

Ikkala oynada ham bitta talaba.

💻 Muratov Blogi
Hayrli tun, tushingizga JavaScript daxshatlari kirsin😂

@mabrur_dev
Telegram asoschisi Pavel Durov o'z kanalida qiziq maslahatlar berib turadi. 37 yoshga to'lgan kunida muxlislar bilan ba'zi o'gitlarini baham ko'ribdi.

Yetarli qadrlanmaydigan 3️⃣ narsa

1. Uyqu. Uyqu immunitetni kuchaytiradi, ijodkorlik va psixologik sog'likni yaxshilaydi.

2. Tabiat. Tabiat biz biologik jihatdan o'zimizni yaxshi his qiladigan muhitdir.

3. Yolg'izlik. Yolg'iz bo'lish odamga ruhiy va intellektual kashfiyotlar qilish uchun erkinlik beradi.

Keragidan ortiq qadrlanadigan 7️⃣ narsa

1. Katta shaharlar. Ulardagi resurslardan foydalanish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash tavsiya qilinadi.

2. Restoranlar. Restoranlar eng sekin va samarasiz ovqatlanish yo'li hisoblanadi. Uyda ovqat qilish sog'lom turmush tarzi va ovqat tarkibini nazorat qilish imkonini beradi.

3. Issiq ob-havo. Quyoshli havo nafaqat odamni dangasa qiladi, balki tez qarish va saratonga chalinish xavfini ham oshiradi. Sovuqroq harorat, aksincha, ruh, badan va aqlni tozalaydi.

4. Moda. Doim o'zgarib boradigan trendlarga ergashish qimmat va keraksizdir. Qulay kiyinishga e'tibor berish hayotni osonroq qiladi va muhim narsalar uchun joy qoldiradi.

5. Ko'chmas mulk. Ko'chmas mulk sotib olish odamning tanlov imkoniyatini cheklaydi va savol ostidagi sarmoyadir. Ijara esa erkin harakat qilish va turli hududlarni ko'rish imkoniyatini beradi.

6. Ijtimoiy tarmoqlar. Ijtimoiy tarmoqlardan miyamizga tinimsiz oqib kirayotgan axlat baxtni va ijodkorlikni kamaytiradi. Bunday internet xizmatlaridan uzilish istalgan bir kunda biz qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi narsadir.

7. Mashhurlar maslahati. Mashhur odamlar ko'pincha o'zlarining sohasi bo'lmagan yo'nalishlarda maslahatlar beradi. Hayotdagi muhim mavzularda ilm-fanga va ekspertlar fikriga ergashish kerak.
Toshkentga kelmasimdan oldin ismim o'zimga unchalik yoqmas edi, Chunki ko'pchilik ismimni noto'g'ri aytishardi yoki yozishardi.
Ilhom,
Ilham,
Ilxam
Ilxom - shu kabi🤦🏻‍♂️.

Lekin Toshkentga kelganimdan keyin ko'pchilik ismimni Ilhomjon deb aytishyabdi, ammo bu yerda ham to'liq aytmaydiganlar ham topilib turibdi😢.
Ismim: Ilhomjon (iltimos shu ko'rinishda yozing va to'liq ismim bilan chaqiring)

Rahmat
MFacktor bloklanibdi.
MFactor YouTube kanali kiberhujimga uchrabdi. YouTube talabiga javob bermaydigan videolar yuklangani uchun bloklashibdi. Qayta tiklash uchun harakat qilyabmiz deb xabar beryabdi MFactor asoschilaridan biri Husan Mamasaidov.

https://youtu.be/mtgY6hTo70s
Forwarded from MohirDev.uz
​​Muhammadjavohir Sur'atov WIUT bitiruvchisi, Front end dasturlash bo'yicha 100lab shogirtlar chiqargan ko'pchilikning sevimli ustozi, va mentori.

Hozirda Najot Ta'lim o'quv markazi Front end dasturlash va Full Stack Bootcamplar katta ustozi. Mohirdev onlayn ta'lim platformasida rivojlanish maslahatchisi va Front end dasturlash asoslari Praktikum kursi muallifi.

Maqsadi bilganlarini boshqalarga ulashish, ilm yo'nalishda peshqadamlardan bo'lib xizmat qilish.

Ko'p qirrali yosh Front end dasturchi, o'z ustida tinim bilmay ishlaydigan shijoatli. Ko'plarning kasbiy yo'nalishda o'zlarini topishda xizmat qilgan, hozirda juda ko'p shogirtlar chiqarib oilalarda iqtisodiy erkinlik, halol kasbdan rizqlanishida sababchi bo'layotgan fidoiy.

O'zining Youtube sahifasida 10,000lagan kuzatuvchisiga ega, hozirda aksar darslari mutlaqo bepul yuklagan ustoz.

"Ilm berishdan maqsad nima?" deb so'rasangiz. Javob shuki: "Bu jamiyatda kichik o'zgarishga sababchi bo'lish, yoshlarni to'g'ri kasbga yo'naltirish, oilaviy xotirjamlikga iqtisodiy erkinlik orqali erishishda ko'makdosh bo'lish".

O'zingizga ustoz tanlashda Muhammadjavohirni tanlang!

Mohirdev onlayn ta'lim platformasida tashkillashtirilgan Front end dasturlash kursidan siz ham ro'yxatdan o'ting!

100lab o'z yo'lini topgan yoshlar qatoridan joy oling!

Ro'yxatdan o'tish uchun link.

Mohir Front end dasturchi bo'lishni maqsad qiling, ilm oling, kasbiy xotirjamlik, iqtisodiy erkinlikga chiqing!

@mohirdev
#success #story
ilhomdev
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Angliya premier ligasida o'yinlaridan birida O'zbekistondagi saylov haqida reklama qo'yilgan video va rasmlar tarqaldi.
Bu rasmlarni ko'rib, ko'pchilik hayron qoldi. Bu yangi texnologiya ekan. Har bir davlat uchun alohida reklama qo'yilar ekan.
ANA TEXNOLOGIYA!!!
Qoyil qolmasdan iloj yo'q!

@ilhomjonmusayev
Forwarded from Ma'noli video - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gapingizdan mano chiqmayabdi?

@manoli_videoo
#foydali

Visual Studio Codedagi eng mashxur va foydali Extensionlar.
Bu extensionlar nima vazifa bajarishini bilishni xoxlaysizmi undan bu videoni tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=8AeZkjwbXI8


@ilhomjonmusayev