2-Sinf Fayllar Bazasi
101K subscribers
42.5K photos
3.42K videos
8.3K files
2.93K links
Bu bazamizda 2-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Download Telegram
Mashq daftari bilan ishlash
Milliy mahorat-2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nima uchun qo'lingizni yuvishingiz kerak ?ko'rgazmali yordam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Bo’g’irsoq, men seni yeyman.
- Quyon, meni yema. Men senga qo’shiq aytib beraman.
-Mayli. Qo’shig’ngni aytaqol.
- Men bo’g’irsoq, bo’g’irsoq,
Supradagi un-urvoq…


Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun!

Andijon farzandi, shoir  Muhammad Yusuf agar xayot bo'lganlarida bugun 70 yoshni qarshi olgan bo'lar edilar...
Ona tilim
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.

O’rta maktabdan so’ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so’nggi yillarida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi.

Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o’tdi..
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Muhammad Yusuf (Video)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝Mavzu: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
👩🏻‍🏫O'qituvchi: To‘lqinova Gulira'no
🏢 Maktab: 14-IDUMI
🇺🇿Hudud: Namangan viloyat Norin tumani
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM