2-Sinf Fayllar Bazasi
126K subscribers
62K photos
4.43K videos
9.05K files
3.65K links
Bu bazamizda 2-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Download Telegram
6-misol
40+50-20=90-20=70
20-20+50=
30+30+20=
30+20-10=
10+10+20=
40-10+50=
60-30-10=
70-40+10=
10+40+40=
Uy ishi
7-8-misol, masala
Sharti:
Tarvuz - 20 ta
Qovun -?, 10 ta ko’p
Qovoq -?, 10 ta ko’p
Yechish:
Javob:
Texnologiya
“Yomg’irli kun” applikatsiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yomg’irli kun” applikatsiyani tayyorlash jarayoni
O’qish
Vatanim - jannatmakon O’zbekiston

Matnni o’qib bering, tahlil qiling.
Uy vazifasi - matnni o’qish, mazmunini so’zlab berish.
🇺🇿🇺🇿Ona-Vatan🇺🇿🇺🇿
Kindik qoni to’kilgan,
Tug’ilib o’sgan diyor.
Ona kabi mehribon,
Yagona va betakror.
Bag’rida biz quvnaymiz.
Uni ona Vatan ataymiz.

She’rni yodlating.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Vatan🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Vatan hamma xalqlar uchun juda azizdir. Har bir insonning kindik qoni to’kilgan , ulg’ayib kamol topayotgan joyi uning Vatani hisoblanadi. Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrlidir.
O’zbekiston- qadimdan ota-bobarimiz yashagan maskan, xalqimizning tarixiy Vatani Serquyosh, hur o’lkamizning poytaxti azim Toshkent shahridir. Yurtimizning butun dunyoga dong’i ketgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi kabi qadimiy shaharlari bor.
Diyorimizga kelgan ko’plab chet ellik sayyohlar ona Vatanimiz tarixi, madaniy obidalari bilan tanishib, bir olam taassurotlar bilan o’z yurtlariga qaytadilar.
Har bir mustaqil davlat o’z bayrog’i, gerbi, madhiyasi, maydoni, mustahkam chegarasi, armiyasiga ega. Mustaqil O’zbekistonimiz ham o’zining davlat ramzlari, qudratli armiyasi, mukammal Konstitutsiyasi, dunyoda o’z o’rni va obro’-e’tiborga ega mamlakatdir.
Biz bolalar o’z bilimimiz , a’lo xulqimiz , bor kuchimizni Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga sarflab, yurt ravnaqiga o’z hissamizni qo’shadigan komil inson sifadida voyaga yetishimiz zarur. Biz o’z Vatanimizni sevamiz va faxrlanamiz.