#ijod_maktabining_20_stipendiya_saralashlari
#maktab_xodimlari_va_ota_onalar_stipendiyasi

🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida stipendiyaning saralash bosqichlari davom etmoqda...

🟡O`quvchining darslarga qatnashish davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so`zlarni topishi, o`qilishi rejalashtirilgan badiiy asarlardan savollarga javoblari, matematika fanidan berilgan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki boshqa yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix fanidan testlar hamda jismoniy holati bo`yicha o`quvchilarimizning bilimlari va jismoniy tayyorgarliklari tekshirilmoqda.

🌐 Web sayt I 📝 Facebook I 📝 Telegram I🎞 YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄IJOD MAKTABIDA YANGI YIL SHUKUHI

28-dekabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yangi yil” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Barcha sinflar jamoa bo‘lgan holda qiziqarli musiqiy chiqishlarni namoyish etishdi. O‘quvchi yoshlarning chiqishlari hammaga birdek manzur bo‘ldi.

Tadbirda faol ishtirok etgan hamda a’lochi, jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan yoshlar ham taqdirlandi.
Shuningdek, faol va tashabbuskor o‘qituvchi, tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari va texnik xodimlar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlanishdi.


Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Ijod_maktab_20_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi
#Choraklikning_eng_yaxshilari...

🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

🟡O‘quvchining davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, badiiy asardan savolga javoblari, matematika fanidan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki yaqinining darslardagi ishtiroki, tarix va jismoniy tarbiya fanidan o‘quvchilarning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

5️⃣-o‘rin Aliyeva Maftuna Azizbek qizi 95.6;
4️⃣-o‘rin Urakboyeva Dilshoda Xusniddin qizi 96.1;
3️⃣-o‘rin Jumayev Samandar Begzod o’g’li 96.4;
2️⃣-o‘rin Sayfullayeva Madinabonu Otabek qizi 96.4;
1️⃣-o‘rin Abduazimova Shoxsanam Umidjon qizi 96.6 ballni qo‘lga kiritib, navbatdagi stipendiya sohiblariga aylanishdi.

✈️Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.

🌐 Web sayt I 📝 Facebook
📝 Telegram I🎞 YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
Forwarded from Grantlar.uz
Dunyoning 6-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli har yili avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi. Qabulning tugash sanalari:
- 2024-yil 1-noyabr
- 2025-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.


@grantlar
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-🔤🔤🔤🔔🔔🔔🔔
🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️🔠
🇺🇿 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida...


O'quvchilarining 73 nafari xorijiy til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

"Xalqaro geografiya" olimpiadasiga saralashning hududiy viloyat bosqichida ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Islombek Abulqosimov faxrli 2-o'rinni egalladi.

Ijod maktabining 2 nafar pedagogi: Hilola Mamarasulova hamda Farrux Pardaboyev Vazir ustamasiga sazovor bo'lishdi.

Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ikki nafar oʻquvchilari ona tili va adabiyot fanidan Baxor Muhammadiyeva 1-oʻrinni, Diyora Hatamova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ijod maktabining 2 nafar o'quvchilari Nozima Sunnatova va Ozoda Qobilovalar "Hippo 2024 Xalqaro ingliz tili olimpiadasi"ning Respublika bosqichidan o'tib Xalqaro bosqich imtihoniga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jizzax viloyat maktab o'quvchilari o'rtasida "Jizzax viloyat intellektual olimpiadasi"da ijod maktabi 1-o‘rinni egalladi.

2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plangan ball bo‘yicha o‘n ikki mingga yaqin maktablar ichida 2- o‘rinni egalladik.

Ijod maktabi oʻquvchilari quyidagi darajada xalqaro til bilish sertifikatlarini qoʻlga kiritishdi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Jizzax viloyati hududiy bosqichida ijod maktabi 1-o‘rinni egalladi.

Asosiy fan olimpiadasining III viloyat bosqichida ijod maktabining jami 41 nafar o‘quvchilaridan 19 nafari sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

Ijod maktabining bir necha pedagoglari kuzgi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tishdi.

Ijod maktabida 36 nafar bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilarining barchasi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta’lim fanini bilish to‘g‘risida sertifikat"ni qo‘lga kiritdi.

Ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Mohira Diniqulova o'zi tanlagan OTM yo'nalishi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga hamda muddatidan avval 189 ballga ega bo'ldi.

Ijod maktabi o‘quvchilarining 109 nafari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta’lim fanini bilish to‘g‘risida sertifikat"ni qo‘lga kiritdi.

4 nafar fan o‘qituvchilarimiz doktorant, tayanch doktorant, mustaqil yoki erkin izlanuvchi sifatida Phd mavzularini ilmiy bo‘limdan tasdiqlatishdi.

Ijod maktab 17-18-19-20 stipendiyasi sovrindorlari aniqlandi...


🌐 Web sayt I 📝 Facebook I 📝 Telegram I🎞 YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-🔤🔤🔤🔔🔔🔔🔔
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️🔠
🇺🇿 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida...


📝Rossiyaning “Талантливая узбекская молодежь” almanaxida ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi O‘roqboyeva Dilshodaning she’ri e’lon qilindi.

📝Ijod maktabi direktori Xamdamova Dilafruz Baratullayevna Jizzax viloyat direktorlar kengashi raisi etib tayinlandi.

📝Farangiz Abdusalomovaning ijodiy ishlari Ozarbayjonda nashr etilgan "O'zbekistonning iste'dodli qizlari" deb nomlangan xalqaro Antalogiyada va "JustFiction Edition" jurnalida chop etildi.

📝Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

📝Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining "Shoir hayoti va ijodi haqida videorolik tayyorlash" yo‘nalishida Farangiz Abdusalomova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

📝Ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrinni egalladi.

📝Ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Odina Erkinovaning ijodiy ishi Hindistonning "The world of creators" xalqaro Antalogiyasida chop etildi.

📝Ijod maktabining 5 nafar ijodkor o‘quvchilari “Zomin seminari”da ishtirok etishdi, esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

📝Ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari jamlangan “IKKI QALB IZDOSHLARI” to‘plami nashr etildi.

📝“Ijod nashr” nashriyotida chop etilgan “Ikki qalb izdoshlari 2”, “Beshinchi fasl”, “Baxt manzili”, “Sokin bo‘ronlar” kabi to‘plamlar taqdimot doirasida mualliflarga taqdim etildi.

📝“Quality publication” ilm-ma’rifat markazi hamda “Italiya universiteti” bilan hamkorlikdagi “Mahoratli pedagog-2024” hamda “Ilm-fan yetakchisi” xalqaro ko‘rik-tanlovida ijod maktabi Ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Alimova hamda 8-sinf o‘quvchisi Sevinch Jabborova ilmiy maqola bilan ishtirok etib, maxsus ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝Ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Egamberdiyeva Oynisaning she'rlari Turkiyada nashr etiladigan almanaxda chop etildi.

📝"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning Yengil atletika turi bo'yicha sektor va shahar bosqichi yakunlariga ko'ra, ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Ubaydullayeva Kamola faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

📝"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida to'plami chop etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Mohira Diniqulovaga kitob va esdalik sovg'alari topshirildi.

📝Ijod maktabi direktori Dilafruz Xamdamova Janubiy Koreya Respublikasida hamkorlik doirasida tajriba almashdi.

📝Ijod maktabida yil davomida jami 12 marotaba O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirish uchun mahorat darslarini tashkil etishdi.

📝Ijod maktabining rasmiy nashri – “Ijod gulshani” ma’rifiy-badiiy, ijtimoiy jurnalining 26-27-28-soni nashrdan chiqdi.


🌐 Web sayt I 📝 Facebook I 📝 Telegram I🎞 YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube