Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PS
#Online
💚 Prezident sovg‘alari Namanganga yetib keldi
👫 Muhtaram yurtboshimizning otalarcha g’amxo’rliklarini yorqin namunasi bo'lgan mazkur sovg'alar har yili minglab bolalarga eng quvonchli lahzalarni taqdim etadi. Shu bois “Prezident archasi” tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.
✅ Jumladan, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 24 turdagi o‘quv qurollar va 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 632 dona Prezident sovg‘alari Namangan viloyatiga yetib keldi.
🎬 Batafsil videoda...
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
#Online
🖋 Ma'lumot uchun, joriy yilning 25-dekabr kuni namanganlik bolajonlarga unutilmas va beg'ubor taassurotlar taqdim etuvchi "Prezident archasi" tadbiri bo'lib o'tadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍8
#bolalarhimoyasi
Ruhiy zo'ravonlik bolada erta homiladorlik va o'z joniga qasd qilishga urinishlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bola bilan zo'ravonliksiz, rag'batlantirish usullari orqali muloqot qiling
#QonunBizUchun
@unicefuzbekistan
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ruhiy zo'ravonlik bolada erta homiladorlik va o'z joniga qasd qilishga urinishlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bola bilan zo'ravonliksiz, rag'batlantirish usullari orqali muloqot qiling
#QonunBizUchun
@unicefuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik qadamlar — katta g‘alaba: reabilitatsiya hayotni o‘zgartirdi
🧮 Buxorodagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmati bugun o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda. Hozirda ushbu xizmatdan 29 nafar nogironligi bo‘lgan bola foydalanmoqda va ularning har biri uchun bu maskan umid, mehr va imkoniyatlar manbaiga aylangan.
🎅 Ayniqsa, Jahongir va Robiya hayotidagi o‘zgarishlar barchani hayratga solmoqda. Avvallari harakatsiz bo‘lgan bu bolalar bir necha oylik muntazam reabilitatsiya mashg‘ulotlari natijasida mustaqil yurishni o‘rgandi. Bu nafaqat ularning oilalari, balki butun muassasa jamoasi uchun ham katta natija bo‘ldi.
🏓 Bolalar atrofida doim mehr, g‘amxo‘rlik va ishonch mujassam. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan reabilitatsiya mashg‘ulotlari, sabr-toqat va uzluksiz mehnat Jahongir va Robiyaning hayotida tub burilish yasadi. Endi ular o‘z oyoqlarida turib, mustaqil qadam tashlamoqda.
↗️ Avval harakatsiz bo‘lgan bola uchun har bir qadam — g‘alaba. Bu oddiy yurish emas, bu erkinlik sari tashlangan qadamlar, kelajakka bo‘lgan ishonch ramzidir.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident sovg‘asi” Surxondaryo viloyatiga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, shu kunlarda Respublika bo‘ylab Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 15 yoshgacha chin yetim(ota onasi vafot etganlar) shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 24 turdagi o‘quv qurollar va 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 894 dona Prezident sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga ham yetib bordi.

❤20👍6👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YilSarhisobi2025
📢 “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” kampaniyasiga oid sarhisob
✅ 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar butun respublika bo‘ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” xalqaro kampaniyasi amalga oshirildi.
✅ Ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallar, internet nashrlari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali faol targ‘ibot olib borildi.
✅ Xalqlar do‘stligi maydonida va hududlarda fleshmoblar o‘tkazilib, jamoatchilikda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabat shakllantirildi.
✅ “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” doirasida bir qator binolar ramziy ravishda olovrang tusga kiritildi.
✅ 9 mingdan ortiq mahallaning Telegram guruhlari orqali axborot materiallari tarqatildi.
❗️ Kampaniya davomida:
✅ Televideniyeda 100 dan ortiq ko‘rsatuv va lavhalar,
✅ Radiokanallar orqali 30 ta eshittirish,
✅ Internet nashrlarida 289 ta material,
✅ Bosma OAVlarda 15 ta maqola e’lon qilindi.
📊 Ushbu materiallar orqali 14 milliondan ortiq aholi qamrab olindi.
🖋 Shuningdek, "BBC News O’zbek", “Yoshlar”, “O‘zbekiston 24”, “Mahalla”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “Sevimli”, “O‘zbekiston”, “Mening Yurtim", “Zo'r TV" va boshqa telekanallar bilan hamkorlikda maxsus ko‘rsatuvlar, reportajlar va tok-shoular tayyorlandi.
📱 Xotin-qizlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish maqsadida @xabardor_ayol_bot ishga tushirildi.
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi barchani zo‘ravonlikka qarshi kurashda faol bo‘lishga, xavfsiz va adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida birdamlikka chorlaydi!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
📊 Ushbu materiallar orqali 14 milliondan ortiq aholi qamrab olindi.
📱 Xotin-qizlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish maqsadida @xabardor_ayol_bot ishga tushirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5🙏3👏1
#savol_javob
❓ Savol:
✅ Javob:
Bugungi kunga qadar kasallik va homiladorlik nafaqalari asosan ish beruvchilar zimmasida va ixtiyorida bo‘lib, ushbu holat xususiy sektorda ayollarni ishga olmaslik yoki ularni homiladorlik sababli ishdan bo‘shatish kabi holatlarni yuzaga keltirgan.
Endilikda fuqarolarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish kabi holatlar yuzaga kelganda ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqlari Qonun bilan mustahkamlandi.
Ushbu Qonun O‘zbekistonda moliyaviy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Yangi tizimga muvofiq mazkur nafaqalar barcha ishlovchilarga teng shartlar asosida Davlat ijtimoiy sug‘urta Jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi. Bu fuqaro uchun ham, ish beruvchi uchun ham barqaror, aniq qoidalarga asoslangan yangi tizimdir.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Nima sababdan yangi davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi?

👍14❤10
#bolalarhimoyasi
Jinsiy zo'ravonlik ko'pincha bola xulq-atvoridagi o'zgarishlar orqali seziladi – dahshatli tushlar, to'satdan paydo bo'lgan qo'rquv, jahldorlik
Bola bilan muloqotda ogoh, lekin xotirjam bo'ling: «Menga aytganing uchun rahmat. Bu sening aybing emas. Senga yordam topamiz».
Hech bir bola buni yolg'iz boshidan kechirmasligi kerak.
#QonunBizUchun
@unicefuzbekistan
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Jinsiy zo'ravonlik ko'pincha bola xulq-atvoridagi o'zgarishlar orqali seziladi – dahshatli tushlar, to'satdan paydo bo'lgan qo'rquv, jahldorlik
Bola bilan muloqotda ogoh, lekin xotirjam bo'ling: «Menga aytganing uchun rahmat. Bu sening aybing emas. Senga yordam topamiz».
Hech bir bola buni yolg'iz boshidan kechirmasligi kerak.
#QonunBizUchun
@unicefuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤8👏5🙏2
#Yilsarhisobi2025
Yil davomida amalga oshirilgan islohot va tashabbuslar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz, qulay va to‘siqsiz muhit yaratish borasidagi yondashuvning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etdi.
Xususan:
🖋 Qurilish loyihalarida inklyuziv muhitni ta’minlash bo‘yicha majburiy ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shu orqali 7 mingga yaqin loyiha ko‘rib chiqilib, ularning 95 foizida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur talablar kiritildi.
👨🦽 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 300 ta umumta’lim maktablarida “to‘siqsiz muhit” yaratildi.
🚦Respublikada 784 ta ovozli svetofor o‘rnatildi, viloyat markazlarida odamlar serqatnov bo‘lgan joylarda chorrahalar moslashtirildi. 160 ta ko‘chada piyodalar yo‘laklari trotuarlar qayta jihozlanib, harakatlanish qulayligi oshirildi.
🚆Toshkent, Samarqand, Qo‘qon aeroportlari, shuningdek Markaziy va Janubiy temir yo‘l vokzallarida maxsus qulayliklar yaratildi.
Toshkent metrosining 16 ta bekatiga 45 ta ko‘tarish moslamasi, bekatlarda esa 21 ta maxsus lift o‘rnatildi.
🦽 Xitoydan keltirilgan 1 004 ta zamonaviy avtobus va elektrobus nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mos jihozlar bilan ta’minlandi.

👍9❤6👏1