Ijtimoiy himoya milliy agentligi
39.2K subscribers
7.64K photos
2.36K videos
1 file
4.44K links
Download Telegram
Ozarbayjon vakillari bilan ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi

Ijtimoiy himoya milliy agentligida Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy etilgan mexanizmlar yuzasidan tajriba almashdilar. Shuningdek, ijtimoiy to‘lovlar hamda ijtimoiy sug‘urta tizimiga oid taqdimotlar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤8👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari

Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan xususiy maktabda respublikada birinchilardan bo‘lib inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

Bu yerda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlari va individual ehtiyojlari inobatga olinib, ular uchun zarur ta’lim muhiti yaratilgan. Maxsus pedagog, psixolog va logopedlar hamkorligida bolalarning ta’lim olishi, rivojlanishi va tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim jarayonida ishtirok etishiga koʻmaklashilmoqda.

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ham kengayib bormoqda. Xususan, Prezidentning 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qarori bilan 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratish hamda davlat maktablarida “Inklyuziv ta’lim muhiti” grantini joriy etish belgilandi.


Bu kabi mexanizmlar ta’lim muhitini bolalarning ehtiyojlariga moslashtirish, zarur sharoitlarni yaratish va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🎬 Inklyuziv ta’limning amaldagi imkoniyatlari va yaratilayotgan sharoitlar — videoda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤13👏7
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎙 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida AUDIO-CHAT! 👮‍♂️ Ekspertlar — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi mutaxassislari ishtirok etadi. 😲 Mavzu:…
Hurmatli kanalimiz a’zolari!

Texnik sabablarga ko‘ra, bugun Ijtimoiy sug‘urta tizimidagi yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan ovozli chat boshqa kunga qoldirildi.

Ovozli chatning yangi sanasi va o‘tkazilish vaqti haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏12❤8👍7
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kuchaytirilmoqda

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot hamkorligida “O‘zbekistonda odam savdosining oldini olish va jabrlanuvchilarga yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatish tizimini mustahkamlash” loyihasining dastlabki bosqichi bo‘yicha monitoring uchrashuvi o‘tkazildi.

Loyiha donori — Shvetsiya xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (SIDA) vakillari ham amaliy tashrifda ishtirok etdi. Uchrashuvda SIDA dasturlari bo‘yicha mutaxassislar hamda XMTning O‘zbekistondagi migrantlarni himoya qilish va yordam ko‘rsatish yo‘nalishi vakillari qatnashdi.

Xalqaro ekspertlar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika markazi faoliyati, jabrlanuvchilarni qabul qilish va kuzatib borish, keys-menejment, psixoijtimoiy yordam, reabilitatsiya, reintegratsiya hamda idoralararo hamkorlik mexanizmlari bilan tanishdi.

Muloqot davomida mutaxassislar uchun treninglar, xalqaro tajriba asosida yo‘riqnoma va qo‘llanmalar ishlab chiqish, odam savdosi belgilarini aniqlash va jabrlanuvchilarni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida jabrlanuvchilarga yo‘naltirilgan yordam tizimini yanada takomillashtirish va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤9👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy-maishiy xizmat va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya: farqi nimada?

Ijtimoiy himoya tizimida ushbu ikki xizmat turi insonning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning maqsadi va mazmuni bir-biridan farq qiladi.

✅ Ijtimoiy-maishiy xizmat — fuqaroning kundalik hayotini yengillashtirish va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

U doirasida ovqat tayyorlash, uy-joyni tozalash, oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyena vositalarini yetkazish, shaxsiy gigiyenada ko‘maklashish hamda tibbiyot muassasalariga hamrohlik qilish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

✅ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya — kasallik yoki jarohat sabab yo‘qotilgan harakat va funksional imkoniyatlarni tiklashga qaratilgan. Bunda maxsus reabilitatsiya mashqlari, shifokor tavsiyasiga muvofiq muolajalar hamda oila a’zolariga parvarish ko‘nikmalarini o‘rgatish amalga oshiriladi.


📌 Xizmatlar kimlarga ko‘rsatiladi?

✅ Ijtimoiy-maishiy xizmatlar Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 0-116 ball oralig‘ida baholangan yolg‘iz yoki yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladi.

✅ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya esa 0-62 ball oralig‘ida baholangan, shuningdek, insult yoki jarohatdan keyin qayta tiklanishga muhtoj shaxslarga ajratiladi.

🖋 Qisqacha:

✅ Ijtimoiy-maishiy xizmat — kundalik hayotda yordam va parvarish.

✅ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya — sog‘liq va funksional imkoniyatlarni tiklash.

Har ikki xizmat ham insonning hayot sifatini yaxshilash va mustaqil hayot kechirish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤15👏5
⚡️ Ehtiyojmand oilalarga ko‘mir xaridi uchun kompensatsiya to‘lanadi.

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil-30-iyuldagi-418-son qaroriga muvofiq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ko‘mir xaridi bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

✅ Kompensatsiya miqdori:
— xarid qilingan har 1 tonna ko‘mir uchun — 300 000 so‘m;
— bir kalendar yil davomida bir oilaga to‘lanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori 600 000 so‘mdan oshmaydi.

✅ Kompensatsiya olish uchun:
— ko‘mir mycoal.uz interaktiv portali yoki uning mobil ilovasi orqali xarid qilingan va oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
— fuqaro tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilganligi va yetkazib berilganligi tasdiqlanishi lozim.

💳 Kompensatsiya oluvchi oilalarga belgilangan tartibda buyurtmachining ijtimoiy karta yoki bank kartasiga to‘lab beradi.

Ko‘mirga buyurtma berish: mycoal.uz
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1070

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍12👏9
#savol_javob

Kasallik nafaqasi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan 5 savol

❓Savol:

Kasallik nafaqasining dastlabki 5 kuni har bir kasallik holati uchun alohida hisoblanadimi?


✅ Javob:
Yo‘q. Dastlabki 5 kun har bir kasallik varaqasi uchun emas, bir yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha bo‘lgan qismi ish beruvchi tomonidan, oltinchi kundan boshlab esa to‘lov Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

❓Savol:

Xodim bir yil davomida bir necha marta kasal bo‘lsa, nafaqani kim to‘laydi?


✅ Javob:
Tegishli kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha bo‘lgan qismi— ish beruvchi hisobidan to‘lanadi. Keyingi kasallik kunlari esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi. Nafaqa, bir kalendar yilida jami 182 kalendar kungacha to‘lanadi. Yakshanba va bayram kunlari uchun nafaqa hisoblanmaydi.
Misol: xodim birinchi marta 3 kun kasal bo‘ldi — 3 kunni ish beruvchi to‘laydi. Ikkinchi marta 4 kun kasal bo‘lsa, uning dastlabki 2 kunini ish beruvchi, qolgan 2 kunini Jamg‘arma to‘laydi. Keyingi kasallik kunlari esa Jamg‘arma hisobidan to‘lanadi.

❓Savol:

Kasallik nafaqasi miqdori qanday aniqlanadi va undan daromad solig‘i ushlab qolinadimi?


✅ Javob:
Nafaqa miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqi va sug‘urta stajiga qarab hisoblanadi. Sug‘urta staji 6 oydan 8 yilgacha bo‘lsa — o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq bo‘lsa — 80 foizi miqdorida hisoblanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan to‘rt yoki undan ortiq farzandi bo‘lgan yoxud qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan sug‘urtalangan shaxslarga staj koeffitsienti 20 foiz bandga oshirilgan holda hisoblanadi. Hisoblangan nafaqadan jismoniy shaxslar daromad solig‘i ushlab qolinadi.

❓Savol:
Nafaqa kechiksa yoki tizimda uning holati ko‘rinmasa, qayerga murojaat qilish kerak?


✅ Javob:
Avvalo ish beruvchining kadrlar yoki buxgalteriya bo‘limiga murojaat qilib ish haqi hamda mehnat stajiga oid ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganini tekshirish lozim.  Kasallik varaqasi bo‘yicha muamma bo‘lsa ushbu kasallik varaqasini rasmiylashtirilgan tibbiyot muassasasiga, nafaqa holatini my.gov.uz orqali ham ko‘rish va qo‘shimcha ma’lumot uchun 1070 call-markaziga murojaat qilish mumkin.

❓Savol:

Xodim bir nechta tashkilotda yoki to‘liq bo‘lmagan ish vaqtida ishlasa, nafaqa qanday hisoblanadi?


✅ Javob:
O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodim uchun ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan qism, ya’ni kalendar yilidagi dastlabki 5 kun har bir ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
To‘liq bo‘lmagan ish vaqtida ishlovchi xodimning nafaqasi esa haqiqatda hisoblangan o‘rtacha ish haqi va sug‘urta stajidan kelib chiqib aniqlanadi.

❗️ Kasallik nafaqasi bo‘yicha tartiblarni bilish — to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishiga yordam beradi. Nafaqangiz bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, rasmiy manbalardan ma’lumot oling yoki 1070 call-markaziga murojaat qiling.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🙏5👏2
Qashqadaryo viloyatidagi fojiali holat haqida

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida bir oilada voyaga yetmagan bola bilan bog‘liq fojiali holat yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 26-sentabr kuni oiladagi kelishmovchilik ortidan voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohati olgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bola shu kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Hodisaning barcha holatlariga huquqiy baho tergov natijalariga ko‘ra beriladi.

Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Oiladagi boshqa voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida u yaqin qarindoshining vasiyligiga topshirilgan.

Hozirda vasiylikka berilgan bolaning hayotiy holatini barqarorlashtirish, xavfsizligini ta’minlash va huquqiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari tomonidan:

— bolaning hayotiy holati va mavjud xavf omillari baholanmoqda;
— zarur psixologik yordam ko‘rsatilmoqda;
— tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda va zaruratga ko‘ra davolash choralari ko‘riladi;
— yashash manzili o‘zgarganini inobatga olgan holda bolaning ta’limini uzluksiz davom ettirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda;
— ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy keys ochilib, individual ijtimoiy xizmatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.


Hozirda yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan voyaga yetmagan bolaning xavfsizligi va farovonligi, shuningdek, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va individual rejaning ijrosi Agentlik tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23🙏11👍9👏2
Bolalarning ta’lim ehtiyojlarini baholashning yangi tizimi ikki hududda yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qaroriga muvofiq, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari huzurida Bolani kompleks baholash guruhlari tashkil etilmoqda.

Guruhlar 3-18 yoshdagi bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlarini aniqlaydi, ularga mos ta’lim shakli va zarur qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilaydi hamda davlat ta’lim muassasalariga yo‘naltiradi.

📅 Tizim uch bosqichda joriy etiladi:

1-oktyabrdan — Navoiy va Urganch shaharlarida;
1-noyabrdan — Karmana, Qiziltepa, Konimex, Yangibozor, Qo‘shko‘pir tumanlari va Xiva shahrida;
1-dekabrdan — ikki viloyatning qolgan tuman va shaharlarida.

💻 Hududlarga jami 12 ta kompleks baholash guruhi xizmat ko‘rsatadi: Navoiy viloyatida — 5 ta, Xorazm viloyatida — 7 ta.

👮‍♂️ Baholash jarayonida maxsus pedagog, psixolog va mahalladagi ijtimoiy xodim bolaning ta’lim olish imkoniyatlari, rivojlanishi, muloqoti, xulq-atvori, oilaviy va ijtimoiy muhitini kompleks o‘rganadi. Jarayonda ota-ona yoki qonuniy vakil ishtirok etadi, zaruratga ko‘ra tibbiyot mutaxassislari ham jalb qilinadi.

✅ Yangi tizimning asosiy afzalliklari:

✅ xizmatlar oilalarga yaqinlashadi;
✅ bolaning imkoniyatlari va ehtiyojlari har tomonlama baholanadi;
✅ har bir bolaga mos ta’lim shakli va qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;


☺️ Batafsil ma’lumot va murojaat uchun yashash hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤13🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Voices of Summit

“Bolalarga, ayniqsa ularning ilk yillarida investitsiya kiritishdan yaxshiroq sarmoya yo‘q.”

Naji Benxasin
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori


21-22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti oldidan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Naji Benxasin bolalar rivojiga investitsiya kiritishning uzoq muddatli ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, bolalikning ilk davrlarida — hatto homiladorlik davridan boshlab — to‘g‘ri ovqatlanish, qulay muhit, gigiyena va rivojlantiruvchi sharoitlarni ta’minlash bolaning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, u O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 30 foizdan 75 foizgacha oshganini muhim yutuq sifatida qayd etdi hamda oilalar va bolalarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan tizimni takomillashtirishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍10🙏3
#Ijtimoiy_dayjest

🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.

🇺🇿Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.

🇬🇧 Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍7👏6
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi qanday o‘zgardi?

Avvallari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlash va hisob-kitob jarayonlarida ish beruvchi hamda buxgalteriya mexanizmlari asosiy o‘rin tutgan.

Bugun esa bu jarayonlar to’liq raqamlashtirilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi yagona tizimi asosida ishlamoqda.

2026-yildan boshlab:
✅ ma’lumotlar elektron tizimlar orqali olinadi;
✅ nafaqalar proaktiv tarzda tayinlanadi;
✅ sug‘urta staji va to‘langan badallar hisobga olinadi;
✅ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining bir yilda dastlabki 5 kuni uchun to‘lov ish beruvchi, 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ya’ni, o‘zgarish faqat to‘lov manbasida emas.

Bu qog‘ozbozlikdan raqamli axborotga, murakkab hisob-kitoblardan shaffof timizga, alohida jarayonlardan markazlashgan mexanizmga, murojaat asosidagi xizmatdan proaktiv xizmatga o‘tishdir.

Tarix va bugun o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, tizim endi inson uchun yanada sodda, qulay, tushunarli va raqamli shaklda ishlashga yo‘naltirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍11🙏8👏2