Yosh ijodkorlar kengashi - Duel
631 subscribers
1.39K photos
188 videos
62 files
304 links
Respublika yosh ijodkorlar kengashining rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tiriltiruvchi "DUEL"!

Yangi mavsumda biz bilan bo'ling.

Videoni do'st-dushmanlarga ulashishni unutmang😁


@ijodkorlarkengashi
“Duel” loyihasining yangi mavsumini kutib oling!🍁🍂📝

Yaqin fursatlar ichida sizga eng toza tuyg‘ular, eng rost so‘zlar, eng go‘zal she’rlarni taqdim etamiz!🔥😍

O’n olti nafar ijodkor o'zaro bellashadigan "Duel"ning bu fasli ikki oy mobaynida quyidagi to'rt bosqichda bo'lib o'tadi:

- saralash;
- chorak final;
- yarim final;
- Final!

Qadim qo‘shiqlarning bugungi ovozidan tortib, ayni zamon chizgilariga guvoh bo‘lishni, jo’shqin lahzalar, go’zal tuyg‘ular va she’riyat sehrini his qilishni istasangiz bizdan uzoqlashmang! 😍😍

Darvoqe, yana bir muhim yangilik!
Finalga qadar yetib kelib, ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi besh million so‘m, birinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan ijodkor esa o‘n million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi!😎😎💰💰

Adabiyotga befarq bo‘lmagan barchani bugungi kun yosh shoirlarining ovoziga aylanib borayotgan “Duel”da kutamiz!🔥🔥🔥

@ijodkorlarkengashi
«АДАБИЙ ДУЭЛЬ» ИШТИРОКЧИЛАРИГА

Дантесдан Пушкиннинг ўчини олинг,
Мартиновдан олинг Лермонтов ўчин.
Сиз мангу ўзбекнинг ёдида қолинг,
Мен унинг ёдидан кетсам ҳам ўчиб.

Сиз босиб ўтганда шеърият йўлин
Ҳеч қачон бўлмасин қаторингиз кам.
Доимо бир тану ва бир жон бўлинг,
Гарчи орангизда мен бўлмасам ҳам.

Доим йўлдошингиз бўлсин номус, ор,
Мудом ҳалол яшанг олий зот учун.
Лекин бир-бирингиз ўлдирманг зинҳор
Ҳаргиз сохта шону мукофот учун.

Қайғурманг, сизларда йўқ эрур ўчим,
Майли ёлғиз қолай қаламим билан.
Билсангиз, ҳар лаҳза шеърият учун
Дуэлга чиққанман ажалим билан.

2020

©Насрулло Эргаш

👉 @nasrullo_ergash
“Дуэл нима бўлди?”

Сўнгги эълонлардан сўнг кў-ўпчилик томонидан берилаётган савол бу. Қувонч билан кутиб олишлар, фикрлар, таклифлар билан бирга бироз эътирозлар ҳам бўлмоқда. Адабий бахсимизга эмас-ку, унинг номи борасида...
Ана шу таклиф-эътирозлардан келиб чиқиб Ёш ижодкорлар кенгаши қуйидаги сўровномани ўтказишга қарор қилди. Энг кўп овоз олган ном билан лойиҳани
давом эттирмоқчимиз.

@ijodkorlarkengashi
Сиз шеърий бахсни қандай номланишини истайсиз?
Final Results
47%
Дуел
24%
Юзма-юз
29%
Шеър баҳси
❗️❗️"DUEL"GA TAYYORMISIZ?❗️❗️

Unday bo'lsa sizni 7-noyabr kuni soat 14:00 da O’zbekiston yoshlar ittifoqi binosining Yoshlar press klubida bo'lib o'tadigan "Duel"ga chorlaymiz!🔥🔥🔥

❗️Loyihaning ilk saralash bosqichida to'rt nafar ijodkorning bellashuviga nafaqat guvoh bo'lishingiz, balki muxlislik qilayotgan shoiringizga ovoz ham berishingiz mumkin!

Demak, saralash bosqichining ilk sonida vohadek ke-eng ko'ngilli, she'rlaridan erk va toza tuyg'ular ufurib turguvchi ijodkor - SUHROB ZIYO hamda she'riyatimizga Xorazm minorlaridek baland bo'y-bast, baland tuyg'ular va samimiy nigohlari bilan kirib kelgan shoir - RAHMAT BOBOJONning “to’qnashuvi”ga guvoh bo'lasiz!💥🤩

Ikkinchi juftlik esa ko'pchilik uchun kutilmagan bo'lar balki.
Boisi mumtoz she'riyatimiz an'analarini davom ettirib kelayotgan, mardona va o'ziga xos she'rlar sohibi - ANVAR BOTIR va she'rlarida mudom mavjud qoliplardan chetroq bo'lishni istovchi, mahzunlikdan qochib, mahzunlikka borguvchi shoira - FERUZA XAYRULLAYEVAning "jang"ini ko'ramiz!💥🤩

To'rt ijodkor, to'rt yangi ovoz va bir olam she'r va'da qilayotgan "Duel"da kutamiz barchani!

P/s: Kengashning telegramdagi rasmiy sahifasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 24/29/47 % ovoz bilan "Duel" g'alaba qozongani uchun loyiha nomi o'z holicha qolganini va barcha tashkiliy masalalar hal bo'lganini ma'lum qilamiz.😎😎👏👏👏

Endi faqat tashrif buyurish va miriqib she'r tinglash qoldi!

"DUEL"DA KO'RISHGUNCHA!🔥🔥

@ijodkorlarkengashi
​​❗️Yana bir "kichik" eslatma

"Duel"ga kelish istagida bo'lganlardan @ijodkormatbuot manzilida ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

Buning uchun yuqoridagi manzilga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni qoldirishigizning o'zi kifoya!

Joylar cheklangani sababli tezroq harakat qilishingizni tavsiya qilamiz😉😎

"Duel"da ko'rishguncha!

@ijodkorlarkengashi
​​Diqqat e'lon!

"Duel"ning barcha muxlislariga shuni ma'lum qilamizki, siz yaxshi ko‘radigan va intiq kutayotgan loyiha sizni yana ozgina kutishga majbur qiladi... 😊

Ayrim texnik ishlar sabab "Duel" teleloyihasining birinchi o‘yini 14- noyabr sanasiga ko‘chirildi.

Umid qilamizki, loyihani sizga sifatli va qiziqarli yetkazish istagida bo‘layotgan tashkiliy guruhni to‘g‘ri tushunasiz!


Sizga doim yaxshiliklar sog‘inib, tez orada ko‘rishguncha deb qolamiz!

@ijodkorlarkengashi
Сизни яна “Дуэл”га чорлаймиз!

14 ноябрь соат 12:00 да Ёшлар иттифоқи биносида жойлашган Ёшлар пресс клубида
бўлиб ўтадиган “Дуэл”нинг янги қатнашчилари билан танишинг!🔥🔥🔥

Лойиҳамизнинг меҳмон ижодкорлари - “юрагида йўлбарс яшовчи”, нафосат ва жасорат уйғунлашган гўзал шеърлар соҳибаси Гулжамол Асқарова ва “Бор бўлса бир келсин Шодмонқул”, дея мудом ўзини шеърга, ўзликка, иймонга чорлаб турувчи забардаст шоир Шодмонқул Саломнинг “тўқнашув”и сизни бефарқ қолдирмаслигига ишонамиз!😍😍👏👏👏

Шеъриятимизга ўзига хос оҳанг ва реализмнинг ўткир тиғила кириб келаётган ижодкор Мирзоозод Мирзанеъматов ва шеърлари билан ўйга солувчи, дардларни ҳам нолишларсиз ёзгувчи шоир Нурмуҳаммад Азизовнинг “дуэл”и бошлаб беради барчасини!🤩😎

Сатрларида ўзини-да аямайдиган, борлиққа ўзгача нигоҳ, ўзгача шеърларда юзланадиган ижодкор Муяссар Иброҳимова ва табиатни, одамларни яхши кўришга “мажбурловчи”, шоирнинг самимияти бўғзингизга қадалиб, кўзингизни ёшлатадиган шеърлар муаллифи Зулхумор Орифжонованинг беллашуви сизни ҳам, ҳакамларни ҳам ғолибни аниқлаш борасида қийнаб қўйиши аниқ!🍁🌸
Шундай экан, сизни жуда узо-оқ кутилган “Дуэл”да кутамиз! 🔥🔥🔥

Ҳа, айтганча, аввалги гал бошқа жуфтликлар бўлгани сабаб рўйхатдан ўтганлар @ijodkormatbuot да яна қайта рўйхатдан ўтишни унутманг! Жойлар чекланганини қайта эслатишимиз шарт эмас а!☺️😉

“Дуэл”да кўришгунча!!

@ijodkorlarkengashi
Бугун “Дуэл”

Ниҳоят бугун сиз узоқ кутган лойиҳа бошланади. Унинг юқори кайфиятда ўтиши барчамизга бирдек боғлиқ. Шу сабаб рўйхатдан ўтган ёки ўтишга улгурмаган, аммо келишни истаётган барча мухлислардан айтилган вақт – соат 12:00 дан бироз илгарироқ келиб жойларини эгаллашларини сўраймиз. Ҳар ҳолда шеър муҳити яратилгач, эшикни секингина тақиллатиб кириб келишингиз ўзингизга ҳам ноқулай бўлар деб ўйлаймиз.

Манзил: Навоий кўчаси 11 уй. Ёшлар пресс клуби.
Тел: 94 623 19 93

@ijodkorlarkengashi
"Duel"ning birinchi chorak finalchilari aniq bo'ldi!

Ularning nomini e'lon qilishdan avval kun taassurotlari bilan bo'lishsak:

🔥😍 Eng avval "Duel" maydonini SHE'R bilan to'ldirgan Guljamol Asqarova va Shodmonqul Salomning o'tli satrlari muxlislarga she'riyat dunyosi eshiklarini ochib berdi.

👏 Nurmuhammad Azizov va Mirzaozod Mirzane'matovning o'ktam ovozi, o'ziga xos mardona satrlariga chalingan qarsaklar ularga berilgan eng katta mukofot bo'ldi desak yanglishmaymiz.

🦋 Muyassar Ibrohimova va Zulxumor Orifjonovaning munis ovozi haqiqatdan ham zaldagilarni sehrlab qo'ydi.
Balki shu sabab bu juftlikni baholash hakamlarga qiyinchilik tug'dirgandir.

🔥💫 Darvoqe, baholash... Hakamlarning qaroriga ko'ra, ikkinchi bosqichga
Nurmuhammad Azizov va
Zulxumor Orifjonova yo'l oldi!

Loyihani to'liq qayerda tomosha qilishingiz mumkinligini keyingi safar e'lon qilamiz.

❗️ Bizni kuzatib boring!

@ijodkorlarkengashi