MAKTAB HAYOTI
442 subscribers
1.99K photos
475 videos
51 files
1.53K links
Qo‘shrabot tuman MMTB 42-maktab Ijodiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot yo‘nalishi kanali.
Maktab hayotida muhim tadbirlar, ochiq darslar, tanlovlar, musobaqalar, klub va to‘garaklar jarayoni, ustozlar va o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishasiz!
Download Telegram
Forwarded from Uyğun Õsar (Humoqushi)
​​ИФТИХОР
Жорий йилнинг 15-18 апрел кунлари қўшни Қирғиз Республикаси пойтахти Бишкек шахрида "Жаны ысымдар" (Янги номлар) Х халқаро талабалар театр фестивали бўлиб ўтди.
Фестивалда жами 6 та давлат;
Қирғизистон
Қозоғистон
Озарбайжон
Туркия
Россия ҳамда Ўзбекистон республикасидан ташриф буюрган жамоалар томонидан 11 та саҳна асарлари намойиш этилди.
Фестивалда юртимиз номидан ташриф буюрган Ўзбекистон Давлат санъат ва маданият институти талабалари "Абвоб ул-маоний" (Маънолар эшиги) номли саҳна асари билан иштирок этишди
Саҳналаштирувчи режиссёр Умиджон Расулов, бадиий рахбар Рашид Уснатов
Фестивалда иштирокчиларни ҳакамлар ҳайъати:
Қирғизистон Республикаси халқ ёзувчиси, Қирғизистон Республикаси театр арбоблари уюшмаси президенти, санъатшунослик фанлари номзоди, театр арбоби Кулмамбетов Жаниш Османович,
Қирғизистон Республикаси халқ артисти, бадиий ўқиш ва саҳна нутқи ўқитувчиси, профессор Сейдалиева Калича Османбековна
Қирғизистон Республикасида хизмат кўрсатган артист Сманбеков Темирлан Камашевич
Фалсафа фанлари доктори, санъатшунослик фанлари доктори, профессор, театр режиссёри Исрафилов Исрафил Рамазон ўғли
Қирғизистон Республикаси Маданият, ахборот ва ёшлар сиёсати вазирлиги Санъатни ривожлантириш бошқармаси мутахассиси, театршунос, драматург Тинибек Сыдиков
М.В Ломоносов номидаги Архангелск драма театри директори  Самодов Сергей Александрович
Қирғизистон Республикасида хизмат кўрсатган артист, Т. Сатилганов номидаги Миллий филармониянинг бадиий раҳбари Тентимишов Болот Асқарбековичлар баҳолаб боришди.
Қизиқарли ва унутилмас лаҳзаларга бой ўтган фестивалда ҳакамлар ҳайъатининг якуний хулосаларига кўра Режиссёр Умиджон Расулов бошчилигидаги Ўзбекистон Давлат Санъат ва маданият институти талабалари фахрли 1-ўринни қўлга киритишди.
Фурсатдан фойдаланиб, "Жаны ысымдар" (Янги номлар) Х халқаро талабалар театр фестивалида эришилган фахрли натижа билан институт талабалари, ҳамда режиссёр Умиджон Расуловни чин қалбдан муборакбод этамиз. Келгусида Жаҳон саҳналарида ўлмас асарлари билан ўзбек санъатини дунёга танитишида улкан зафарлар ёр бўлсин
Forwarded from Uyğun Õsar (Usarov Uygʻun)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayajonli_lahzalar
​​
Жорий йилнинг 15-18 апрел кунлари қўшни Қирғиз Республикаси пойтахти Бишкек шахрида ўтказилган "Жаны ысымдар" (Янги номлар) Х халқаро талабалар театр фестивалидан
Forwarded from Uyğun Õsar (Usarov Uygʻun)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayajonli_lahzalar
​​
Жорий йилнинг 15-18 апрел кунлари қўшни Қирғиз Республикаси пойтахти Бишкек шахрида ўтказилган "Жаны ысымдар" (Янги номлар) Х халқаро талабалар театр фестивалидан
​​
Саҳналаштирувчи режиссёр Умиджон Расулов
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сизнингча, Билл Гейтс тўғри йўл танладими?

➡️ Каналга обуна бўлинг 👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
Forwarded from Qo'shrabot tuman Axborot-kutubxona markazi (Egamova Nilufar)
#Kitobdan

O‘g‘il bola hamisha otasidan namuna oladi. "Otam shunday qilyaptimi, demak, bu to‘g‘ri" degan xulosaga keladi. Ota bolasi yonida har bir ishini o‘ylab qilishi zarur.

Chunki tarbiya ilmi - o‘ta nozik ilm. Keltirilgan misollarga qarab yaxshi o‘g‘ilni, haqiqiy erkakni tarbiyalashda oila boshining chuqur bilimi, zarur ko‘nikma va tajribasi talab qilinishiga amin bo‘lamiz.

Jalolxon Umarov
"Asl otalar kitobi"dan
Forwarded from Mirzohid MUSAQULOV
📚 TAKLIFNOMA!

Hurmatli ijodkorlar, faol kitobxonlar, “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 23-aprel soat 10:00 da Qoʻshrabot tuman AKM tomonidan oʻtkaziladigan "KITOBSEVAR IJODKORLAR BOGʻI" mavzusida ijodkorlar bilan uchrashuvga taklif etamiz!

Manzil: Qoʻshrabot tuman Axborot-kutubxona markazi
(Moʻljal: Tuman yoshlar istirohat bogʻi)


👇👇👇
https://t.me/dilmunchoq_klubi
#Xushxabar

Joriy yilning 15-18-aprel kunlari qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan “Жаны ысымдар” (Yangi nomlar) X xalqaro talabalar teatr festivali bo‘lib o‘tdi.

6 ta davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashrif buyurgan jamoalar orasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Abvob ul-maoniy” (Ma’nolar eshigi) nomli sahna asari bilan ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli xalqaro festival g‘olibligini qo‘lga kiritgan sahna asari rejissori Qo‘shrabot farzandi Rasulov Umid O‘rolboyevich hisoblanadi.

Umid Rasulov 1987-yilda Qo‘shrabot tumani Oʻrazmat qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bakalavr hamda magistr diplomiga ega. Ayni paytda mazkur institutda “Musiqali teatr san’ati” kafedrasida talabalarga saboq berib kelmoqda.

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from Zabarjad Mediа
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Har oy maoshidan albatta kitob sotib olardilar” – Muhammad Yusuf haqida qizi xotiralari

“Siyosiy maʼrifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube
#musobaqa

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining pedagog xodimlari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Sogʻlom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida kasaba uyushmalari kubogi uchun oʻtkazilgan sportning SHASHKA turidan tuman bosqichida 42-umumta'lim maktabining oʻqituvchilari Mahmud Pardaboyev faxrli 1-oʻrin, Zarina Raxmonova faxrli 3-oʻrin sohibi boʻlishdi.
💐Hamkasblarimizni ushbu yutuq bilan qutlaymiz!

👇👇👇
@ijod42
⚡️Bilagi kuchga to‘lgan yoshlar uchun yana bir yangilik!

Mamlakatimizning mard va jasur o‘g‘lonlari, sizlarni jismoniy tayyorgarlik va intellektual salohiyatingizni sinovdan o‘tkazuvchi navbatdagi tanlov kutmoqda!

🇺🇿“Harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi”Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025-yildan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan yirik harbiy-sport va huquqiy tanlovlar jamlanmasi.

Spartakiada 10 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Unda 14-30-yosh toifasidagi mahalla yoshlari hamda maktab o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov Nizomi bilan tanishing

Hoziroq @YoshlarRegBot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

Har bir yo‘nalish g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 ZAKOVAT BAHSI

Qoʻshrabot tuman MMTB 42-umumta'lim maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Zakovat intellektual oʻyini" oʻtkazildi.
1-oʻrin 7-sinf Shohjahon Begimqulov,
2-oʻrin 5-sinf E'zozbek Tolliboyev,
3-oʻrin 6-sinf Shahriyor Baxtiyorov jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
💐Barcha bilimdonlarga navbatdagi intellektual oʻyinlarda ham omad tilaymiz!

👇👇👇
@ijod42