MAKTAB HAYOTI
445 subscribers
1.98K photos
469 videos
51 files
1.52K links
Qo‘shrabot tuman MMTB 42-maktab Ijodiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot yo‘nalishi kanali.
Maktab hayotida muhim tadbirlar, ochiq darslar, tanlovlar, musobaqalar, klub va to‘garaklar jarayoni, ustozlar va o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishasiz!
Download Telegram
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqalari bo‘yicha ma’lumot

📢 Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qo‘mitasi 2025-yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqalarini bahor faslida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

📆 Bunda, joriy yil aprel-may oylarida har uchala musobaqa ham tashkil etiladi.

💰 Musobaqalarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga egallagan o‘rniga mos ravishda 100, 60 va 40 mln so‘m pul mukofotlari topshiriladi!

☝️🏻 Shu bilan birga 2024/25-o‘quv yilining kuzgi mavsumida ham mazkur musobaqalar o‘tkazilgani va ularda g‘olib bo‘lgan jamoalarga oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyoz hamda stipendiya berilgani inobatga olinib, bu safar musobaqada 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalarga mazkur imtiyoz va stipendiya berilmasligi nazarda tutilgan.

❗️G‘olib jamoalar a’zolariga imtiyoz va stipendiyalar berish 2025/26-o‘quv yilining bahorgi mavsumida o‘tkaziladigan musobaqalardan davom ettiriladi.

ℹ️ Bu yil aprel oyidan boshlab o‘tkaziladigan musobaqalar sanasi haqida keyinroq ma’lumot beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblariga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!

Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.

Tanishing, g‘oliblar:

Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.

O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.

Barchani chin yurakdan tabriklayman! Bu g‘alabalar nafaqat ularning mehnati, balki oiladagi tarbiyaning ham yutug‘i!

@alisher_sadullaev
#Xayrli_tong

Har tong umrimizning bir safaridir,
Har on kunimizning bir gavharidir.
Tinchlik-omonlikda o‘tgan har bir tong,
Allohning bizlarga xush xabaridir...

🌤Boshlangan yangi hafta va dushanba kuningiz muborak boʻlsin!

@Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from LIDERLAR
#iqtibos📚

Orzularing tomon eltuvchi eng yaxshi transport bu sening bilimingdir. Shu transportga chiqishing uchun bilet esa kitoblarda yashiringan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TEMUR TUZUKLARI

Mafkuraviy tahdidlar, ma'naviy xavflar kuchaygan bir paytda, insoniyat ongi va qalbini egallashga urinishlar kechayotgan bir davrda bu kitobni takror va takror mutolaa qilish har birimiz uchun nihoyatda foydalidir.

@Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from Hilola Umarova
#kun_fotosi

Rasmni Xorazmdagi maktablardan birida oldim. Hududdagi qolgan maktablarda ham bu tajriba allaqachon yoʻlga qoʻyilibdi. Plastik idishlar toʻplash uchun oddiy simlardan yasalgan idishning balandligi naq 2,5 metr.

Maktablarda haftaning shanbasi sogʻlom turmush tarzi va ekologik madaniyatni targʻib etish kuni. Rasmdagi idishga toʻplangan plastik idishlarni har hafta maxsus mashinada olib ketishadi, tushgan pul maktab ehtiyojlari, tozalik ishlari, toʻtiqush va baliqlarni oziqlantirish uchun ishlatiladi. “Haftalik daromadning eng kami 450 ming, eng koʻpi 850 ming soʻm boʻldi”, deydi maktab jamoasi. Qiziq, foydali tashabbus, shunday emasmi? Tabiatni asrash, tozalikka mehr bogʻcha va maktabdanoq shakllanib borishi kerak.

P/S: “Eko burchak”dagi toʻtiqush va baliqlarni rasmga olish yoddan chiqibdi.

@hilola_umarova
Forwarded from Ўлмасбек Самарқандий🇺🇿 (Ўлмасбек Самарқандий)
​​​​Соҳибқирон бобомиз Амир Темур таваллудининг 689 йиллигига

ТЕМУРНИНГ ОНАСИ


Бу элнинг мардлиги Темурдан юққан,
Ҳеч тилдан қўймаймиз ул зотнинг отин.
Лек нега эсланмас Темурни туққан,
Бухоролик аёл Тегина хотун.

Тинчлик бермас сира лаҳза-онимга,
Тарих-чи жим тинглаб турар бу оҳни.
Достонлар битилди Бибихонимга,
Тилга олишмади Тегина Моҳни.

Мақбаралар бино бўлди хўб мунда,
Минорлар нақшидан товланиб само.
Маконинг на Кешда, на Шоҳи Зинда,
Қайларда ётибсан, Тегина момо?!

Онанинг меҳрини нима деб атай,
Болам деб ўртанган, юраги куюк.
Тарих айтолмаса, мана мен айтай:
ТЕМУРНИНГ ОНАСИ - ТЕМУРДАН БУЮК!

Ўлмасбек Самарқандий.
@Samarqandiy77
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur o‘gitlari

Kuch — adolatdadir.

Kurashib erishilmagan g‘alaba g‘alaba emas.

Chorasi yo‘q ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi.

Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing.

Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham.

Og‘zingga qon to‘lsa ham, dushman oldida tupurma.

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.

Bir kun keladiki, zolim o‘z barmoqlarini tishlaydi.

Vahima — dushmanning yo‘ldoshi.

Qilich o‘tkir bo‘lsa-da o‘z sopini kesmagay.

Kechira olishlik— mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik
#Amir_Temur

Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylar uchun tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
@Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?

@alisher_sadullaev
10-aprel - Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bogʻbon oilasida tavallud topgan. Uning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotining oldida turgan juda ko‘plab murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlashishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar.

Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M.Avezov, X.Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta e’tirof etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I.Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E.Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ilmiy izlanishlar qilganlar.

@Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov

Qoʻshrabot navosi – Begi Doʻst sheʼri

...Xofiz boʻlsang qoʻlga ol dutoringni,
Baxshi boʻlsang aytib yoz xumoringni,
Chovondoz boʻlsang min boychiboringni,
Yur doʻstim, Qoʻshrabot tomonlarga, yur!

Oʻzbegim elim bor, baxtli zamonda
"Qoʻshrabot navosi" yangrar jahonda,
Bormagan armonda, borgan darmonda,
Yur doʻstim, Qoʻshrabot tomonlarga, yur!

Yurakdan oʻtirib ozorlarini,
Ziyorat qilamiz mozorlarini,
Tinglaymiz bobomning termalarini,
Yur doʻstim, Qoʻshrabot tomonlarga, yur!

Bu goʻzal damlarni qoʻmsab yurmoq bor,
Bu shirin onlarni eslab yurmoq bor,
Aziz farzandlarga soʻzlab yurmoq bor,
Yur doʻstim, Qoʻshrabot tomonlarga, yur...


🎞Sifatli formatda koʻrish:👉https://youtu.be/n09Fc46DSOA?si=_jZMvEJgMB6T3ffd

📌 Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 10-12-may kunlari Qoʻshrabot tumanida “Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Qoʻshrabot navosi” Respublika baxshichilik tanlovi boʻlib oʻtadi.

Ulanish:
👉
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
Bolalar uchun tavsiya etiladigan eng yaxshi adabiyotlar

📚Ko‘pchilik ota-onalar farzandlariga yoshiga mos kitob tanlashda qiynaladi. Shu sababli, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan mutaxassislar ishtirokida 7-10, 11-14 va 15-18 yoshli bolalar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxatdan jahon va o‘zbek adabiyotining bolalarga mo‘ljallangan eng sara asarlari o‘rin olgan. Ushbu adabiyotlarni kitob do‘konlari va “Mutolaa” ilovasida elektron va audio formatda topish mumkin.

Farzandingizga munosib kitob tanlash vaqti keldi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijod hayratlari (Sarvara Sindarqulova)
#gulxanda_mushoira

Diqqat❗️ E'lon❗️

Kutib oling azizlar!😊

Bizda yangi loyiha🤩

"Ijod hayratlari" klubi "Mushoira" dasturini boshladi!

   Ilk mushoiramiz ertaga 14-aprel, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

    Unda siz: ijod na'munangizdan o'qiysiz, ijodkorlar bilan suhbatda bo'lasiz, fikr almashasiz va samimiy davrada bo'lasiz!🫠

   Ijodga oshufta qalblarni, do'stlaringizni, yaqinlaringizni albatta taklif qiling! Hech biri qolib ketmasin!😍

Barchangizni kutib qolamiz!😇

Bizni kuzatishda davom eting!

📍Manzilimiz: @ijodhayratlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zararli odatlar inson umrini qisqartiradi❗️

©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati

Telegram Facebook  🌐Instagram 📹YouTube Tik tok
Forwarded from Shohruh Yusupov (Shohruh Yusupov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz otamizdan, farzandlarimiz esa bizdan har taraflama kuchliroq bo’lishga mas’ul!

@Shohruh_Yusupow