IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
14K subscribers
74.1K photos
15.1K videos
1 file
20.1K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
Download Telegram
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaylik!

Buxoro shahar IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan "Ishga marhamat - Mono markaz"ida turli yo‘nalishlar bo‘yicha taxsil olib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Xususan, ayollar tomonidan ko‘p sodir etib kelinayotgan FIRIBGARLIK jinoyatidan jabrlanib qolmasliklari va shu bilan bir qatorda sodir etmasliklari yuzasidan aniq misollar bilan huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish, shu kabi holatlarga duchor bo‘lgandan amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ham tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan turli masala va holatlar yuzasidan batafsil javoblar berildi.

@IIVJXDUZ
PALANDARALIKLAR – KUBOK SOHIBI

Kitob tumani 3-sektoriga qarashli uzoq tog'li hududlarda joylashgan Obikanda, Kuxsor, Katlos, Tevaboshi va Palandara mahallalari yoshlari o'rtasida futbol bo'yicha tuman IIB boshlig'i kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqada barcha jamoalardan ustunligini namoyish etgan “Palandara” MFY yoshlari birinchi o'rinni qo'lga kiritib, kubok sohibi bo'lishdi. Navbatdagi sovrinli o'rinlarni Tevaboshi va Katlos mahallalari vakillari egalladi.
G'olib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg'alarni tuman IIB boshlig'i, podpolkovnik Ikrom Tog'ayev topshirdi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Профилактик тадбирлар

@IIVJXDUZ
Munosib nomzodlar suhbat asosida saralab olinmoqda

Prezidentimizning 01.03.2022 yildagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinib, ushbu vazifada ishlash istagida boʼlgan nomzodlar uchun ochiq tanlov oʼtkazildi.

Qarshi shahridagi mahallalarda joriy qilingan xotin-qizlar faoli lavozimga Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ariza topshirgan nomzodlar orasidan munosiblarini saralab olish maqsadida tanlov komissiyasi tomonidan suhbatlar oʼtkazilmoqda

@IIVJXDUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Oz miqdorda talon-taroj qilish uchun javobgarlik bor

Batafsil videoda 👆

@IIVJXDUZ
Qashqadaryo viloyati IIB JTSB Nazorat-litsenziyalash bo‘linmasi xodimlari tomonidan, “Qurol" profilaktik tadbiri doirasida ro‘yxatda turuvchi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalarining yashash manzillarida ov qurollarining saqlanishi va ruxsatnoma muddati tekshirilib, ularga o‘qotar quroli bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
———————-
Қашқадарё вилояти ИИБ ЖТСБ Назорат-литцензиялаш бўлинмаси ходимлари томонидан, “Қурол" профилактик тадбири доирасида рўйхатда турувчи шахсий ўқотар ов қурол эгаларининг яшаш манзилларида ов қуролларининг сақланиши ва рухсатнома муддати текширилиб, уларга ўқотар қуроли билан боғлиқ нохуш ҳолатларнинг олдини олиш бўйича тарғибот ишлари олиб борилмоқда

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Toshkentda "korrupsiya" yo‘li bilan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs yuzasidan ma’lumot

@IIVJXDUZ
Toshkent viloyati IIBB JTSB Nazorat-litsenziyalash bo‘linmasi xodimlari tomonidan, “Qurol" profilaktik tadbiri doirasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida, Chirchiq shahar, Umid MFY yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro Ilxomov Orifjon 1950 yilda ishlab chiqarilgan 1 stvolli, ov qurolini o‘z ixtiyori bilan IIOga topshirgan
————————-
Тошкент вилояти ИИББ ЖТСБ Назорат-литцензиялаш бўлинмаси ходимлари томонидан, “Қурол" профилактик тадбири доирасида олиб борилаётган тарғибот-ташвиқот ишлари натижасида, Чирчиқ шаҳар, Умид МФЙ яшовчи 1964 йилда туғилган фуқаро Илхомов Орифжон 1950 йилда ишлаб чиқарилган 1 стволли, ов қуролини ўз ихтиёри билан ИИОга топширган

@IIVJXDUZ
Қидирувда кўмак сўраймиз!

Гулистон шаҳар, Обод юрт маҳалласида яшовчи 27.07.1996 йилда туғилган, Арсланова Юлдузхон Маратовна 2021 йилнинг 31 декабрь куни соат 10:00лар атрофида уйдан чиқиндиларни ташлаш мақсадида кўчага чиқиб, қайтиб келмасдан бедарак йўқолган.

Алоҳида белгилари: бўйи тахминан 160-165 см, кўзлари катта-катта, қора рангда, ўртача гавдали, озғиндан келган, юзи узунчоқ, сочи қора рангда елкасига етади, ташқи кўринишида нуқсонлари йўқ.

Эгнидаги кийимлари: кулранг пальто, пушти жемфер, ҳаворангли спорт шими, оёғида қора рангли аёллар шиппаги бўлган.

Арсланова Юлдузхон Маратовнани кўрганлар ёки у ҳақида маълумотга эга бўлганлар +998972450577, +998911354555, +998673435111, 102 рақамларига қўнғироқ қилишлари сўралади.

https://t.me/SirdaryoviloyatIIB
Joriy yilning 16 mart kuni Sirdaryo viloyati “Ekopatrul” guruhi xodimlari tomonidan Boyovut tumani hududida hamkorlikdagi o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida, 1983 yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqarolar J.F. va M.M. “Madaniyat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi zovurda noqonuniy ravishda, elektr qarmoq yordamida brakonerlik yo‘li bilan jami 15 dona (5 kg) baliqlarni ovlaganligi aniqlangan

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

@IIVJXDUZ