IHRI - Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti
658 subscribers
167 photos
7 videos
1 file
117 links
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti rasmiy Telegram kanali

https://taplink.cc/ihri
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Dunyo mehnat bozorining katta qismini haq to‘lanmaydigan va rasman tan olinmagan xizmatlar tashkil qiladi. Bu xizmatlar, asosan, ayollar tomonidan bajariladi.

Dunyo bo‘ylab, ayollar erkaklarga qaraganda 2 dan 10 baravargacha ko‘proq vaqtini haq to‘lanmaydigan parvarishlash xizmatlariga sarflaydi. Bunga bolalarga qarash, uy ishlari, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish va boshqa maishiy ishlar kiradi.

📊 Raqamlar shuni ko‘rsatadiki:

🔸 708 million ayol rasmiy mehnat bozorida faol emas, chunki ular haq to‘lanmaydigan parvarishlash xizmatlari bilan band. Erkaklarda bu ko‘rsatkich 41 million hisoblanadi.

🔸 Har kuni dunyo bo‘ylab 16 milliard soat haq to‘lanmaydigan uy ishlari va parvarishlash xizmatiga sarflanadi.

🔸 Erkaklar bu ishlarga kuniga 30 daqiqadan 2 soatgacha vaqt ajratadi, ayollar esa 3 soatdan 6 soatgacha.

❗️ Haq to‘lanmaydigan parvarishlash xizmatlari jamiyat va iqtisodiyotning uzluksiz ishlashini ta’minlasa-da, u hali ham YAIMlarda aks etmaydi, iqtisodiy qiymati rasman baholanmaydi va ijtimoiy siyosatda e'tiborga olinmaydi.

Parvarishlash xizmatlari infratuzilmasiga sarmoya kiritish, ish va oila majburiyatlarini muvozanatlashga yordam beruvchi mehnatga oid siyosatni rivojlantirish, erkaklarni ham bu jarayonga jalb qilish gender tengligi va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhimdir.

Manbalar: ILO, OECD

Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔘 XMTning Ijtimoiy himoya yostiqlarini barpo etish bo‘yicha (3 bosqichli) yetakchi dasturi (SPF Flagship Programme) 50 mamlakatda barqaror ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashmoqda. O‘zbekiston ushbu global tashabbusda faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan bo‘lib, bu galgi hamkorlar uchrashuvida Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti ham qatnashmoqda.

🔸 I bosqich (2016–2020) – 21 mamlakatda ijtimoiy himoya tizimlarini yaratish
🔸 II bosqich (2021–2025) – 50 mamlakatda ijtimoiy himoya qamrovini kengaytirish, 80 ta institutsional o‘zgarish qilish
🔸 III bosqich (2026–2030) – Global miqyosda ijtimoiy himoyani mustahkamlash

Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar uchrashuvi maqsadlari

II bosqich natijalarini sarhisob qilish
Tajriba almashish
III bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash

🎬 Uchrashuvni jonli efirda kuzating: https://live.ilo.org/

↗️ Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IHRI - Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti
🔘 XMTning Ijtimoiy himoya yostiqlarini barpo etish bo‘yicha (3 bosqichli) yetakchi dasturi (SPF Flagship Programme) 50 mamlakatda barqaror ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashmoqda. O‘zbekiston…
👮‍♂️ Ushbu tadbirda ishtirok etgan Institutimiz direktori X. Zafariy O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimidagi amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar va ularga sababchi bo‘lgan hodisalarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️ XMT bir necha yillardan buyon O'zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

Shuningdek, XMTning Ijtimoiy himoya yostiqlarini barpo etish bo'yicha yetakchi dasturining III bosqichiga qo'shimcha takliflar berildi va raqamlashish davrida ijtimoiy himoyaning o'rni alohida ta'kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ihri_dayjest №5

Dayjestimizning bugungi sonidan quyidagi maqolalar o'rin olgan:

1️⃣ Keniyaning shartsiz ijtimoiy nafaqa (UCT) dasturi va o‘smir qizlar homiladorligi – UCT dasturi maktabga yozilish va moliyaviy barqarorlikni oshirish orqali o‘smir qizlar homiladorligini 5 foizga kamaytirgan, biroq erta nikohga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan.

2️⃣ Tailandda yolg‘iz keksayish strategiyalari – Yolg‘iz yashovchi keksalar hayot sifatini shaxsiy mustaqillik, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik faolligi va davlat yordami orqali saqlab qolishlari mumkin.

3️⃣ Peruning JUNTOS shartli ijtimoiy nafaqa (CCT) dasturi va oilaviy zo‘ravonlik – JUNTOS dasturi oiladagi jismoniy zo‘ravonlikni 25-30 foizga kamaytirgan. Bu asosan erkaklarning alkogol iste’moli kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, ayollarning huquq va imkoniyatlarining kengayishi asosiy omil emas edi.

4️⃣ Sloveniyada ishsizlik va salomatlik – Ishsizlik surunkali kasalliklar, kasalxonaga tushish va o‘lim xavfini oshiradi, bu esa kuchliroq ijtimoiy himoya siyosatining zarurligini ko‘rsatadi.

5️⃣ Kambag‘allik va ruhiy salomatlik – Kambag‘allik ruhiy salomatlik muammolarini kuchaytiradi va bu kambag'allikdan chiqishni yanada qiyinlashtiradi. Iqtisodiy bosimni kamaytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini kuchaytirish ushbu zararli doirani buzishga yordam beradi.

↗️ Batafsil: https://telegra.ph/ihri-dayjest-03-28

Ijitmoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Jahon banki tomonidan tashkil qilingan ushbu xizmat safarida, institut yuristkonsulti Shaxzoda Po‘latovaning asosiy maqsadi Filippinda migratsiyaning ijtimoiy xususiyatlarini, migrantlar reintegratsiyasini o‘rganish bo'ldi.

↗️ Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI

https://t.me/wbuzbekistan/2065
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Xitoyda aholining qarishi va tug‘ilish darajasining pasayishi natijasida keksalarning yashash tarzi o‘zgarib bormoqda. Xitoyning sog‘liqni saqlash va pensiya bo‘yicha o‘tkazilgan uzoq muddatli tadqiqot (CHARLS) ma’lumotlaridan foydalanib, Xitoydagi keksa insonlarning turmush tarzi o‘rganilgan.

Tadqiqot qiziq tendensiyalarni aniqlagan:

🔸️ Yolg‘iz yoki faqat turmush o‘rtog‘i bilan yashaydigan keksalar soni ortib borsa-da, farzandlariga yaqin joyda istiqomat qilayotgan keksalar soni ham ko‘paymoqda. Bu holat shaxsiy hayot va mustaqillikka bo‘lgan intilish bilan oilaviy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.

🔸️ Bundan tashqari, yaqin atrofda yashovchi farzandlar ota-onalarini tez-tez ziyorat qilishadi, uzoqroqda yashovchilar esa ko‘pincha ko‘proq moliyaviy yordam ko‘rsatishadi. Shuningdek, farzandlar soni ko‘p bo‘lishi ota-onalar bilan birga yoki yaqin atrofda yashash ehtimolini oshiradi, farzandning ta’limiga ko‘proq sarmoya kiritish esa ota-onalarga ko‘proq moliyaviy yordam berish bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan.

❗️ Bu tendensiyalar Oʻzbekistonda ham kuzatilishi mumkin. An’anaviy oilaviy qo‘llab-quvvatlash saqlanib qolgan bo‘lsa-da, urbanizatsiya va migratsiya sabab keksalarning yashash tarzi o‘zgarib bormoqda. Shu bois, yolg‘iz yashovchi yoki farzandlari uzoqda bo‘lgan keksalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish muhimdir.

↗️ Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ihri_tushuntiradi rubrikasining bu galgi sonida tadqiqot savollari haqida gaplashamiz.

Tadqiqot savollari
ilmiy izlanishning yo‘nalishini belgilovchi asosiy unsurdir. Ular izlanish maqsadini aniqlashga yordam beradi va natijalarning aniqligini ta’minlaydi. To‘g‘ri savollar ilmiy ishning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.

Tadqiqot savollarining turlari

1️⃣ Tavsiflovchi savollar – Muayyan hodisani yoki jarayonni tasvirlaydi. Masalan: "Mehnat bozorida nogironligi bo'lgan shaxslar qanday to'siqlarga duch keladi?"
2️⃣ Taqqoslovchi savollar – Ikki yoki undan ortiq elementlar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganadi.
Masalan: "Shahar va qishloq maktablaridagi bepul oziq-ovqat dasturlarining samaradorligi qanday farq qiladi?"
3️⃣ Sabab-oqibatli savollar – Muayyan omilning ta’sirini aniqlaydi. Masalan: "Bir martalik ijtimoiy nafaqalar yolg'iz keksalarning sog'ligiga qanday ta'sir qiladi?"

Yaxshi tadqiqot savolining xususiyatlari

Aniqlik va tushunarlilik
Tadqiqot maqsadiga moslik
Empirik ma’lumotlarga asoslanganlik

❗️ Tadqiqot savollari ilmiy yutuqlarga olib boradigan kalitdir. To‘g‘ri savol — muvaffaqiyatning dastlabki qadami.

↗️ Ijtimoiy tarmoqlarda: IHRI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎖 UNRISD (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy taraqqiyot tadqiqot instituti) ijtimoiy taraqqiyot sohasidagi bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasidir. U butun dunyo bo‘ylab siyosiy qarorlar qabul qilishga yordam berish hamda ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish maqsadida fanlararo tadqiqotlar olib boradi.

🤝 Jeneva safarida Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari direktor Magdalena Sepulveda xonim bilan uchrashib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, birgalikda tadqiqotlar qilish, yangi bilimlar va tadqiqotlar natijalarini keng jamoatchilikka ulashish masalalarini muhokama qildilar.

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ihri_dayjest №6

Bugungi sondan o'rin olgan tadqiqotlar quyidagicha:

1️⃣ Raqamli ijtimoiy himoya
Ushbu "policy brief" Afrika bo‘ylab inklyuziv va xavfsiz raqamli ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish strategiyalarini ko‘rib chiqadi. Raqamli savodxonlik, ma’lumotlarni himoya qilish va kasaba uyushmalari rolini kuchaytirish muhimligini ta’kidlaydi.

2️⃣ Fransiya va Vyetnamda yashil mehnat bozori
Tadqiqot Fransiya va Vyetnamda yashil kasblarga o‘tish jarayonini tahlil qiladi. Ijtimoiy himoya tizimlari yordamida, yashil ish o‘rinlariga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlash tavsiya qilinadi.

3️⃣ Iordaniyada keksalar uchun ijtimoiy himoya
Iordaniyada keksalar uchun ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi tahlil qilinib, universal tizim yaratish zarurligi ta'kidlanadi. Ayollar va norasmiy sektor xodimlari uchun ijtimoiy himoyaning yaxshilanishi tavsiya qilinadi.

4️⃣ Oliy ta’lim subsidiyalari sug'urta sifatida
Gregori Pontyere maqolasida oliy ta’limga subsidiyalar kiritish qisqa umr ko‘radigan odamlar uchun sug‘urta sifatida ishlashi mumkinligi tahlil qiladi. Tadqiqot, subsidiyaning farovonlikni oshirishi va tengsizlikni kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

5️⃣ Norasmiy parvarishlash xizmati va ruhiy salomatlik
Tadqiqot norasmiy parvarishlash xizmati va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Ayollar va chekka hududlardagi parvarishlovchilar ruhiy kasalliklarga ko‘proq duchor bo‘lishadi; ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlanadi.

↗️ Batafsil: https://telegra.ph/ihri-dayjest-04-04

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Ma'lumotshunoslik (Data Science) sohasi zamonaviy dunyoda raqobatbardoshlik va rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. U biznes, sog‘liqni saqlash, ta'lim, davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarda samaradorlikni oshiradi.

🎖 Institut xodimi Zufar Toymasov Tailandda Osiyo taraqqiyot bankining ma'lumotshunoslik sohasi bo'yicha "Ijtimoiy himoya ma'lumotlari va monitoring" mavzusidagi seminarida ishtirok etdi. Seminar davomida ijtimoiy himoya dasturlarini ishlab chiqishda ma'lumotlar va monitoring tizimlaridan foydalanish; kambag'allikni kamaytirish, inklyuzivlik, barqaror rivojlanishda dasturlar samaradorligiga erishish bo'yicha jahon tajribasini o'rgandi.

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Diqqat, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar!

📅 Tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga atigi 30 kun qoldi!

Agar siz bakalavriat va magistraturaning so'nggi bosqichini tamomlayotgan va ijtimoiy himoya yo‘nalishida bitiruv malakaviy ishi/dissertatsiya yozayotgan bo‘lsangiz — bu tanlov aynan siz uchun! Tadqiqot ishingizni taqdim eting, sovg'alarni qo'lga kiriting va natijalarning amaliyotga tatbiq etilishiga hissa qo'shing.

↗️ Tanlov haqida to‘liq ma’lumot:
🔗
ihma.uz tanlov sahifasi

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bo'lajak aktuar tahlilchilar qidirilmoqda!

😲 O‘zbekiston yangi ijtimoiy sug‘urta tizimini barpo etishga kirishdi. "Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida"gi qonun loyihasi Senatga taqdim etildi. Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutida biz turli ijtimoiy sug‘urta dasturlarini aktuar modellashtirish bo'yicha maxsus jamoa tuzmoqdamiz.

❗️ Aslida, bu mamlakat uchun yangi soha, shu sababli sizdan aktuar baholash bo‘yicha katta ish tajribasi bo'lishini talab qilmaymiz. Baholashni o‘zimiz o‘rgatamiz. Sizdan talab qilinadigan bilimlar - matematika, ekonometrika, statistik dasturlar (R, Stata) bo‘yicha chuqur bilim, ingliz tili va o‘rganishga ishtiyoq.

"CV"ingizni yuboring: ihri@ihma.uz

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi – bugunning dolzarb masalasi. Ushbu masala yuzasidan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash: muammolar, yechimlar va medianing o‘rni" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

📝 Institut direktori o'rinbosari Adiba Nuruddinova suhbat ishtirokchilarini "Nogironligi bo'lgan yoshlar mehnat bozorida duch keladigan to'siqlar" nomli tadqiqotimiz bilan tanishtirdi.

↗️ Batafsil: https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/3521

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ihri_dayjest №7

Bugungi qismida quyidagi maqolalar bilan tanishamiz:

1️⃣ Energetik kambag‘allik va ijtimoiy himoya
Maqola ijtimoiy himoya choralarining (naqd pul yordami, subsidiyalar va tarif islohotlari) energiya kambag‘alligini kamaytirishdagi rolini tahlil qiladi. U samarali maqsadli yo‘naltirish, idoralararo hamkorlik va yashil energetikaga adolatli o‘tish zarurligini ta’kidlaydi.

2️⃣ Kambagʻallik va jamoat ishlari
Vengriyadagi jamoat ishlari dasturlari ishtirokchilarni vaqtinchalik daromad keltirgan va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni oshirgan, lekin uzoq muddatli bandlikni ta’minlamagan. Ishtirokchilarning ba’zilari ijobiy ijtimoiy integratsiyani his qilgan bo‘lsa-da, boshqalar o‘zlarini kamsitilgandek sezgan.

3️⃣ Avtomatlashtirish va Universal minimal daromad (UMD)
Avtomatlashtirish ish o‘rinlarini kamaytirishi mumkin, ammo maqsadli UMD daromad tengsizligi va kambag‘allikni kamaytirishga xizmat qiladi. UMD ba’zi ayollarni kamroq ishlashga undashi mumkin, biroq umumiy farovonlik oshadi.

4️⃣ Kriptovalyuta solig‘i
Maqolada kriptovalyuta savdosi uchun global miqyosda kichik soliq joriy etish taklif qilinadi, bu ijtimoiy himoyani moliyalashtirishda yordam berishi mumkin. Bu yondashuv raqamli iqtisodiyot orqali global barqarorlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

5️⃣ Inson kapitali – shokka chidamli ijtimoiy himoya
Somalida “Baxnaano” dasturi ovqatlanishga doir ijtimoiy yordam ko‘rsatib, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirgan. Dastur maqsadli va vaqtida yordam yetkazgan, lekin ro‘yxatga olish va inflyatsiyaga moslashishda muammolar bo‘lgan. Shunga qaramay, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi asos sifatida baholangan.

↗️ Batafsil: https://telegra.ph/ihri-dayjest-04-11

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Inklyuziv biznes-forum O‘zbekistonda inklyuziv mehnat amaliyotlarini rivojlantirish uchun biznes va jamiyatni birlashtiruvchi platforma hisoblanadi.

📣 Uchinchi Inklyuziv biznes-forum 2-may "O‘zekspomarkaz" 1-konferensiyalar zalida gibrid formatda bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum inklyuziv mehnatga jalb qilish amaliyotini ilgari surish va korporativ ijtimoiy mas’uliyatni oshirish maqsadida biznes, davlat tashkilotlari, xalqaro hamda jamoat tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.

❗️ Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Oflayn ishtirokchilar uchun joylar soni cheklangan.

↗️ Batafsil ma’lumot forum veb-saytida: https://forum.ishplus.uz

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky

https://t.me/sharoitplus/3553
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Jahon banki ko‘magida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) tomonidan amalga oshirilayotgan INSON loyihasi o‘zining loyihalarni amalga oshirishga mas’ul jamoasi uchun malakali monitoring va baholash (M&B) mutaxassisini izlamoqda.

👮‍♂️ M&B mutaxassisi ma’lumotlar va ilmiy dalillarga asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashadi. Uning asosiy vazifalari loyiha
jarayonini monitoring qilish, natijalarni baholash hamda zaif guruhlar uchun sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradigan tahlillarni taqdim etishdan iborat.

❗️ Mutaxassis Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va boshqa milliy hamkorlar bilan tadqiqot, tahlil va baholash ishlari bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ushbu lavozim O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy himoya islohotlariga hissa qo‘shish uchun qimmatli imkoniyat hisoblanadi.

📩 CVni jo'natish uchun: ihri@ihma.uz

📝 Telegram 😄 LinkedIn

💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM