E.Ph.T faculty news channel️
2.32K subscribers
12.5K photos
633 videos
241 files
3.63K links
Download Telegram
#Tyutorlar_faoliyati

🏢 Samarqand davlat chet tillar instituti, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutorlari Sh.Shamsiyev. M.Yallayev hamda Sh.Eshonovalar 2-sonli talabalar turar joyida navbatchilik vaqtida talabalarga "Tozalik ko'ngildan boshlanadi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️Davra suhbati davomida talabalarga talabalar turar joyi ichki tartib qoidalari, elekt energiyasi, va gazlardan to'g'ri foydalanishlari hamda xavsizlik qoidalariga amal qilishlari to'g'risida tushunchalar berildi.

https://t.me/IFTfakulteti
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy (Asilbek Abduraimov)
#Avtomobilsiz_kun

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-may kunidan 31-may kuniga qadar mamlakatimizda sport oyligi o'tkazilmoqda. Mazkur sport oyligi doirasida ertaga, 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida "Sportchi – yurt himoyachisi" shiori ostida sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutining Gagarin ko'chasi, 43-uy joylashgan hududiga avtomobillarning kirishi vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qilamiz. Institut professor-o'qituvchilari va xodimlarining ishga avtomobilsiz kelishlarini tavsiya qilamiz.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy (Asilbek Abduraimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_so'rovnoma

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati tomonidan "Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi insonlar o'rtasidagi munosabatga ta'siri" mavzusida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#kafedra_faoliyati

2025-yilning 10-may sanasida Gʻ.Gʻulom tavalludining 122 yilligi munosabati bilan Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Mardiyeva Gʻ.Gʻulom nomidagi uy-muzeyda tashkil qilingan ilmiy seminarda ishtirok etdi. Seminar davomida shoirning farzandi Ahmedova Olmos Gʻulomova hamda bir guruh olimlar bilan Gʻ.Gʻulom ijodi va asarlarining tarjimasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, M.Mardiyeva yozuvchining "Yodgor" asari tilida qo‘llangan frazeologik birliklarni ingliz tiliga o‘girish bilan bog‘liq mavzuda chiqish qildi. Seminar yakunida "Yodgor" qissasining ingliz tiliga tarjimasi xususida kelishib olindi hamda shoirning qizi bilan bu borada shartnoma imzolandi.

https://t.me/IFTfakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy (Asilbek Abduraimov)
"Korrupsiyadan holi Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!"

Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida shu shior ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafon ochilishida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov korrupsiyaga qarshi kurashishda bu kabi ommaviy tadbirlar jamiyatning barqarorligi, adolatlilik va taraqqiyotini ta’minlashda muhim masala ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi va barchani faollikka chorladi.

Marafonda viloyat va shahar hokimliklari mas’ullari, viloyatdagi boshqarma, korxona va tashkilotlar vakillari, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, yoshlar, harbiylar, ichki ishlar va bojxona xodimlari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy (Asilbek Abduraimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_tadbirlari

Joriy yilning may oyi mamlakatimiz bo'ylab sport oyligi etib belgilandi.  Mazkur sport oyligi doirasida bugun, 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida "Sportchi – yurt himoyachisi" shiori ostida sport tadbirlari o'tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
👉 @samdchtijamoasi