IMRS Research
2.66K subscribers
2.34K photos
982 videos
3 files
3.6K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari “aqlli qishloqlar”ni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgandi.

🌐 “Aqlli qishloqlar” konsepsiyasi nafaqat qishloqlarning raqamli transformatsiyasini, balki ularning rivojlanishiga yangicha qarashni ham ifodalaydi.

🇨🇳 Xitoyda “Aqlli qishloq Baihu” loyihasi 80 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini onlayn sotishni yo‘lga qo‘yib, 30 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan qutqardi.

Elektron tijorat kambag‘allikni bartaraf etishda muhim rol o‘ynadi, 20 000 dan ortiq sotuvchilar “832 platformasi”ga (kambag‘al hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun onlayn platforma) qo‘shildi. Bu 2022 yilda 13,6 milliard yuan daromad keltirdi (yilga nisbatan 20 foizga ko‘p).

🇪🇸 Ispaniyada COWOCAT Rural loyihasi doirasida yaratilgan kovorking-maydonlari aholi sonining kamayishidan aziyat chekayotgan qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishning drayveriga aylandi. Loyiha doirasida 18 dan ortiq kovorking-maydonlari va 130 dan ortiq mutaxassislar tarmoqqa qo‘shildi, bu esa qishloqlarda kuchli kovorkerlar hamjamiyatini shakllantirishga hissa qo‘shdi.

❇️ Loyiha Ispaniyadagi ikkita taʼlim muassasasida oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻyish orqali yoshlar o‘rtasida kovorking madaniyatini ommalashtirishga faol hissa qoʻshdi. Tortosa shahridagi Rovira-i-Virgili universitetida talabalar va o‘qituvchilarni ushbu kontseptsiyaga jalb qilish uchun qishloq kovorking-maydoni tashkil etildi.

🇨🇩 Kongo Demokratik Respublikasida Pamoja Net loyihasi Idjvi oroliga internetga kirish imkonini berdi. Bu mahalliy biznes muhitini yaxshiladi, bu esa xalqaro xaridorlar bilan aloqa o'rnatishga yordam berdi. Mahalliy korxonalarning qo‘llab-quvvatlashi va Fjord texnologiya kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli 3900 dan ortiq kishi internetga ulanish imkoniga ega bo‘ldi. Keyinchalik, mahalliy korxonalar loyihaning oylik operatsion xarajatlarining 60 foizini moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanishdi.

🇦🇿 Ozarbayjonda Agali aholi punktidagi “aqlli qishloq” qayta tiklanadigan energiya manbalari va raqamli texnologiyalardan foydalanish namunasiga aylandi. Aholi punkti energetik avtonomdir: energiya resurslariga bo'lgan ehtiyoj quyosh energiyasi, shamol energiyasi va gidroelektr stansiyalari hisobiga ta'minlanadi. Agali qishlog‘idagi har bir bino tolali izolyatsiya, elektrodli suv isitgichi, quyosh panellari va boshqa yashil texnologiyalar bilan jihozlangan.

🇺🇿 O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qishloqlar barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham faol amalga oshirilmoqda.

✳️ 2023-yilda O‘zbekiston fermerlari FAOning “Kelajak avlodlar uchun aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi va dunyo bo‘ylab 1000 ta raqamli qishloqlarni yaratishga qaratilgan FAOning “Raqamli qishloqlar” tashabbusida ishtirok etdi. Pilot loyihalarini amalga oshirish uchun Farg‘ona vodiysining Novkent va Yuksalish qishloqlari tanlab olindi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ИМРИ) изучили зарубежный опыт по развитию «умных деревень».

🌐 Концепция "умных деревень" представляет собой не просто цифровую трансформацию сельских территорий, но и новый взгляд на их развитие.

🇨🇳 В Китае в рамках проекта «Умная деревня Байху» была налажена онлайн-продажа более 80 видов сельскохозяйственной продукции, что позволило вывести из бедности более 30 000 человек.

Электронная коммерция в Китае сыграла важную роль в борьбе с бедностью: к «платформе 832» (онлайн-платформа продаж сельскохозяйственной продукции в бедных районах) присоединилось более 20 000 продавцов, что принесло доход в размере 13,6 млрд юаней в 2022 году (на 20% больше по сравнению с предыдущим годом).

🇪🇸 В Испании коворкинг-площадки, созданные в рамках проекта COWOCAT Rural, стали драйвером экономического роста сельских территорий, страдающих от депопуляции. В рамках проекта к сети подключились более 18 коворкинг-площадок и 130 специалистов, что способствовало формированию крепкого сообщества коворкеров в сельской местности.

❇️ Проект активно способствовал популяризации культуры коворкинга среди молодежи, запустив обучающие программы в двух учебных заведениях Испании. На базе Университета Ровира-и-Виргили в городе Тортоса была организована сельская коворкинг-площадка с целью привлечь студентов и преподавателей к данной концепции.

🇨🇩 В Демократической Республике Конго проект «Pamoja Net» обеспечил доступ к интернету на острове Иджви. Благодаря поддержке местных предприятий и партнёрству с технологической компанией Fjord, более 3 900 человек получили возможность подключения к интернету. Впоследствии местный бизнес, воспользовавшись новыми возможностями, начал финансировать 60% ежемесячных операционных расходов по проекту.

🇦🇿 В Азербайджане «умное село» Агалы стало примером использования возобновляемых источников энергии и цифровых технологий. Поселение является энергетически автономным: потребность в энергоресурсах обеспечивается за счет солнечной энергии, ветроэнергетики и гидростанций. Каждое здание в Агалы оснащено волокнистой изоляцией, электродным водонагревателем, солнечными батареями и другими зелеными технологиями.

🇺🇿 В Узбекистане также активно реализуются инициативы по внедрению цифровых технологий в сельском хозяйстве, нацеленные на повышение устойчивости и продуктивности сельских сообществ.

✳️ В 2023 году фермеры Узбекистана участвовали в проекте ФАО «Умное сельское хозяйство для будущих поколений» и инициативе ФАО «Цифровые деревни», направленной на создание 1000 цифровых деревень по всему миру. Для реализации пилотных проектов были отобраны сёла Новкент и Юксалиш в Ферганской долине.

👉
Подробнее

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 OKTYABR oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini
quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 O‘zbekiston bank tizimidagi raqobat darajasi: 2024-yilning III choragi uchun Xerfindal-Xirshman indeksi yangilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston bank sektorida raqobat dinamikasi Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) asosida baholandi.

🔰 Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mavjud bozorlar raqobat darajasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: HHI 2500 dan 10000 gacha bo‘lsa, raqobat darajasi past, HHI 1500 dan 2500 gacha bo‘lsa, raqobat darajasi o‘rtacha, HHI 1500 dan past bo‘lsa, raqobat darajasi yuqori.

HHI ko‘rsatkichiga ko‘ra, 2019-yilning aprel oyidan boshlab depozitlar, aktivlar va kreditlar bozorida yuqori raqobat darajasi kuzatilmoqda. Ya’ni ushbu davrdan boshlab HHI ko‘rsatkichi 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 1500 dan past shkalada shakllanib kelmoqda.

🏛 Aktivlar. 2024-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklar aktivlari bo‘yicha hisoblangan HHI 839 birlikni (2023-yilning mos davrida 907 birlik) tashkil etdi va o‘tgan chorakka nisbatan 23 birlikka yaxshilandi. 2024-yilning III choragida aktivlar hajmi 738,7 trln. so‘mga yetdi va II chorak bilan taqqoslaganda 48,3 trln. so‘mga, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 123 trln. so‘mga oshdi.

Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning jami bank tizimi aktivlaridagi ulushi o‘tgan yilning III choragiga nisbatan 2 foiz bandga oshib, 33 foizni tashkil etgan bo‘lsa, davlat ulushi mavjud bo‘lgan ikkita eng yirik bank – O‘zmilliybank” va “O‘zsanoatqurilishbankning ulushi 1,8 foiz bandga kamaydi. Qolaversa, Qozog‘istonning “Yevrosiyo banki” sho‘basi ham xususiy bank sifatida faoliyatini boshladi va 1-oktyabr holatiga ko‘ra, mazkur bankning jami aktivlardagi ulushi 0,03 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, ushbu davrda “Poytaxtbank” Birlashgan Arab Amirliklarining “Bond Investments limited” LLC (MCHJ) tomonidan sotib olinishi natijasida xususiy banklar qatoriga qo‘shildi. Bu esa xususiy banklar va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning jami bank tizimi aktivlaridagi ulushini 0,04 foiz bandga oshishiga olib keldi.

🏦 Kreditlar. Kreditlar bozorida ham raqobat darajasi yaxshilanib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra, HHI indeksi 943 birlikni (2023-yilning mos davrida 986 birlik) tashkil qildi. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshib, 515,6 trln. so‘mga yetdi. Shundan jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi mos ravishda 22 foizga va 11 foizga oshdi. Tarmoqlar kesimida sanoat 14 foizga, qishloq xo‘jaligi 12 foizga, savdo va xizmatlar 10 foizga oshdi.

Davlat ulushi mavjud bo‘lgan top-3 ta bankning (“O‘zmilliybank”, “Agrobank”, “O‘zsanoatqurilishbank”) jami kredit portfelidagi ulushi 2024-yilning II choragiga nisbatan 0,5 foiz bandga pasaydi.

Milliy valyutada jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 23,8 foizni (2023-yilning mos davrida 24,4 foiz), yuridik shaxslar uchun
22,7 foizni tashkil etdi.

🏦 Depozitlar. Depozitlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi 2024-yilning III choragida II choragiga nisbatan 36 birlikka yaxshilanib,
657 birlikni (2023-yilning mos davrida 670 birlik) tashkil qildi. Bu esa depositlar bozorida raqobat darajasi aktivlar va kreditlar bozorlariga qaraganda yuqori ekanligidan dalolat beradi. Mazkur davrda xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklar o‘rtasida ichki raqobat kuchayib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda “Ipak yo‘li banki”ning jami depozitlar hajmidagi ulushi 0,8 foiz bandga, “Anorbank” va “Ipotekabank”da 0,7 foiz bandga, “Hamkorbank” va “TBC bank”da 0,3 foiz bandga oshdi. Lekin, davlat ulushi mavjud bo‘lgan 3 ta yirik bankning jami bank tizimi depozitlaridagi ulushi 0,9 foiz bandga kamaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 1-oktyabr holatiga ko‘ra mos ravishda (yillik hisobda) 22 foizni va 16,2 foizni tashkil qildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Конкуренция в банковском секторе Узбекистана: обновлен индекс Херфиндаля-Хиршмана за третий квартал 2024 года.

Институтом макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан была оценена динамика конкуренции в банковском секторе Узбекистана на основе индекса Херфиндаля-Хиршмана (HHI).

🔰 По данному показателю рынки делятся на три группы в зависимости от уровня конкуренции: если HHI составляет от 2500 до 10000, уровень конкуренции низкий; если от 1500 до 2500 – средний; если ниже 1500 – высокий.

Согласно показателю HHI, с апреля 2019 года на рынках депозитов, активов и кредитов наблюдается высокий уровень конкуренции. То есть с этого периода значение HHI по всем трём показателям стабильно находится ниже отметки 1500.

🏛 Активы. По состоянию на 1 октября 2024 года HHI по активам коммерческих банков составил 839 ед. (в аналогичном периоде 2023 года — 907 ед.) и улучшился на 23 ед. по сравнению с предыдущим кварталом. В III квартале 2024 года объем активов достиг 738,7 трлн сумов, что на 48,3 трлн сумов больше по сравнению со вторым кварталом и на 123 трлн сумов больше по сравнению с аналогичным периодом прошлого года.

Доля активов банков с участием частного и иностранного капитала в общей сумме активов банковской системы увеличилась на 2 п.п. по сравнению с III кварталом прошлого года и составила 33 %. В то же время доля двух крупнейших банков с госучастием — “Узнацбанк” и “Узпромстройбанк” — уменьшилась на 1,8 п.п. Филиал казахстанского «Евразийского банка» начал свою деятельность в качестве частного банка, и на 1 октября его доля в общих активах составила 0,03 п.п.

Также в этот период “Пойтахтбанк” был приобретён компанией “Bond Investments limited” LLC (ООО) из Объединённых Арабских Эмиратов, что позволило ему присоединиться к числу частных банков. Это привело к увеличению доли частных банков и банков с иностранным капиталом в общей сумме активов банковской системы на 0,04 п.п.

🏦 Кредиты. На рынке кредитов также наблюдается улучшение уровня конкуренции, и по состоянию на 1 октября индекс HHI составил 943 ед. (в соответствующий период 2023 года —986 ед.). Объем кредитов, выданных коммерческими банками, увеличился на 14,2% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года и составил 515,6 трлн сум. Из общего объема кредитов объем кредитов, выданных физическим и юридическим лицам, увеличился на 22% и 11% соответственно. По отраслям, кредиты в промышленности увеличились на 14%, в сельском хозяйстве на 12%, а в торговле и услугах на 10%.

Доля кредитного портфеля трех крупнейших банков с госучастием (“Узнацбанк”, “Агробанк”, “ Узпромстройбанк”) снизилась на 0,5 п.п. по сравнению со II кварталом 2024 года.

На 1 октября средняя ставка процентов по кредитам, выданным физическим лицам в национальной валюте, составила 23,8 % (в соответствующий период 2023 года — 24,4 %), а для юридических лиц — 22,7 %.

🏦 Депозиты. Индекс HHI, рассчитанный по депозитам, в III квартале 2024 года улучшился на 36 ед. по сравнению со II кварталом и составил 657 ед. (в аналогичном периоде 2023 года — 670 ед.). Это свидетельствует о том, что уровень конкуренции на рынке депозитов выше, чем на рынках активов и кредитов. За этот период внутреннее соперничество между банками с участием частного и иностранного капитала усилилось: по сравнению с аналогичным периодом прошлого года доля «Ипак йули банк» в общем объеме депозитов увеличилась на 0,8%, «Анор банк» и «Ипотека банк» — на 0,7%, а «Хамкор банк» и «Тибиси банк» — на 0,3%. Однако доля трех крупных банков с государственным участием в общем объеме депозитов банковской системы снизилась на 0,9%.

Средние начисленные процентные ставки по срочным депозитам физических и юридических лиц в национальной валюте на 1 октября составили соответственно 22% и 16,2%. (в годовом исчислении).

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan Chimboy va Amudaryo tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda.

  Joriy yilning 23-26-oktyabr kunlari MHTI mutaxassislari, GIZ vakillari va xorijiy ekspertlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy va Amudaryo tumanlarida bo'lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari xodimlari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sektor muloqotlari (PPD - Public Private Dialogue)ni o‘tkazdi. 

📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-sonli qarorida MHTI va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishning master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy


"Bir kuni Xoja Muzaffar Navqonda aytardi:
- Bir kosa to‘la tariqdan bir donasi Shayx Abusaid Abulxayrdir, qolgan barchasi men.

Shayx Abusaidning bir muridi ham bu majlisda hozir edi. Bu so‘zdan achchig‘i kelib, turib shayxning huzuriga bordi va bo‘lib o‘tgan so‘zni aytdi.

Shayx dedi:
- O‘sha bir dona ham ulardirlar. Biz hech nima emasmiz."

«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy
🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi.

🏠 Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari sentyabr oyiga nisbatan 1,3 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,2 foiz oshdi.

📉 O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning oktyabr oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali uylar uchun o'rtacha ijara narxi sentyabr oyiga nisbatan 0,5 foizga, 2 xonali uylar uchun 1,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,0 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.

‼️ O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $285, 2 xonali – 359 AQSh dollari, 3 xonali – 388 AQSh dollari, 4 xonali - 432 AQSh dollari), Yashnobod (1 xonali – 300 AQSh dollari, 2 xonali – 384 AQSh dollari, 3 xonali – 418 AQSh dollari, 4 xonali – 545 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 344 AQSh dollari, 2 xonali – 529 AQSh dollari, 3 xonali – 666 AQSh dollari, 4 xonali – 863 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 364 AQSh dollari, 2 xonali – 499 AQSh dollari, 3 xonali – 638 AQSh dollari, 4 xonali – 700 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

🏡 To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan 2 xonali (550 AQSh dollari) va 3 xonali (700 AQSh dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o'zgarishsiz qolgan bo'lsa, 4 xonali (0,4 foizga) hamda 1 xonali (1,3 foizga) uy-joylarning ijara narxlarida biroz ko'tarilish kuzatildi.

‼️To'liq ta'mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 408 AQSh dollari, 3 xonali – 465 AQSh dollari, 4 xonali – 513 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali – 354 AQSh dollari, 2 xonali – 432 AQSh dollari, 3 xonali – 486 AQSh dollari, 4 xonali – 639 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 471 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 952 AQSh dollari, 4 xonali – 1307 AQSh dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 460 AQSh dollari, 2 xonali – 698 AQSh dollari, 3 xonali – 1038 AQSh dollari, 4 xonali – 1328 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
 
📎 Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning sentyabr oyi uchun 46,9 mingta va oktyabr oyi uchun 43,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OKTYABR

📊 Dalillarga asoslangan tushunchalar bilan dunyoni o'zgartiring!


🎤Siz qiziqarli hikoyalar izlayotgan Jurnalistmisiz?
🔬Dalillarga asoslangan dastur tuzmoqchi Rahbarmisiz?
🎙Dolzarb mavzularda bayonot bermoqchi Ma'ruzachimisiz?

🟥 OKTYABR oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida (MHTI) joriy yilning 4-5-noyabr kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida “Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn