#8_Mart_ayyomi_bilan
#Maktab_oquvchilari_nomidan
#Tabriklaymiz 💐
8-MART -Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan maktabimiz o'quvchilari nomidan bizlarga ta'lim berib kelayotgan aziz va muhtarama ustozlarimizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Baxt,omad,muvaffaqiyat doimiy hamrohingiz bo'lsin! Yuzingiz nurga, qalbingiz huzurga to'lsin! Shodlik, quvonch, nafosat aslo tark etmasin! Shogirdlar kamolini ko'rib el-yurt ardog'ida bo'ling! Tabassum qiling ! Zero, nurli yuzingizga tabassum yarashadi! Sizning kulguyingiz bizning eng katta baxtimizdir! Baxtimizga hamisha sog'-omon bo'ling!
Bayramingiz muborak bo'lsin! 😊💐💐💐💐

9-"A" sinf o'quvchisi Asadova Jasmina khiso.uz tomonidan tashkil qilingan online olimpiadada ingliz tilidan 60 ballni qo'lga kiritdi va Sertifikat bilan taqdirlandi
🎉 Assalomu alaykum shijoatli , bilimga chanqoq maktabimiz o'quvchilari .
📚 Ushbu tanlov maktabimiz o'quvchilari kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil qilinmoqda
🔷 Ushbu tanlovda siz o'zbek va jahon adabiyotining sara asariga yoki o'zingiz sevib o'qigan kitobga #taqriz (kitobdan olgan xulosangiz) yozishingiz kerak bo'ladi.
😊 Tanlovda 1-11-sinf o'quvchilari ishtirok etish huquqiga egadirlar.
⭕️ Har bir taqrizida o'quvchi sinfi va ism-familiyasi yozilishi shart ❗️
‼️ 1-4-sinflar (ertak, hikoya)
‼️ 5-11-sinflar (qissa , roman , asar)
📩Ijodiy ishlaringizni @Asadova_Jasmina manziliga yuboring.
☝️ Boshlandi : 14.03.2021
⏰ Yakunlanadi: 19.03.2021
🛑 100 tadan ko'p ovoz to'plaganlar Sertifikatga ega bo'lishadi .
🔰 3 nafar g'olib 1-2-3-o'rinlar maktab rahbariyati tomonidan taqrizlar ma'nosiga , likelar soniga qarab aniqlanadi va DIPLOM ( kitob) bilan taqdirlanadi.
📚 @idumbuxara19 📚

#taqriz
📚 O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarini to'lqinlanib o'qidim. Muallif asarining har bir so'zini qalbi larzaga kelib ko'zlari yoshga to'lib yozganligi har qanday muzlagan qalbni ham eritib yubora oladi . Farzandi uchun jonidan-da kechadigan , kuchli matonat egasi,oqko'ngil onaizor timsolida o'zbekning barcha onalari madh etiladi . Asarda o'g'ilning onasi haqidagi xotiralari tasviri kishining ma'naviy olamini yanada boyitadi , ona timsolida Vataniga sadoqatli bo'lish hissini uyg'otadi . Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor . Bu—Ona mehri ! Alloh Onani shunday yaratgan!"
Aziz kitobxonlar ! Bu kitobni sizlarga ham o‘qishni taklif qilaman.
💫 7-"A"sinf o'quvchisi Sultonova Dilfuzabonu.

Alvido....bolalik
"Alvido....bolalik" Tohir Malikning ijodida alohida o'rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu- hech kim jinoyatchi bo'lib tug'ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Xususan, qissa qahramoni Asror ham shu ko'chaga bilib-bilmay kirib qolganlardan. Bo'lmasa, u iste'dodli o'quvchi bo'lsa. Bunday qiziqarli paradoks mazkur qissani qo'ldan qo'ymay o'qishga majbur etadi kitobxonni ham. Adib o'mirlar va yoshlarning jinoyat ko'chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmagan. Bolalar axloq tuzatish koloniyalaridagi bolalar..... Ozod, erkin yashab, o'qib, hunar o'rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qanday tushib qolishadi?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko'rinsa?! Bu qissani yoshlar uchun bir ogohlantirish deb atash mumkin.
💫7-A sinf o'quvchisi Hakimova Ruxshona

📚📖"Ot kishnagan oqshom" _Tog‘ay Murod
Inson zoti borki, hayotdan doimo nimanidir axtaradi: kimdir boylik, kimdir baxt, yana kimdir adolat. Mana shu hayoti yo'lida qanchadan qancha to'siqlarga uchraydi. Asar qahramoni Ziyodulla chavandoz bu to'siqlarni Tarlon nomli oti bilan birgalikda yengib o‘tadi Kitobni o'qish mobaynida bu insonning beg'ubor soddaligi sizni ko‘p bor kulguga solsa, uning mana shu soddaligi tufayli vaqti kelib shunchalar achinasizki...
Ziyodulla og'ir qiyinchiliklarga duch kelganda, atrofidagi odamlar bu sodda insonni qo'llash o'rniga uni aybsiz aybdorga chiqarishadi. Bozorda bir musulmonni qutqaraman deb qamoqqa tushadi. Og'ir yillarda majburiy go‘shtga topshirish uchun qishloqdagi barchadan "Ko‘pga kelgan to‘y" deb qo‘y, sigir, otlarni olib ketishayotganda Tarlonni ulardan yashiradi va vaqti kelib Tarlon shunday yaxshilik qiladiki, uni uncha -muncha odam qilolmaydi. Bir oqshom oqko‘ngil, yuragi pok bir o‘zbek o‘g‘loni bo'lmish Ziyodullani aybsiz do‘pposlaydilar. Inson insonni jonini olmoqchi bo'lganda bor ma'suliyat hayvonga qoladi, odam odamni o'ldirayotganda, hayvon jonga oro kiradi...
Bu qissa oz bo'lishiga qaramasdan har qanday insonning qalbi tubidagi ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik tuyg'ularini uyg'otishga, albatta, kuchi yetadi.Barcha do'stlarimga bu asarni o'qishni taklif qilardim
💫8-"M"sinf o'quvchisi:Asadova Zarina

📚 Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar qilib va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda davrimizning qudratli qurolidir. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblarda yosh avlodning hayotga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga,mehnatga muhabbat,zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi,ular yurtimizning munosib farzandlari bo'lishga chaqiradi.
O'zbek xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X.To'xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham ma'lum va mashhurdir. Qo'lingizdagi "Sariq devni minib" sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo'lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo'l halol mexnat, yaxshi xulq va qunt bilan o'qishga ekanligi ta'kidlanadi.
💫 19-IDUM 6-A sinf o'quvchisi
Hakimov Mirsaid