Mukammallik qurboni
113 subscribers
87 photos
5 videos
2 files
82 links
Fikrlarim va qilayotgan ishlarimni tahlil qilib borish uchun
Download Telegram
Muvaffaqiyat maxfiylikni yoqtiradi

Ko‘pchilik bilsa kerak, Forbes turli xil yo‘nalishlarning 30 yoshgacha bo‘lgan yetakchi vakillarini tanlab Forbes 30u30 reytingini tuzadi.

Nimagadir reytingga kirgan nomzodlar qamalib ketishadi. Bu safar Kalder fintex-startapi asoschisi Go‘kche Gyuven firibgarlikda ayblanmoqda.

U o‘z startapiga sarmoya jalb qilish maqsadida investorlarni kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va hamkorliklari haqida yolg‘on ma’lumot berib kelgan. Uning ustiga Amerika vizasini olish uchun qalbaki hujjatlardan foydalangan.

Forbes 30u30 reytingi memga aylanishgan ulgurdi. O‘ngdagi rasmda shu paytgacha jinoyatda ayblangan nomzodlarni ko‘rishingiz mumkin.

Hullas shunaqa gaplar. Mashhur bo‘lib ketsam meni shunaqa joylarga qo‘shmang)

P.s. Rossiyalik marketolog Marat Yusupov kanalidan ilhom olindi)
🔥3
Shanba kuni dam oladigan dizaynerlarga salom)
🔥4
Dam olayotgan dizaynerlardan tashqari barchaga xayrli kun)
🔥3
Rutina=Professionalizm

Mashhur komikning professionalizm haqidagi fikrlari judayam yoqib qoldi. Post qilishga arziydigan fikrlar ekan.

Har qanday ish boshida wow-effect bilan boshlanib, vaqt o'tishi bilan kundalik rutinaga aylanadi. Bundan qochib va qutilib bo'lmaydi.

Rutina har qanday ishning ajralmas bir qismi. Inson uzoq vaqt ishlaydi va bir kuni uning ishi rutinaga aylanib qoladi.

Ayni shu payt unga bu ish avvalgidek qiziqish, zavq va hayrat bermayotgandek tuyuladi. Ishga aloqador barcha narsalar zerikarli tuyulishni boshlaydi.

Ayni shu paytda rutina ichiga chuqurroq kirish kerak.

Chunki aynan shu nuqtada inson o'zini haqiqiy professional deb atashga eng yaqin qolgan bo'ladi. Rutinasiz professional bo'lishning iloji yo'q.

Inson o‘z rutinasini boshqara oladigan darajaga yetgan payt professionalizmning eng yuqori choqqisi hisoblanadi. Rutina va zavq o'rtasida balansni topadi.

Ayni shu holat insonni haqiqiy professionalga aylantiradi.

Hullas shunaqa gaplar.
71🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men 10 yildan so'ng aniq dizayner bo'lmayman. Google Stitch bu keyingi daraja.

Rahmat, AI!
120🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A new era of interfaces

Hozir AI tool'lar, agentlar chiqib, har xil terminlar paydo bo'lmoqda: MCP, IDE va hokazo. Dasturlashdan xabari yo'q dizaynerlar uchun qiyin davr, lekin amallasa bo'ladi.

Shularning ichida UX/UI dizaynerlar uchun zo'r AI tool bor - Pencil.dev

Eng katta afzalligi bu - redaktori Figmaga o'xshashligi. Yana eng zo'r tomoni redaktor o'zida AI chat borligi. Be'malol Claude'ni ulab prompt orqali interfeys chizasiz.

Bilishimcha, dizaynni tayyor JSON formatga o'tkazadi. Bu AI modellar uchun qulay, sababi ular tayyor yozilgan va strukturalangan kodlarni yaxshi tushunadi.

Vibe-coding davri tugab, endi vide-design'ga o'tdik

Xullas shunaqa gaplar.
439🔥1
Keyingi bosqich

Kecha Discover Invest'da oxirgi ish kunim bo'ldi. Oz muddat ishlagan bo'lsam ham katta qurilish loyihalarida qatnashdim.

Bunaqa masshtabdagi katta kompaniyada ishlash zavqi boshqacha. Turli xil sohadagi mutaxassislar bilan ishlash yaxshi tajriba beradi. Yuzlab bannerlar, tashqi reklamalar, uy planikovlari va hokazo. Jamoaga gap yo'q.

P.s. Endi to'liq UX/UI dizaynga o'tdim. Yangi ishxonamni tez kunda aytaman)
97🔥6
Chet-elda mashhur hisoblangan Porto Rocha dizayn agentligi Google DeepMind bilan hamkorlikda mavjud bo'lmagan brend uchun AI yordamida brending qilishgan.

Brendingda to'liq Nano Banana Pro'dan foydalanishgan. Brending saytida foydalanilgan promptlarini ham ko'rsatishgan. Kirib tanishib chiqishingiz mumkin - yoyoyo.ai

Menga qancha kredit, tokenlar ketgani va nechta iteratsiya amalga oshirishgani qiziq...
41🔥2
OpenAI smartfon chiqarmoqchi ekandan xabaringlar bormi? 👀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google Fitbit Air - Whoop qotili

Kecha Google o'zining ekransiz soatini tanishtirdi. Ko'pchilik arzonligiga e'tibor bergandir. Lekin meni Gemini modeli ustiga qurilgan Health Coach AI-funksiyasi e'tiborimni tortdi.

Whoop'ga katta xavf bo'lishi mumkin. Sababi Gemini modeli katta foydalanuvchi ma'lumotlariga ega. AI baribir Google'da kuchli. Ko'ramiz
🔥2
AI o'z yo'liga lekin, uzbek kommunikatsion dizaynlari darajasi boshqacha. O'zimizning stilga ega bo'ldik.

Men bu stilni o'zim uchun "o'zbek maksimalizmi" deb nomladim.

Oktyabr oyidan boshlab faqat mahalliy kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi bannerlarini o'rganishni boshladim.

3-4 yil oldin bunday ishlar bo'lmagan. Oxirgi 1-2 yilda kreativ tomondan qo'shni davlatdagi dizaynerlardan aynan shu kommunikatsion dizaynda sezilarli darajada o'tib ketdik.

Rus dizaynerlariga hali yeta olmaymiz, lekin qo'shnilardan yuqori turamiz aniq.

Albatta bu subyektiv fikrim. Kimdirga yo'qmas, kimdirga yo'qar. Lekin bannerlarimiz daxshat.
🔥7
Bugun Yoshlar ishlar agentligida ishlayotganimga bir oy bo'ldi.

Offerni kutilmagan tarzda oldim. Kechasi qong'iroq qilishdi va ertasi kuni hammasi aniq bo'ldi. Judayam tez va to'satdan.

Agentlik jamoasiga qo'shilganimdan judayam xursandman. Xususiy sektordan ham katta ko'lamdagi loyihalar meni qiziqtirmoqda.

Texnik tomondan ko'nikmalarim ustida hali ancha ishlashim kerak. Barcha yangi bilim va ko'nikmalarni jarayonda o'rganishga harakat qilayapman.

Yangi muhit, insonlar va yangi ma'suliyat.
🔥7
Birinchi metrikalar

Oxirgi kunlarda jamoamiz bilan ko'p ishlar bajardik. Yoshlar tashabbuslari marafoni uchun lending veb-sayt ishlab chiqib, shu paytgacha 70 000 yaqin yoshlarni marafonga ro'yxatdan o'tkazdik. Marafon hali davom etmoqda.

Veb-sayt dizayni bir necha soat ichida qilingan, lekin to'liq UI vizual ochilmagandek. Hali veb-sayt UI ustida ishlashimiz kerak, lekin ko'rsatkichlar bilan bo'lishishni afzal bildim. Bu qilgan ishlarimiz orqasidan kelgan real ko'rsatkichlar!

https://yoshlar.gov.uz/marathon
🔥2
Shu paytgacha kanaldan chiqib ketmaganlarga katta rahmat!

Yo'q bo'lib qolgan muddat ichida ko'p ishlar qildim. O'zimga kerakli bilim va ko'nikmalarni toplab oldim. Ish jarayonlarida ko'p xatolar qildim. Hozir shularni ustida ishlab, ko'nikmalarimni yanada rivojlantirmoqdaman.

O'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'nalishni topdim deb o'ylayman. Hozirgi qilayotgan va qilmoqchi bo'lgan ishlarim kelajakdagi maqsadlarimga mos tushmoqda.

Shu yo'nalish bo'yicha qilgan fikrlarimni, ishlarimni ko'rsatib boraman. Zo'r narsalar qilib qo'ydim va qilmoqdaman. Stay tuned...
🔥10
Kasbiy erkinlik hidi keldi

Oxirgi yarim oy ichida 3 ta Framer template chiqardim. Dizaynga kirib kelganimdan beri bunaqa tezlikda ishlamagandim.

AI bilan samaradorligim karrasiga oshdi. Oldin Framer template tayyorlash men uchun uddalab bo‘lmaydigan ishdek tuyulardi. Mening qo'limdan keldi.

Yillar davomida amalga oshira olmagan maqsadimga endi yaqinman.

Framer men uchun kasbiy erkinlik. Ya’ni o‘zim xohlagan narsani yaratish, o‘z g‘oyalarimni amalga oshirish.

Hozircha menda shunaga yangiliklar. Bo‘sh vaqtim bo‘lishi bilan Framer template tayyorlayapman

https://www.framer.com/@sultanbekdsgn
🔥2
Zumer tadbirkorlar

Kecha Evropaning Forbes 30under30 reytingiga ko'zim tushdi. Bir narsaga e’tibor berdim.

Menga ayniqsa retail va e-commerce yo‘nalishlari qiziq tuyuldi. Reytingdagi tadbirkorlar bir-biriga raqobatdosh.

Masalan, kiyim ishlab chiqarish yo‘nalishida 5–6 ta tadbirkor. Hammasi bir bozorda, lekin har biri o‘z nishasida ishlaydi.

Bozor shunchalik ko'p nishalarga bo‘linganki, har biri alohida biznes qurish va yaxshi daromad olish imkonini beryapti.

Bizga qaraganda Evropada tendensiya boshqacha bo'lishi mumkin. Men uchun juda qiziq tuyuldi.

Kuzatuvlarim sayoz bo'lishi mumkin, sababi bu mavzuga endi ahamiyat berishni boshladim.

Yana bir qiziq joyi, tadbirkorlarni ko'pchiligi zumerlar.
🔥2
Sizning odamlarga berayotgan his-tuyg'ularingiz miqdori yillik daromadingizga tengdir.

His-tu'ygulardan kutilma - 101%, qoniqish esa - 100%

Farq juda ham kichkina, lekin 1% sizning natijangizni 10 yoki 100 baravarga o'zgartirishi mumkin.

Tabiat ham shunaqa ishlaydi.

Suv 100°C da qaynaydi. 99°C da ham suv juda issiq bo'ladi, lekin hali qaynash nuqtasiga yetmagan.

Agar biz 99°C da to'xtaganimizda insoniyat bu daraja rivojlanmas edi.
🔥2
Innovatsiyalar qoidalarni buzadi

OpenAI'ning Sora video-modeli haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Promptlar orqali xohlagan turdagi videolarni generatsiya qilsa bo'ladi. Endi bir savol, OpenAI va boshqa SI kompaniyalar qaysi ma'lumotlarga asoslanib bu modellarni shug'illantirishmoqda?

Internetdagi bor barcha filmlar, seriallar, videolar va boshqa ma'lumotlarga ruxsat so'ramay foydalanishmoqda. Ha-ha, muallif huquqlari bir pulga aylanmoqda, sizning shaxsiy video va rasmlaringiz ruxsatsiz foydalanilmoqda. Bu qonunni chetlab o'tish yoki bilmadim...

Xullas, AI pufagi yorilishini judayam kutmoqdaman.

P.s. Bu post 2025 yil 9-noyabrda yozilgan. Ertaga nimaga endi kanalda joylaganimni tushuntiraman
🔥2