ICTWEEK UZBEKISTAN 2024
869 subscribers
737 photos
100 videos
346 links
Наш официальный сайт:
www.ictweek.uz

Наши контакты:
+998 77 707 66 00
+998 77 707 00 66
info@ictweek.uz

Мы в facebook: facebook.com/ictweekuzb2024

Мы в Instagram: https://www.instagram.com/ictweek_uzbekistan_2024/
Download Telegram
“ICT Expo - 2024” tashrif buyuring! Unda jami 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etmoqda

“CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” majmuasining jami 10 000 kv.m maydonda tashkiletilayotgan “ICT Expo - 2024” ko‘rgazmasida jami 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
 
Ma‘lumot uchun: O‘tgan 2023-yilda “ICT Expo - 2023”ko‘rgazmasida  jami 5000 kv.m maydonda tashkil etilayotgan“ICT Expo - 2023” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy vamahalliy IT kompaniyalar ishtirok etgan edi.
 
Shuningdek, 100 ga yaqin yirik xorijiykompaniyalar: Data Volt, Venkom, HP, Yandex, Uzum, Lenovo, Nokia, Dell, CompTIA, Startup Qatar, ZTE, Huawei va IT Park rezidentlari, hamdaaxborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalarning yangi innovatsion dasturiy mahsulotlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan bir qatorda ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun 17-20-sentyabr kunlari tashrif buyuruvchilar uchun shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Ma‘lumot uchun: Avtobuslar jo‘naydigan manzillar:
1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4)
2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
3. "Do'stlik" metro bekati
4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha)
5. Shimoliy vokzal bekati

Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.
Forwarded from Digital.edu
😎“IT taʼlim va frilansing” forumi boshlandi

Forumni to‘g‘ridan-to‘g‘ri YouTube sahifamizda tomosha qiling.

😎Havola: https://youtube.com/live/bMyQ_oRotYA?feature=share

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZINFOCOM ICTWEEK 2024 da noodatiy stend va qiziqarli loyihalar bilan yodda qoladi!

Yagona integrator UZINFOCOM jamoasi o‘z ko‘rgazma maydonida eng yorqin va zamonaviy loyihalarini namoyish etdi – ular nafaqat kompaniya faxridir, balki butun O‘zbekiston aholisi uchun kundalik qulaylikdir.

UZINFOCOM har doim xilma-xillik sari intiladi, shuning uchun kompaniyada bir-biriga o‘xshash loyihalar deyarli yo‘q: agrosanoatni raqamlashtirish, kiberxavfsizlik yechimlari, ta’limni rivojlantirish loyihalari, biometrik texnologiyalar va butun mamlakat tibbiyot tizimini raqamlashtiruvchi yirik DMED loyihasi ushbu loyihalar ro'yxatiga kiradi.

Agarda siz hali ham bank kartasi bilan to‘lov qilayotgan bo‘lsangiz, yangi texnologiyani sinab ko‘rish vaqti keldi — MyID Palm yordamida qo‘l kaftingiz bilan to‘lovlarni amalga oshiring! Xavfsiz va qulay to‘lovlar kelajakiga tashlangan yangi qadam.

🔥 ICTWEEK 2024 ni o‘tkazib yubormang va UZINFOCOM ning istiqbolli loyihalari bilan shaxsan tanishing!
ICT Week Uzbekistan 2024 doirasida ilk bor imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy integratsiya qilish va ishga joylashtirish masalalari muhokama etildi

Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar deb nomlangan tadbir imkoniyati cheklangan shaxslarni IT sohasidagi ishtirokiga bag’ishlandi.

Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkazildi.

Uning asosiy maqsadi – imkoniyati cheklangan shaxslarni IT sohasidagi imkoniyatlar, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va tizim tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish hamda ularning ijtimoiy integratsiyasini yaxshilashdan iborat.
Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida yangi tizim ishga tushirildi. Ushbu tizim doirasida davlat idoralari va tijorat banklari bilan hamkorlik qilib, 21 ming nafar shaxsni ish bilan band qilish rejalashtirilgan.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ochib berdi va ushbu tadbirning ahamiyatini yuqori baholadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori maslahatchisi Dilfuzabegim Ro‘zmetova ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, inklyuzivlik yaratish uchun tomonlarning hamkorlikdagi tadbirlarini hududlarda ham amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Dasturning keyingi qismida Matonat maktabi motivatori Murodbek Jigitov va Mirali G‘iyosov amalga oshirilayotgan loyiha hamda fikr-mulohazalari haqida nutq so‘zladi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan plenar sessiyada esa jamiyatdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qarashlarni o‘zgartirish, ijtimoiy obyektlardagi inklyuzivlik darajasi, raqamli ta’limda inklyuziyani ta’minlash va bandlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Dastur doirasida ishtirokchilar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ish o‘rinlarini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va strategiyalar bilan tanishdilar. Shuningdek, IT sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari va karyera istiqbollari haqida ma’lumot berildi. Kompaniyalar va maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxslar o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdilar.

Tadbir so‘ngida hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish va bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar rejasini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Forwarded from Nodirbek Barnayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana so‘ngi ikki yildirki “ICTWEEK UZBEKISTAN” haftaligini IT taʼlim uyushmasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur yilda 50 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish hamda networking qilish istagida haftalikka tashrif buyurganlar soni ikki barobarga o‘sib 20 ming nafarni tashkil qildi.

Haftalikning umumiy maydoni ham 2 barobarga oshib, o‘tgan yilgi 5 ming kv.metr o‘rniga 10 000 kv.m maydonni egalladi. “ICT Expo - 2024” ko‘rgazmasida jami 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etdi. Haftalikda birinchi marotaba Koreya, Xitoy, Qatar va Latviya kabi davlatlarining 50 dan ortiq TOP IT kompaniyalari joy olgan milliy pavilonlar tashkil etildi.

ICT Week Uzbekistan - 2024 davomida 20 dan ortiq forum, sammit va panel muhokamalari tashkil etildi, bu ham o‘z navbatida mazkur tadbirning nechog‘lik mintaqamizda muhim o‘rin tutib borayotganidan dalolatidir. 93 ta xalqaro darajadagi spikerlar AI, BPO, Startup, IT Investment va boshqa dolzarb mavzularni ichiga olgan tadbirlarda taqdimotlar, tahlillar va fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.

“IT sohasida ayollar: Imkoniyatlar va muammolar”, “IT taʼlim va frilansing”, “Raqamli dunyoda teng imkoniyatlar” mavzularida tashkil etilgan konferensiya va forumlar mamlakatimiz yoshlari, ayollar hamda imkoniyati cheklangan IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishga intilayotgan hamyurtlarimizni ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, to‘siqlarni bartaraf etish va mukammallikka erishish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etdi.

Birinchi marotaba, takroran ayta olaman birinchi marotaba ICT Weekda hamkorlik istagini bildirgan tashkilotlar soni 16 taga yetdi, bulardan 12 tasi xorijiy hamkorlar sanaladi.

Fursatdan foydalanib, yurtimiz AKT sohasida ahamiyati yuqori bo‘lgan tadbir tashkilotchisi sifatida bizni qo‘llab quvvatlagan Raqamli texnologiyalar vazirligi, haftalikning asosiy hamkorlari bo‘lgan UZUM, Data Volt, Startup Qatar, Yandex, Dell, ZTE, Huawei, AIJ, IT PARK Uzbekistan, IT taʼlim sohasini yurtimizda qo‘llab-quvvatlashga beqiyos hissasini qo‘shayotgan CompTIA, Amity Universiteti, HP va Gem Spase tashkilotlariga hamkorlik uchun o‘zimizning minnatdorligimizni izhor qilmoqchiman. Bundan tashqari haftalikda ishtirok etgan qolgan barcha tashkilotlarga ham o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Ishonamizki, to‘rt kun davom etgan ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish, IT va unga aloqadar barcha tashkilotlar uchun biznes maydon shakllantirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadam sifatida katta hissa qo'shdi.