Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.52K subscribers
721 photos
205 videos
555 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

🎥 Ochiq muloqot qanday o‘tdi?

Turizm obyektlarida hunarmandchilik mahsulotlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqotda oflayn va VKS orqali 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Muloqot davomida hunarmandlarning turizm obyektlari bilan ishlashi, mahsulotlarni sotish, yirik buyurtmalarni bajarish hamda mavjud muammolar yuzasidan ochiq savol-javoblar o‘tkazildi, takliflar tinglandi.

📹 Ochiq muloqot qanday o‘tdi, hunarmandlar qanday masalalarni ko‘tardi va ularga qanday javoblar berildi? Batafsil – reportajda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
Tog‘-kon sanoati uchun kimyoviy mahsulotlarni mahalliylashtirish: BASF bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “BASF Markaziy Osiyo” kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralarda BASF kompaniyasining kimyoviy mahsulotlari va texnologik yechimlarini mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarish, xususan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun flotatsiya reagentlari, maxsus kimyoviy moddalar va yordamchi materiallarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mahalliy xomashyo va mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, texnologiya transferi hamda ishlab chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya, qo‘shma korxona, kontrakt yoki tolling asosida tashkil etish variantlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Markaziy Osiyo bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv yakunida Agentlik tomonidan respublikada ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan 20 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot bo‘yicha loyiha tizerlarini BASF kompaniyasiga taqdim etish belgilandi.

BASF mazkur takliflar orasidan o‘z texnologik yo‘nalishlariga mos loyihalarni mintaqaviy va global biznes bo‘linmalari bilan ko‘rib chiqadi. Manfaatdorlik bildirilgan loyihalar bo‘yicha alohida texnik muzokaralar o‘tkaziladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot24 | 09.09.2026

“O‘zbekiston 24” telekanalida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hunarmandlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonlari yoritildi.

🎥 Batafsil — reportajda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
⚡️Elektrotexnika sanoati vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

9-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida elektrotexnika sanoati vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Agentlik binosida bevosita hamda “Zoom” platformasi orqali hududlardan 50 nafardan ziyod tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Muloqotda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va mahalliy mahsulotlarni davlat buyurtmachilariga taklif etish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar, mahsulotlarni sertifikatlash, davlat xaridlari elektron tizimlarida ofertalarni joylashtirishdagi qiyinchiliklarni ko‘tarib, davlat xaridlarida ishtirokni kengaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.

Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.

Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.

Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🙏2