Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.34K subscribers
716 photos
205 videos
553 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
🇺🇿🇨🇳Xizmat safari doirasida o‘quv seminari boshlandi

4–24-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Uxan, Chansha va Yichan shaharlarida “5G va sanoat internetining asosiy texnologiyalari hamda ularni qo‘llash” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Agentlik hamda Agentlikning quyi tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar 5G texnologiyalari, sanoat interneti, zamonaviy raqamli yechimlar hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirmoqda.


Shuningdek, seminar doirasida Xitoyning raqamlashtirish va sanoatni modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashilmoqda.

〰️ Dastur doirasida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashish hamda zamonaviy texnologik obyektlarga tashriflar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏32🔥2🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Loyiha boshqaruvi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi boshlandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi KPMG hamda Toshkent shahridagi Management Development Institute of Singapore (MDIS) bilan hamkorlikda “Professional boshqaruv dasturi” doirasida loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv-trening kurslarini boshladi.

📚 Jami 130 akademik soatga mo‘ljallangan dastur 7-sentabrdan boshlab ikki hafta davomida oflayn shaklda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga KPMGning xalqaro va mahalliy amaliyotchi ekspertlari, shuningdek, MDIS Toshkent professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Dasturda loyihalarni boshqarishning zamonaviy usullari, strategik rejalashtirish, liderlik, moliyaviy va operatsion boshqaruv, samaradorlikni oshirish hamda investitsiya loyihalarini boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar real keyslar va amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiriladi.


🏭 O‘quv jarayonining amaliy qismini kuchaytirish maqsadida ishtirokchilarning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda boshqa yirik investitsiya loyihalariga tashriflari ham ko‘zda tutilgan. Bu orqali ular ishlab chiqarish va yirik loyihalarni boshqarish jarayonlari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda sanoat, infratuzilma va investitsiya loyihalari ko‘lami kengayib borayotgani zamonaviy bilimga ega muhandislar va professional loyiha boshqaruvi mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Shu jihatdan, mazkur dastur nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishtirokchi tashkilotlardagi mavjud amaliyot va muammolarni ekspertlar bilan birgalikda muhokama qilish, olingan tajribani real loyihalarda qo‘llash imkonini beradi.

Asosiy maqsad — sanoat, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalarini zamonaviy boshqaruv yondashuvlari asosida samarali amalga oshira oladigan malakali loyiha boshqaruvi mutaxassislari salohiyatini oshirish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Tadbirkorning 1 milliard 14 million so‘m zakalat mablag‘i qaytarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat xaridlarida zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Mazkur yo‘nalishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga zakalat mablag‘ini qaytarishda muammoga duch kelgan tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Navbatdagi murojaatlardan biri “Mateko” MChJga tegishli. Korxonaning davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan va qaytarilishi kutilayotgan 1 milliard 14 million so‘m zakalat mablag‘i qaytarilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Korxona rahbari Sunatilla Xayrullayevning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ning band bo‘lib turishi yangi davlat xaridlari va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini cheklab kelgan. Mablag‘ qaytarilgach, korxona uni yana aylanmaga yo‘naltirib, yangi savdolarda faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


📍Davlat xaridlarida zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishga duch kelayotgan tadbirkorlar Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2👌1🏆1
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.

🚨 Ushbu hujjat bilan davlat xaridlari sohasida hisobdorlikni kuchaytirish, xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash hamda davlat buyurtmachilari faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

🚨 Xususan, davlat xaridlarida sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar kesimida e’lon qilib borish taklif etilyapti. Bu orqali davlat xaridlarining hududlar bo‘yicha holatini tahlil qilish, qaysi turdagi tovar va xizmatlarga talab yuqori ekanini kuzatib borish hamda xarid jarayonlarining ochiqligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏6🏆3🙏21
✔️ Loyihada Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tarkibiga davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalarini kiritish ham nazarda tutilyapti.

✍️ Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham hisobotlarda alohida aks ettirish belgilanmoqda. Bu deputatlarga budjet mablag‘larining davlat xaridlari orqali qanday sarflanayotganini tizimli tahlil qilish, xarid usullari va natijalarini baholash hamda zarur hollarda parlament nazorati choralarini qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi.

➡️ Qonun loyihasida davlat xaridlari jarayonida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, tadbirkorlarning davlat xaridlari jarayonida yuzaga keladigan shikoyatlarini joylarda tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi hududiy komissiyalarini tashkil etish taklif etilmoqda. Bu esa shikoyatlarni joylarda tezroq ko‘rib chiqish, nizolarni qisqa vaqtda hal qilish, tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida deputatlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha axborotlarni parlament nazorati doirasiga kiritish hamda tadbirkorlar shikoyatlarini tezkor ko‘rib chiqish mexanizmlarini kuchaytirish davlat xaridlari tizimida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shu bilan birga, qonun loyihasida nazarda tutilgan normalar davlat xaridlarida sog‘lom raqobat muhitini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarining xarid jarayonlarida faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

🇺🇿 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
🤝 Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlarida kengaytirish masalalari muhokama qilindi

8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda hunarmandlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda oflayn va videokonferensaloqa orqali jami 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Uchrashuvda hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlari, yirik buyurtmachilar va davlat xaridlariga kengroq olib kirish, ularga barqaror talab yaratish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hunarmandlarning turizm obyektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi, xomashyo va sotuv bozori, yirik buyurtmalarni bajarish, mahsulotlarni qadoqlash va brendlash bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglandi.

Qayd etilganidek, hunarmandchilik nafaqat milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi ulushini kengaytirish imkonini beradigan muhim iqtisodiy yo‘nalishdir.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2
📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi.

🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi.

🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi.

📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni yagona tizimda jamlaydi.
Shuningdek, u:
- yetkazib beruvchilardan elektron takliflar olish;
- o‘rtacha, eng yuqori va eng past narxlarni avtomatik hisoblash;
- narxlar keskin farq qilganda qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantirish imkonini beradi.

📄 Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha Narxlar moduli sun’iy intellekt asosida mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari hamda narxlar dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Sunʼiy intellekt orqali oʻrtacha bozor narxi aniqlanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirib boriladi.

Mazkur mexanizm davlat xaridlarida narxlarni asosli belgilash, ochiqlik va tejamkorlikni ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

🎥 Ochiq muloqot qanday o‘tdi?

Turizm obyektlarida hunarmandchilik mahsulotlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqotda oflayn va VKS orqali 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Muloqot davomida hunarmandlarning turizm obyektlari bilan ishlashi, mahsulotlarni sotish, yirik buyurtmalarni bajarish hamda mavjud muammolar yuzasidan ochiq savol-javoblar o‘tkazildi, takliflar tinglandi.

📹 Ochiq muloqot qanday o‘tdi, hunarmandlar qanday masalalarni ko‘tardi va ularga qanday javoblar berildi? Batafsil – reportajda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Tog‘-kon sanoati uchun kimyoviy mahsulotlarni mahalliylashtirish: BASF bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “BASF Markaziy Osiyo” kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralarda BASF kompaniyasining kimyoviy mahsulotlari va texnologik yechimlarini mahalliy korxonalar negizida ishlab chiqarish, xususan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun flotatsiya reagentlari, maxsus kimyoviy moddalar va yordamchi materiallarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mahalliy xomashyo va mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, texnologiya transferi hamda ishlab chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya, qo‘shma korxona, kontrakt yoki tolling asosida tashkil etish variantlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Markaziy Osiyo bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv yakunida Agentlik tomonidan respublikada ishlab chiqarish tavsiya etilayotgan 20 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot bo‘yicha loyiha tizerlarini BASF kompaniyasiga taqdim etish belgilandi.

BASF mazkur takliflar orasidan o‘z texnologik yo‘nalishlariga mos loyihalarni mintaqaviy va global biznes bo‘linmalari bilan ko‘rib chiqadi. Manfaatdorlik bildirilgan loyihalar bo‘yicha alohida texnik muzokaralar o‘tkaziladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot24 | 09.09.2026

“O‘zbekiston 24” telekanalida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hunarmandlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonlari yoritildi.

🎥 Batafsil — reportajda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2