Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
🔬 Agentlikda Yadro fizikasi institutining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini yengillashtirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali hamda Garant bank hamkorligida zakalat mablag‘larini moliyalashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Mazkur kredit mahsuloti tadbirkorlarga davlat xaridlarida ishtirok etish uchun talab etiladigan zakalat mablag‘ini o‘z aylanma mablag‘laridan ajratmasdan moliyalashtirish imkonini bermoqda.
Bu, ayniqsa, yirikroq hajmdagi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ko‘proq zakalat mablag‘i talab etiladigan tadbirkorlarga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyat yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏3👍2
4–24-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Uxan, Chansha va Yichan shaharlarida “5G va sanoat internetining asosiy texnologiyalari hamda ularni qo‘llash” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Agentlik hamda Agentlikning quyi tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar 5G texnologiyalari, sanoat interneti, zamonaviy raqamli yechimlar hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirmoqda.
Shuningdek, seminar doirasida Xitoyning raqamlashtirish va sanoatni modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3❤2🔥2🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi KPMG hamda Toshkent shahridagi Management Development Institute of Singapore (MDIS) bilan hamkorlikda “Professional boshqaruv dasturi” doirasida loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv-trening kurslarini boshladi.
Dasturda loyihalarni boshqarishning zamonaviy usullari, strategik rejalashtirish, liderlik, moliyaviy va operatsion boshqaruv, samaradorlikni oshirish hamda investitsiya loyihalarini boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar real keyslar va amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiriladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda sanoat, infratuzilma va investitsiya loyihalari ko‘lami kengayib borayotgani zamonaviy bilimga ega muhandislar va professional loyiha boshqaruvi mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
Shu jihatdan, mazkur dastur nafaqat bilim va tajriba almashish, balki ishtirokchi tashkilotlardagi mavjud amaliyot va muammolarni ekspertlar bilan birgalikda muhokama qilish, olingan tajribani real loyihalarda qo‘llash imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat xaridlarida zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Mazkur yo‘nalishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga zakalat mablag‘ini qaytarishda muammoga duch kelgan tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Navbatdagi murojaatlardan biri “Mateko” MChJga tegishli. Korxonaning davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan va qaytarilishi kutilayotgan 1 milliard 14 million so‘m zakalat mablag‘i qaytarilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Korxona rahbari Sunatilla Xayrullayevning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ning band bo‘lib turishi yangi davlat xaridlari va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini cheklab kelgan. Mablag‘ qaytarilgach, korxona uni yana aylanmaga yo‘naltirib, yangi savdolarda faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2👌1🏆1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏6🏆3🙏2⚡1
Xususan, tadbirkorlarning davlat xaridlari jarayonida yuzaga keladigan shikoyatlarini joylarda tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi hududiy komissiyalarini tashkil etish taklif etilmoqda. Bu esa shikoyatlarni joylarda tezroq ko‘rib chiqish, nizolarni qisqa vaqtda hal qilish, tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda hunarmandlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda oflayn va videokonferensaloqa orqali jami 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Uchrashuvda hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlari, yirik buyurtmachilar va davlat xaridlariga kengroq olib kirish, ularga barqaror talab yaratish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hunarmandlarning turizm obyektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi, xomashyo va sotuv bozori, yirik buyurtmalarni bajarish, mahsulotlarni qadoqlash va brendlash bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglandi.
Qayd etilganidek, hunarmandchilik nafaqat milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi ulushini kengaytirish imkonini beradigan muhim iqtisodiy yo‘nalishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1