Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.26K subscribers
702 photos
202 videos
544 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

2026-yil 1-sentabr.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿35 YIL. 35 QAHRAMON. BIR SANOAT ZANJIRI.

35 ta korxona. 35 ta qahramon. Turli mahsulotlar, turli taqdirlar va turli natijalar. Ammo ularni birlashtiradigan bitta katta jarayon bor — O‘zbekistonda ishlab chiqarish.

“Sanoat qahramonlari”
loyihasi davomida bir vaqtlar xorijdan olib kelingan mahsulot va butlovchi qismlarning bugun o‘zimizda ishlab chiqarilayotgani, mahalliy korxonalar yirik sanoat zanjirlariga kirib borayotgani, yangi texnologiyalar o‘zlashtirilib, milliy mahsulotlar tashqi bozorlarga chiqayotganiga guvoh bo‘ldik.

🏭 Kimdir ishni bir necha xodim bilan boshlagan — bugun yuzlab insonlarni ish bilan ta’minlamoqda. Kimdir ilgari import qilingan bitta detalni o‘zlashtirgan — bugun minglab turdagi mahsulot ishlab chiqarmoqda. Yana kimdir ichki bozor uchun ishlab chiqarishni boshlagan — bugun mahsulotini dunyo bozorlariga olib chiqmoqda.


🎬 “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasining yakuniy ko‘rsatuvida 35 qahramon misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi, mahalliylashtirish ortidagi insonlar va mamlakatimizda yaratilayotgan yangi sanoat zanjiri haqida hikoya qilamiz.

📹 Tomosha qiling — “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasining yakuniy ko‘rsatuvi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4👍32
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan brifing o‘tkazildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan brifing o‘tkazildi.

🎙 Brifingda hisobot davrida Agentlikka kelib tushgan murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish natijalari, shuningdek, Call-markazga kelib tushgan qo‘ng‘iroq bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 02.09.2026

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏2
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;
 
📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;
 
📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;
 
📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;
 
📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;
 
📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;
 
📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;
 
📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;
 
📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;
 
📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;
 
📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;
 
📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.

Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
📢Tadbirkorlar diqqatiga!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Bugungi kunda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mazkur yo‘nalishda tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ayni paytda davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlari Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🙏5👏2
📍 Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda

Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.

📑 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.

🇫🇷 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.

✔️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2👏2
📊 Murojaatlarning 52,6 foizi ijobiy hal etildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2026-yilning birinchi yarim yilligida Agentlikka 542 ta murojaat kelib tushib, ularning 285 tasi yoki 52,6 foizi ijobiy hal etildi. Yana 211 ta murojaat bo‘yicha huquqiy va tegishli tushuntirishlar berildi.

📞 Shu davrda Agentlikning Call-markaziga 997 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📍 Murojaatlar qaysi kanallar orqali kelib tushdi va ularni ko‘rib chiqish natijalari qanday?

Batafsil — infografikada.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3🔥2
🔬 Yadro fizikasi institutining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati muhokama qilindi

4-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati, istiqbolli loyihalari hamda sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Agentlik rahbariyati, boshqarma va bo‘lim rahbarlari, Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom Sodiqov hamda Materialshunoslik instituti direktori Odilxo‘ja Parpiyev ishtirok etdi.

📑 Akademik Ilhom Sodiqov institutning ilmiy salohiyati, erishilgan natijalar, istiqbolli loyihalar va mavjud masalalar yuzasidan taqdimot qildi.

Qayd etilganidek, institutning 42 gektarlik ilmiy-ishlab chiqarish hududida VVR-SM tadqiqot reaktori, U-150 siklotroni, U-003 elektron tezlatgichi hamda gamma qurilmasi faoliyat yuritmoqda. Institutda 60 dan ortiq turdagi radioizotop mahsulotlari, jumladan, 20 dan ziyod tayyor radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqariladi. 2025-yilda mahsulot va xizmatlar eksporti 6,09 mln AQSH dollarini tashkil etgan.


🎤 Yig‘ilish davomida radiofarmatsevtika, tibbiy buyumlarni radiatsion sterilizatsiya qilish, materiallar xususiyatlarini yaxshilash, neytron radiografiyasi va yuqori aniqlikdagi element tahlili yo‘nalishlaridagi mavjud imkoniyatlardan sanoat tarmoqlarida kengroq foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝Muhokamalarda institutning asosiy ilmiy qurilmalarini modernizatsiya qilish, muhandis-texnik kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni mahalliy sanoat korxonalari ehtiyojlari bilan bog‘lash, amaliy kooperatsiyani kengaytirish hamda istiqbolli ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

〰️ Yig‘ilish yakunida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, institutning mavjud ilmiy-texnologik imkoniyatlarini sanoat tarmoqlariga kengroq integratsiya qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😇2👍1