Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.34K subscribers
698 photos
199 videos
538 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👜 Ochiq muloqotdagi tashabbus – tadbirkor uchun amaliy natija

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida davlat xaridlarida tadbirkorlarning mablag‘larini ortiqcha muddatga band qilib turgan muammolardan biriga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mahsulot yetkazib berilganidan keyin ham ayrim hollarda tadbirkorlarning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan kafolat mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmayotgani qayd etildi. Endilikda qabul qilingan tovar bo‘yicha ushbu mablag‘larni avtomatik qaytarish tizimini joriy etish belgilandi.

🏢 Buning amaliy natijasini “Tafakkur xizmati samarasi” korxonasi misolida ham ko‘rish mumkin.

2021-yildan buyon kompyuter va qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona davlat xaridlaridagi tanlov va tenderlarda muntazam qatnashib keladi. Faoliyati davomida korxonaning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan ayrim kafolat mablag‘lari qaytarilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan so‘ng korxonaning qaytarilishi kutilayotgan kafolat mablag‘lari qaytarildi.

💬 Korxona rahbarining ta’kidlashicha, mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ularni aylanmadan chiqarib qo‘ymaslik, keyingi tenderlarda faolroq qatnashish va yangi shartnomalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
24-qahramon

🚆 Lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar mahalliylashtirilmoqda

Lokomotivlarni ta’mirlash, ularning xizmat muddatini uzaytirish va ilgari import qilingan ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish — navbatdagi sanoat hikoyamiz temir yo‘l mashinasozligi haqida.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 24-qahramoni — Ma’ruf Rixsibayev, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ bosh texnologi.

🚂Korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi lokomotivlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, temir yo‘l transporti uchun zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni ham bosqichma-bosqich o‘zlashtirib kelmoqda.

Bugungi kunda korxonada 1 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi. E’tiborlisi, ularning 70 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bu murakkab sanoat yo‘nalishida yangi avlod mutaxassislarining shakllanib borayotganini ko‘rsatadi.

🌍 Korxona faoliyati ichki bozor bilan cheklanmaydi. Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan lokomotivlarni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar yetkazib berish yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

⚙️ So‘nggi yillarda ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2026-yilda yana 7 turdagi yangi mahsulotni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🎬 Lokomotiv ta’miridan ehtiyot qismlar ishlab chiqarishgacha, mahalliylashtirishdan mintaqaviy hamkorlikkacha.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 24-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
✔️34 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot mahalliylashtirilmoqda

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida gazni tayyorlash va tozalash jarayonlarida qoʻllaniladigan NaA markali seolitni mahalliylashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

✍️ Ayni paytda mazkur mahsulot import asosida xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2027-yilda NaA seolitga boʻlgan ehtiyoj qariyb 1 ming tonnani tashkil etadi va bu maqsad uchun 34 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. Mahsulotni mahalliylashtirish natijasida esa 12 foizga yaqin iqtisodiy samara olinishi kutilmoqda.

Loyiha Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Milliy metrologiya agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ hamkorligida mahalliy ishlab chiqaruvchi “Shturval” MCHJ bilan amalga oshirilmoqda.


➡️ Navbatdagi bosqichda mahalliy mahsulotning texnik va sifat koʻrsatkichlari akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada sinovdan oʻtkaziladi. Ijobiy natija qayd etilgan taqdirda mahsulot sanoat tajriba-sinoviga yoʻnaltiriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
25-qahramon

Radiator ortidagi 23,5 million dollarlik hikoya


“Sanoat qahramonlari” loyihasining 25-qahramoni — Jahongirmirzo Jumanazarov
, “Osten Technologies” MChJ muhandis-texnologi.

🏭 23,5 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya asosida tashkil etilgan korxona panel radiatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2025-yil dekabr oyida ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.

📈 Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilgan 72 milliard so‘mlik panel radiatorlar ichki bozorga yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar mahsulot realizatsiyasi hajmini 137 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

⚙️ E’tiborlisi, korxonada ishlab chiqarilayotgan panel radiatorlarning mahalliylashtirish darajasi 80 foizdan oshgan. Keyingi maqsad esa ushbu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish.

🌍 Korxona tashqi bozorga chiqishni ham boshlagan. Hozirgacha 60 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, yil oxirigacha eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

🎬 23,5 mln dollar investitsiya. 80% dan yuqori mahalliylashtirish. Keyingi marra — 100% va yangi eksport bozorlari.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 25-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
26-qahramon

2 ming inson mehnati ortidagi “Premier electrotech”

“Sanoat qahramonlari” loyihasining 26-qahramoni — “Premier electrotech” brendi asoschisi Saidmuxtor Saidnuriddinov.


🏭 Bugun korxonada konditsioner, televizor, yarim avtomat kir yuvish mashinasi, changyutgich kabi maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot turiga qarab, mahalliylashtirish darajasi 55 foizdan 90 foizgacha yetgan.

Muhimi, yangi mahsulotni shunchaki yig‘ish emas, uning butlovchi qismlarini ham bosqichma-bosqich mahalliylashtirish tamoyili asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

👥 Korxonada bugungi kunda 2 mingga yaqin yurtdoshimiz mehnat qilmoqda.

🌍 Mahalliy maishiy texnika Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya bozorlariga yetkazib berilmoqda. Yaqinda esa Suriya yo‘nalishida ham eksport boshlangan. Korxona 2026-yil yakuniga qadar eksport hajmini qariyb 40 million AQSH dollariga yetkazishni maqsad qilgan.

⚙️ Keyingi bosqichda ishlab chiqarish qatorini yanada kengaytirib, suv isitgichlari, avtomat kir yuvish mashinalari, gaz plitalari va boshqa turdagi maishiy texnikalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🎬 Mahalliylashtirish 90 foizgacha. 2 mingga yaqin ish o‘rni. Eksport geografiyasi esa kengaymoqda.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 26-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
27-qahramon

Yo‘lovchi vagonlarida mahalliy ulush — 75 foizgacha


🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 27-qahramoni — yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ direktor o'rinbosari Dilmurod Nigmanov .

🚆 Korxonada bugungi kunga qadar 20 mingdan ortiq yo‘lovchi vagoni ta’mirlangan, 500 ga yaqin yangi vagon qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ishlab chiqarilayotgan vagonlarning mahalliylashtirish darajasi esa 70–75 foizga yetgan.

🤝 Bu natijalar ortida keng sanoat kooperatsiyasi ham bor. Vagonlar uchun zarur mahsulot va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish yo‘nalishida 100 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonada yangi vagonlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, eksport xizmatlarini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish va mahalliy korxonalarni ishlab chiqarish zanjiriga kengroq jalb etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🎥 Bir vagon ortida qancha mahalliy korxona mehnati turadi?

Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 27-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,

– dedi Prezident.

Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.

Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi.

O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.

Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥31🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
28-qahramon

75 foizgacha mahalliy: “Elite Group”ning yangi bozorlari


O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 28-qahramoni — Abrorjon G‘afforov, “Elite Group” korxonasi direktori.

🏭Korxonada sovutkich va boshqa turdagi maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bugungi kunda sovutkichlarning mahalliylashtirish darajasi 70–75 foizga yetgan. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan plastik detallar esa 100 foiz korxonaning o‘zida tayyorlanadi.

📈 Joriy yil boshidan buyon korxonada qariyb 30 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

🌍 Mahsulotlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinib, eksport hajmi 700 ming AQSH dollariga yaqinlashgan. Ayni paytda Turkmaniston bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Korxona endi eksport geografiyasini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Mahsulotlar Turkiyadagi ko‘rgazmada ham namoyish etilib, Yaqin Sharq bozorlariga chiqish navbatdagi yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

🎥 Mahalliylashtirish qanday qilib yangi eksport bozorlariga yo‘l ochmoqda?

Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 28-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥31👌1
Hurmatli tadbirkorlar va import faoliyati ishtirokchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-104-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda import qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kompleks ekspertizadan o‘tkazish funksiyasi “O‘zbekekspertiza” AJga o‘tkaziladi.

Mazkur jarayonlarni qulay, tezkor va shaffof tashkil etish maqsadida 2026-yil 2-sentabrdan app.expertiza.uz elektron platformasida yangi yo‘nalish ishga tushiriladi.

🌐 Elektron platforma: app.expertiza.uz

📞 Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 71 230 23 55

📹 Foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma

Shuningdek, rasmiylashtirilgan xulosalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar bojxona qo'mitasi axborot tizimlariga elektron tarzda yuboriladi.

📌 2026-yil 2-sentabrdan mazkur xizmatdan app.expertiza.uz platformasi orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏31🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿 Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti: sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari tizimida yangi imkoniyatlar

#Ortga_qaytmas_islohotlar | 27.08.2026

"O'zbekiston 24" telekanali

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍3👏1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍5🔥4🫡2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
29-qahramon

🚘 O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtokomponentlar Yevropa sari

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 29-qahramoni — Elyorbek Asadov, “UzAuto-INZI” korxonasi direktori.

🏭 2015-yilda tashkil etilgan korxona avtomobillarning turli tizimlari uchun yuqori bosim ostida quyish texnologiyasi asosida alyuminiy butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 300 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.

📈 Korxonaning ishlab chiqarish ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda. 2017-yilda qariyb 2 ming dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3 milliondan oshgan. 2026-yilda esa 2 450 tonna yoki 250 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish rejalashtirilgan.

🌍 Navbatdagi muhim yo‘nalish — eksport. Joriy yilda Chexiyaning Motorpal kompaniyasiga alyuminiy butlovchi qismlar yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda yillik eksport hajmini 300 ming AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Mahalliy avtomobilsozlik zanjiridagi hamkorlikdan xalqaro yetkazib berishgacha — korxona oldida yangi bosqich turibdi.

🎥 Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 29-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5👏5🤩2😍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏41👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
30-qahramon

⚙️Kritik minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlargacha

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 30-qahramoni — Amir Abidov, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari.

🏭 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati — mamlakatimizda kritik minerallar va texnologik metallarni o‘zlashtirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yagona sanoat zanjirida rivojlantirayotgan korxona. Bugun kombinat volfram, molibden, reniy, litiy, grafit va boshqa strategik minerallar yo‘nalishida loyihalarni amalga oshirmoqda.

🔬Bu yerda R&D markazi, nano-analitik laboratoriya hamda “Kelajak metallari” texnoparki faoliyati xomashyoni o‘rganishdan boshlab, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan jarayonlarni bir-biriga bog‘lashga qaratilgan.

R&D markazidagi pilot sex yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ilmiy ishlanmalarni sanoat bosqichiga olib chiqish imkonini beradi. Additiv texnologiyalar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ham loyihalar amalga oshirilmoqda.

⚙️ Volfram, molibden va reniy kabi texnologik metallarni chuqur qayta ishlash, yangi metallurgiya quvvatlarini yaratish hamda tadbirkorlarni ushbu ishlab chiqarish zanjiriga jalb etish kombinat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan Davlat miqyosida ham kritik minerallarni shunchaki qazib olish emas, balki ulardan metall kukunlari, qotishmalar, sanoat detallari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maqsad — xomashyoni shunchaki qazib olish emas, undan yaratiladigan texnologiya va yuqori qo‘shilgan qiymatni O‘zbekistonda shakllantirish.

🎥 Rudadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan yangi sanoat zanjiri haqida batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 30-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏31👌1
🇺🇿 “Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldi

AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida eʼtirof etdi.

Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etilgan.

🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani taʼkidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirgan.

🔷Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz kerak”,deyiladi murojaatda.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏41👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari

31-QAHRAMON | O‘zbekistondan 20 dan ortiq davlatga


Bir paytlar maishiy texnika bozorida import mahsulotlari ustunlik qilgan bo‘lsa, bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoning 20 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

“Sanoat qahramonlari” loyihasining 31-qahramoni — Artel kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bektemir Murodov.

🏭 Bugungi kunda Artel tizimida 7 mingdan ortiq xodim mehnat qilmoqda. Kompaniya maishiy texnikaning ko‘plab turlarini ishlab chiqarib, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik imkoniyatlarini izchil kengaytirib bormoqda.

🌍 Artel faoliyati O‘zbekiston chegarasidan tashqariga ham chiqdi. Qozog‘iston va Tojikistonda ishlab chiqarish quvvatlari yo‘lga qo‘yilgan, kompaniya mahsulotlari esa 20 dan ortiq xorijiy bozorga eksport qilinmoqda.

Bu — mahalliy ishlab chiqarishning keyingi bosqichi: ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishdan mintaqaviy ishlab chiqarish va xalqaro bozorlarda o‘z o‘rnini egallashgacha bo‘lgan yo‘l.

🎥 7 mingdan ortiq xodim, kengayayotgan ishlab chiqarish va 20 dan ortiq eksport bozori — Artelning bugungi sanoat salohiyati haqida batafsil “Sanoat qahramonlari” loyihasining 31-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥6👏2🥰1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥43