Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.35K subscribers
698 photos
199 videos
538 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
✔️Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sertifikatlashtirish jarayonida tadbirkorlar duch kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishdir.

🎤 Muloqot davomida “O‘zbekekspertiza” AJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda tovarlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi, mahalliy ishlab chiqarilganlik mezonlari, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni va xizmat uchun to‘lov tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, taqdimot qilindi.


Ochiq muloqotda Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan bir qatorda, respublikaning turli hududlaridan 70 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarining onlayn tarzda muloqotda qatnashishi ta’minlandi.

➡️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🙏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
18-qahramon

🚗 20 foizdan 70 foizgacha: avtomobil sanoatida mahalliylashtirish

1995-yilda avtomobil sanoatida butlovchi qismlarni mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan korxona bugun mamlakatimizdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya asosida faoliyat yuritmoqda.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 18-qahramoni — Eldor Nazirov, “Uz Koram Ko” MChJ bosh direktori.

🏭Korxona bugungi kunda UzAuto Motors, BYD va KIA avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarib, yetkazib bermoqda. Korxonada 1 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.

⚙️Eng muhim natijalardan biri — mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan 70 foizgacha oshirilgani. Bu avtomobil sanoatida import qilinayotgan butlovchi qismlarni bosqichma-bosqich mahalliy ishlab chiqarish hisobiga o‘zlashtirish imkonini bermoqda.

📈 Keyingi maqsadlar ham katta: korxona ishlab chiqarish quvvatini yiliga 550 ming komplektdan 1 million komplektgacha yetkazishni, shuningdek, UzAuto Motors, BYD va KIA uchun hozirda import qilinayotgan qo‘shimcha avtomobil qismlarini mahalliylashtirishni rejalashtirgan.

🎬 30 yillik sanoat tajribasi. 70% gacha mahalliylashtirish. 1 200+ xodim. Keyingi marra — 1 million komplekt.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 18-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
19-qahramon

⚙️Import o‘rnini bosgan filtrlar — bugun eksport bozorida

2009-yilda 50 ta ish o‘rni bilan boshlangan ishlab chiqarish bugun 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonaga aylandi.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 19-qahramoni — Abdurashid Yunusov, “SDK Group And” MChJ direktori.

🚗Korxona dastlab avtomobillar uchun havo va moy filtrlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2021-yildan boshlab mahsulot turlari kengaytirilib, avtomobil, maxsus texnika va sanoat uskunalari uchun turli filtrlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda korxonada mahsulot turiga qarab mahalliylashtirish darajasi 50–70 foizni tashkil etadi. Ayrim xomashyo, jumladan, metall import qilinsa-da, qolgan asosiy komponentlar korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

🌍 Eng muhimi, ilgari ichki bozorga asosan import orqali kirib kelgan ushbu mahsulotlar endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilibgina qolmay, Qozog‘iston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

Keyingi maqsad — eksport geografiyasini yanada kengaytirib, jahon bozoriga chiqish.

🎬 50 ta ish o‘rnidan — 200+ xodimgacha. Import o‘rnini bosishdan — eksportgacha.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 19-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqotda tilga olingan 4 trillion so‘mlik natijaning bir misoli — MCity

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik korxonalar bilan bog‘layotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmalari natijalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ko‘rgazmalar doirasida tadbirkorlar va yirik buyurtmachilar o‘rtasida 4 trillion so‘mlik shartnomalar tuzilgani qayd etildi.

Bu raqamlar ortida esa real korxonalar va yangi hamkorliklar bor.

✈️ Shulardan biri — aeroportlar uchun maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchi MCity korxonasi.

Korxona rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizovning ta’kidlashicha, transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida MCity va Uzbekistan Airports o‘rtasida 75 milliard so‘mlik memorandum imzolangan.

Ko‘rgazma korxona uchun nafaqat ichki bozorda yangi buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish, balki xorijiy sheriklar topish uchun ham amaliy maydonga aylandi. Natijada Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda korxona Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportiga aerodrom maxsus texnikalarini yetkazib bermoqda.

🤝 Bu — “Milliy sanoat zanjiri”ning asosiy maqsadi amalda qanday ishlayotganiga bir misol: mahalliy ishlab chiqaruvchini yirik buyurtmachi bilan uchrashtirish, kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish va bu aloqani real buyurtma hamda yangi bozorlarga olib chiqish.

Ko‘rgazma — ikki kun. Unda boshlangan hamkorlik esa yillarga davom etishi mumkin.

🎥 MCity rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizov “Milliy sanoat zanjiri” korxonaga qanday yangi imkoniyatlar bergani haqida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
20-qahramon

Ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan mahsulot — bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda


Ilgari xorijdan olib kelingan ayrim sanoat mahsulotlari bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda. Ayrim mahsulotlarda mahalliylashtirish darajasi esa 100 foizga yetgan.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 20-qahramoni — Sherzod Ahmadjonov, “NAVPROMLITMASH” korxonasi direktor o‘rinbosari.

🏭Korxonada rangli va qora metallarni eritish va qayta ishlash orqali turli butlovchi qismlar hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik yo‘nalishida esa tog‘-kon sanoatida foydalaniladigan, ilgari asosan import qilingan qator uskuna va ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Jumladan, ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan tog‘-kon sanoati uchun ayrim butlovchi qismlar, shuningdek, havo, suv va moyni sovutishga mo‘ljallangan radiatorlar bugungi kunda korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

📈Korxona faoliyatining dastlabki davrida mahalliylashtirish darajasi 10 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugun aksariyat mahsulotlarda bu ko‘rsatkich 90 foizgacha, ayrim mahsulotlarda esa 100 foizga yetgan. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yo‘lga qo‘yilgan kooperatsiya aloqalari ham muhim o‘rin tutmoqda.

🌍 Mahsulotlar Tojikiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda. Kelgusida esa energetika sohasi uchun gaz va bug‘ turbinalarining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🤝 Qahramonimizning ta’kidlashicha, davlat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda uchrashtirayotgan ko‘rgazmalar hamda ochiq muloqotlar yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim imkoniyat yaratmoqda.

🎬 10% dan 100% gacha mahalliylashtirish. Import o‘rniga mahalliy ishlab chiqarish. Ichki bozordan — eksportgacha.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 20-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti: davlat xaridlarida qanday yangiliklar bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlarida ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Jahongir Yunusov intervyuda davlat xaridlari sohasida belgilangan ustuvor vazifalar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.

📹 Batafsil — intervyuda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti: sanoat kooperatsiyasida yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va tadbirkorlarni yangi loyihalarga jalb etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

🏛️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev intervyuda mazkur tashabbuslarning ahamiyati, sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

📹 Batafsil — intervyuda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🙏2
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 17-22 avgust, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

Agentlik vakillari Xitoyda sanoat parklarini qurish va boshqarish bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etmoqda;

✔️Ommaviy axborot vositalarida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqot keng yoritildi;

✔️ INNO Texnoparkda Koreya Lift Universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi;

🎥 Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi;

🏛️ Prezident tashabbusi amalda: tadbirkorning 12 mlrd so‘m mablag‘i qaytarildi;

🤝 Kasbiy ta’lim-oliy ta’lim-sanoat ishlab chiqarishi zanjiri lift sanoati misolida: Koreya tajribasi va texnologiyalarini transfer qilish qilish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi;

🏛️ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar muhokama qilindi;

🇺🇿 Agentlik vakillari 20-avgust kuni 🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahridaChengdu dunyoga ochilmoqda — global aloqalarni kengaytirish” tashabbusi doirasida aqlli ishlab chiqarish sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir ishtirok etdi;

🏛️ Tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqotda tilga olingan 4 trillion so‘mlik natijaning bir misoli — MCity;

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan “Sanoat qahramonlari ” maxsus loyihasining 5-20-sonlari e’lon qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
21-qahramon

Mahalliy yuk avtomobillari eksport geografiyasini kengaytirmoqda


2023-yilda faoliyatini boshlagan korxona bugun yuk tashish transport vositalarini mahalliylashtirish bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi eksport bozorlariga chiqish ustida ishlamoqda.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 21-qahramoni — Ismoil Nazirov, “Van Universal Motors” MChJ boshqaruv direktori.

🏭Korxonada bugungi kunda 7 xil modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish doirasida transport vositalarining ayrim butlovchi qismlarini korxonaning o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi 30 foizni tashkil etmoqda.

🚚 Korxona 12 tonnagacha yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobillar bilan cheklanib qolmasdan, ishlab chiqarish qatorini kengaytirishni maqsad qilgan. Kelgusida 12 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sanoat hududida yangi maydon ajratilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangan.

🌍 Korxona mahsulotlari Tojikiston va Afg'onistonga eksport qilinmoqda.

🎬 7 model. 30% mahalliylashtirish. 50 tonnagacha yuk avtomobillari. Keyingi manzil — yangi eksport bozorlari.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 21-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
22-qahramon

Surxondaryoda ishlab chiqarilib, 100% eksport qilinmoqda

Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanib, mahsulotni to‘liq tashqi bozorga yo‘naltirish — Surxondaryodagi yana bir sanoat korxonasining bugungi natijasi.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 22-qahramoni — Xudoyor Isroilov, “Khilal Vortex” MChJ rahbari.

🏭 Korxonada sun’iy va tabiiy tolalardan 7 turdagi ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📈Bugungi kunda korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 tonna ip-kalavani tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.

💼 Korxonani tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun 18,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan.

Bu — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratish va tayyor mahsulot bilan tashqi bozorga chiqishning amaliy misollaridan biri.

🎬 400 ta ish o‘rni. 70% mahalliylashtirish. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 100% — eksportga.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 22-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari qo‘shma loyihalarga start berdilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev

✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.

“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.


Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
23-qahramon

Filtr, motor moyi, antifriz: mahalliy ishlab chiqarishda yangi yo‘nalish

Ishlab chiqarish hajmining qariyb 4 barobar o‘sishi, eksport geografiyasining kengayishi va elektromobillar uchun yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish — navbatdagi sanoat hikoyamiz ana shu natijalar haqida.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 23-qahramoni — Rustam Tojiboyev - “World trading company” ijrochi direktori.

🏭 Korxona faoliyatining dastlabki davrida ishlab chiqarish hajmi 2,5 ming tonna atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 10 ming tonnaga yetgan. Ish o‘rinlari soni ham 20 nafardan 120 nafardan ortiq darajaga ko‘paygan.

Korxonada havo filtrlari ishlab chiqarish dastlab kuniga 200–300 donadan boshlangan. Bugungi kunda esa ishlab chiqarish quvvati kuniga 1,5 ming donagacha yetkazilgan.

🌍 Mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga, Gruziya, Litva va Ozarbayjon kabi yangi yo‘nalishlar hisobiga eksport geografiyasi kengayib bormoqda.

🔬 Korxonada zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. Keyingi bosqichda avtomobillar uchun motor va texnik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, buning hisobiga yana 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

🔋 Yana bir yangi yo‘nalish — elektromobillar uchun antifriz ishlab chiqarish. Mazkur mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish ishlari boshlangan, shuningdek, BYD bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

🎬 4 barobar o‘sgan ishlab chiqarish, kengayayotgan eksport geografiyasi va yangi mahsulotlar.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 23-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👜 Ochiq muloqotdagi tashabbus – tadbirkor uchun amaliy natija

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida davlat xaridlarida tadbirkorlarning mablag‘larini ortiqcha muddatga band qilib turgan muammolardan biriga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mahsulot yetkazib berilganidan keyin ham ayrim hollarda tadbirkorlarning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan kafolat mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmayotgani qayd etildi. Endilikda qabul qilingan tovar bo‘yicha ushbu mablag‘larni avtomatik qaytarish tizimini joriy etish belgilandi.

🏢 Buning amaliy natijasini “Tafakkur xizmati samarasi” korxonasi misolida ham ko‘rish mumkin.

2021-yildan buyon kompyuter va qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona davlat xaridlaridagi tanlov va tenderlarda muntazam qatnashib keladi. Faoliyati davomida korxonaning xaridlarda ishtirok etish uchun kiritgan ayrim kafolat mablag‘lari qaytarilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan so‘ng korxonaning qaytarilishi kutilayotgan kafolat mablag‘lari qaytarildi.

💬 Korxona rahbarining ta’kidlashicha, mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ularni aylanmadan chiqarib qo‘ymaslik, keyingi tenderlarda faolroq qatnashish va yangi shartnomalar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
24-qahramon

🚆 Lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar mahalliylashtirilmoqda

Lokomotivlarni ta’mirlash, ularning xizmat muddatini uzaytirish va ilgari import qilingan ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish — navbatdagi sanoat hikoyamiz temir yo‘l mashinasozligi haqida.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 24-qahramoni — Ma’ruf Rixsibayev, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ bosh texnologi.

🚂Korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi lokomotivlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, temir yo‘l transporti uchun zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni ham bosqichma-bosqich o‘zlashtirib kelmoqda.

Bugungi kunda korxonada 1 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi. E’tiborlisi, ularning 70 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bu murakkab sanoat yo‘nalishida yangi avlod mutaxassislarining shakllanib borayotganini ko‘rsatadi.

🌍 Korxona faoliyati ichki bozor bilan cheklanmaydi. Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan lokomotivlarni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar yetkazib berish yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

⚙️ So‘nggi yillarda ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2026-yilda yana 7 turdagi yangi mahsulotni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🎬 Lokomotiv ta’miridan ehtiyot qismlar ishlab chiqarishgacha, mahalliylashtirishdan mintaqaviy hamkorlikkacha.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 24-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏2
✔️34 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot mahalliylashtirilmoqda

Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida gazni tayyorlash va tozalash jarayonlarida qoʻllaniladigan NaA markali seolitni mahalliylashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

✍️ Ayni paytda mazkur mahsulot import asosida xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2027-yilda NaA seolitga boʻlgan ehtiyoj qariyb 1 ming tonnani tashkil etadi va bu maqsad uchun 34 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. Mahsulotni mahalliylashtirish natijasida esa 12 foizga yaqin iqtisodiy samara olinishi kutilmoqda.

Loyiha Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Milliy metrologiya agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ hamkorligida mahalliy ishlab chiqaruvchi “Shturval” MCHJ bilan amalga oshirilmoqda.


➡️ Navbatdagi bosqichda mahalliy mahsulotning texnik va sifat koʻrsatkichlari akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada sinovdan oʻtkaziladi. Ijobiy natija qayd etilgan taqdirda mahsulot sanoat tajriba-sinoviga yoʻnaltiriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2