Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
14-qahramon
💊 Yangi korxona — 25 turdagi dori vositasi
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 14-qahramoni — Ahadxon Muhammadov, “Nano Pharmaceuticals” MChJ direktori.
✔️ Korxonada bugungi kunda 25 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
🏭 Korxonaning dastlabki loyihasi ampula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 50 foizni tashkil etib, korxona ichki bozorni zarur dori vositalari bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ammo bu — loyihaning birinchi bosqichi.
📈 Keyingi bosqichlarda qo‘shimcha ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirib, tabletka va surtma dori vositalari kabi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. 2027-yildan esa eksport yo‘nalishini rivojlantirish korxonaning ustuvor maqsadlaridan biri etib belgilangan.
🎬 Yanvarda ishga tushgan ishlab chiqarish. 25 turdagi dori. 50% mahalliylashtirish. Oldinda — yangi sexlar va eksport.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 14-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
14-qahramon
Ammo bu — loyihaning birinchi bosqichi.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 14-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
15-qahramon
Mahalliy televizorlar: ishlab chiqarishdan yangi texnologiyalar sari
2018-yilda tashkil etilgan korxona bugun yiliga 500 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 15-qahramoni — Sanjar Nasrullayev, “ALP Texno Servis” MChJ bosh muhandisi.
📺 Korxonada televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 35–40 foizni tashkil etadi.
Endilikda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bilan birga yangi texnologik yo‘nalishlarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, monoblok kompyuterlar hamda quyosh batareyalari asosida ishlaydigan yoritgichlar ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
💻 Bir mahsulotdan yangi texnologik yo‘nalishlargacha — korxonaning keyingi rivojlanish bosqichi qanday bo‘ladi?
🎬 Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 15-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
15-qahramon
Mahalliy televizorlar: ishlab chiqarishdan yangi texnologiyalar sari
2018-yilda tashkil etilgan korxona bugun yiliga 500 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Endilikda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bilan birga yangi texnologik yo‘nalishlarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, monoblok kompyuterlar hamda quyosh batareyalari asosida ishlaydigan yoritgichlar ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
16-qahramon
⚙️ Yirik sanoat uchun — mahalliy yechimlar
Kon-metallurgiya korxonalaridan temir yo‘l va jamoat transportigacha — turli sohalarda ishlatiladigan texnikalar uchun zarur radiatorlar bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 16-qahramoni — Jahongir Ro‘ziyev, “AVTOTRAKTORRADIATOR” MChJ direktor o‘rinbosari. Qahramonimiz ushbu yo‘nalishda 25 yillik tajribaga ega.
🏭 Korxona OKMK, NKMK, temir yo‘l va Toshkent shahar transporti tizimidagi yirik tashkilotlar uchun isitish va sovutish radiatorlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Bugungi kunda korxonada 550 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan 127 turdagi mahsulotga mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati olingan, mahalliylashtirish darajasi esa 80 foizni tashkil etadi.
🔗 Bu natijalar mahalliy ishlab chiqaruvchi va yirik buyurtmachilar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi qanday ishlayotganini amalda ko‘rsatadi.
🎬 25 yillik tajriba, 550 turdagi mahsulot va 80 foiz mahalliylashtirish — “Sanoat qahramonlari”ning 16-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
16-qahramon
Kon-metallurgiya korxonalaridan temir yo‘l va jamoat transportigacha — turli sohalarda ishlatiladigan texnikalar uchun zarur radiatorlar bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda korxonada 550 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan 127 turdagi mahsulotga mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati olingan, mahalliylashtirish darajasi esa 80 foizni tashkil etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
17-qahramon
100% mahalliylashtirilgan nasoslar — yangi eksport bozorlari sari
Mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan nasoslar, 350 dan ortiq mahsulot turi va tashqi bozorlarni kengaytirish maqsadi — Namangandagi korxonaning bugungi sanoat natijalari.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 17-qahramoni Namangan tumani Toshbuloq shaharchasida faoliyat yuritayotgan “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ rahbari Sobirjon Bekmirzayev.
🏭 Bugungi kunda zavodda 350 turdan ortiq nasoslar hamda 500 turdan ortiq elektr yuritma jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Nasoslarning mahalliylashtirish darajasi 100 foizni, elektr yuritma jihozlarida esa 60–70 foizni tashkil etadi.
🤝 Korxona tomonidan tuzilgan shartnomalar hajmi 80 milliard so‘mdan oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashqi bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda eksport hajmi 300 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.
🌍 Keyingi maqsad — Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bozorlaridagi ishtirokni kengaytirib, yillik eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish.
Qahramonimiz ta’kidlaganidek, mustaqillik tadbirkor uchun — erkin faoliyat yuritish, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va dunyo bozoriga mustaqil chiqish imkoniyati.
🎬 350+ turdagi nasos. 100% mahalliylashtirish. Keyingi marra — $1 mln eksport.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 17-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
17-qahramon
100% mahalliylashtirilgan nasoslar — yangi eksport bozorlari sari
Mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan nasoslar, 350 dan ortiq mahsulot turi va tashqi bozorlarni kengaytirish maqsadi — Namangandagi korxonaning bugungi sanoat natijalari.
Qahramonimiz ta’kidlaganidek, mustaqillik tadbirkor uchun — erkin faoliyat yuritish, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va dunyo bozoriga mustaqil chiqish imkoniyati.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 17-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sertifikatlashtirish jarayonida tadbirkorlar duch kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishdir.
🎤 Muloqot davomida “O‘zbekekspertiza” AJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda tovarlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi, mahalliy ishlab chiqarilganlik mezonlari, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni va xizmat uchun to‘lov tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, taqdimot qilindi.
Ochiq muloqotda Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan bir qatorda, respublikaning turli hududlaridan 70 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarining onlayn tarzda muloqotda qatnashishi ta’minlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🙏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
18-qahramon
🚗 20 foizdan 70 foizgacha: avtomobil sanoatida mahalliylashtirish
1995-yilda avtomobil sanoatida butlovchi qismlarni mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan korxona bugun mamlakatimizdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya asosida faoliyat yuritmoqda.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 18-qahramoni — Eldor Nazirov, “Uz Koram Ko” MChJ bosh direktori.
🏭 Korxona bugungi kunda UzAuto Motors, BYD va KIA avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarib, yetkazib bermoqda. Korxonada 1 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilmoqda.
⚙️ Eng muhim natijalardan biri — mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan 70 foizgacha oshirilgani. Bu avtomobil sanoatida import qilinayotgan butlovchi qismlarni bosqichma-bosqich mahalliy ishlab chiqarish hisobiga o‘zlashtirish imkonini bermoqda.
📈 Keyingi maqsadlar ham katta: korxona ishlab chiqarish quvvatini yiliga 550 ming komplektdan 1 million komplektgacha yetkazishni, shuningdek, UzAuto Motors, BYD va KIA uchun hozirda import qilinayotgan qo‘shimcha avtomobil qismlarini mahalliylashtirishni rejalashtirgan.
🎬 30 yillik sanoat tajribasi. 70% gacha mahalliylashtirish. 1 200+ xodim. Keyingi marra — 1 million komplekt.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 18-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
18-qahramon
1995-yilda avtomobil sanoatida butlovchi qismlarni mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan korxona bugun mamlakatimizdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya asosida faoliyat yuritmoqda.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 18-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
19-qahramon
⚙️ Import o‘rnini bosgan filtrlar — bugun eksport bozorida
2009-yilda 50 ta ish o‘rni bilan boshlangan ishlab chiqarish bugun 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonaga aylandi.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 19-qahramoni — Abdurashid Yunusov, “SDK Group And” MChJ direktori.
🚗 Korxona dastlab avtomobillar uchun havo va moy filtrlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2021-yildan boshlab mahsulot turlari kengaytirilib, avtomobil, maxsus texnika va sanoat uskunalari uchun turli filtrlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda korxonada mahsulot turiga qarab mahalliylashtirish darajasi 50–70 foizni tashkil etadi. Ayrim xomashyo, jumladan, metall import qilinsa-da, qolgan asosiy komponentlar korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
🌍 Eng muhimi, ilgari ichki bozorga asosan import orqali kirib kelgan ushbu mahsulotlar endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilibgina qolmay, Qozog‘iston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
Keyingi maqsad — eksport geografiyasini yanada kengaytirib, jahon bozoriga chiqish.
🎬 50 ta ish o‘rnidan — 200+ xodimgacha. Import o‘rnini bosishdan — eksportgacha.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 19-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
19-qahramon
2009-yilda 50 ta ish o‘rni bilan boshlangan ishlab chiqarish bugun 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonaga aylandi.
Bugungi kunda korxonada mahsulot turiga qarab mahalliylashtirish darajasi 50–70 foizni tashkil etadi. Ayrim xomashyo, jumladan, metall import qilinsa-da, qolgan asosiy komponentlar korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
Keyingi maqsad — eksport geografiyasini yanada kengaytirib, jahon bozoriga chiqish.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 19-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”da tilga olingan 4 trillion so‘mlik natijaning bir misoli — MCity
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik korxonalar bilan bog‘layotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmalari natijalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ko‘rgazmalar doirasida tadbirkorlar va yirik buyurtmachilar o‘rtasida 4 trillion so‘mlik shartnomalar tuzilgani qayd etildi.
Bu raqamlar ortida esa real korxonalar va yangi hamkorliklar bor.
✈️ Shulardan biri — aeroportlar uchun maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchi MCity korxonasi.
Korxona rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizovning ta’kidlashicha, transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida MCity va Uzbekistan Airports o‘rtasida 75 milliard so‘mlik memorandum imzolangan.
Ko‘rgazma korxona uchun nafaqat ichki bozorda yangi buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish, balki xorijiy sheriklar topish uchun ham amaliy maydonga aylandi. Natijada Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda korxona Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportiga aerodrom maxsus texnikalarini yetkazib bermoqda.
🤝 Bu — “Milliy sanoat zanjiri”ning asosiy maqsadi amalda qanday ishlayotganiga bir misol: mahalliy ishlab chiqaruvchini yirik buyurtmachi bilan uchrashtirish, kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish va bu aloqani real buyurtma hamda yangi bozorlarga olib chiqish.
Ko‘rgazma — ikki kun. Unda boshlangan hamkorlik esa yillarga davom etishi mumkin.
🎥 MCity rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizov “Milliy sanoat zanjiri” korxonaga qanday yangi imkoniyatlar bergani haqida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik korxonalar bilan bog‘layotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmalari natijalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ko‘rgazmalar doirasida tadbirkorlar va yirik buyurtmachilar o‘rtasida 4 trillion so‘mlik shartnomalar tuzilgani qayd etildi.
Bu raqamlar ortida esa real korxonalar va yangi hamkorliklar bor.
Korxona rahbari Davronxo‘ja Abdulhafizovning ta’kidlashicha, transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida MCity va Uzbekistan Airports o‘rtasida 75 milliard so‘mlik memorandum imzolangan.
Ko‘rgazma korxona uchun nafaqat ichki bozorda yangi buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish, balki xorijiy sheriklar topish uchun ham amaliy maydonga aylandi. Natijada Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda korxona Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportiga aerodrom maxsus texnikalarini yetkazib bermoqda.
Ko‘rgazma — ikki kun. Unda boshlangan hamkorlik esa yillarga davom etishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
20-qahramon
Ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan mahsulot — bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda
Ilgari xorijdan olib kelingan ayrim sanoat mahsulotlari bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda. Ayrim mahsulotlarda mahalliylashtirish darajasi esa 100 foizga yetgan.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 20-qahramoni — Sherzod Ahmadjonov, “NAVPROMLITMASH” korxonasi direktor o‘rinbosari.
🏭 Korxonada rangli va qora metallarni eritish va qayta ishlash orqali turli butlovchi qismlar hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik yo‘nalishida esa tog‘-kon sanoatida foydalaniladigan, ilgari asosan import qilingan qator uskuna va ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.
Jumladan, ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan tog‘-kon sanoati uchun ayrim butlovchi qismlar, shuningdek, havo, suv va moyni sovutishga mo‘ljallangan radiatorlar bugungi kunda korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
📈 Korxona faoliyatining dastlabki davrida mahalliylashtirish darajasi 10 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugun aksariyat mahsulotlarda bu ko‘rsatkich 90 foizgacha, ayrim mahsulotlarda esa 100 foizga yetgan. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yo‘lga qo‘yilgan kooperatsiya aloqalari ham muhim o‘rin tutmoqda.
🌍 Mahsulotlar Tojikiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda. Kelgusida esa energetika sohasi uchun gaz va bug‘ turbinalarining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
🤝 Qahramonimizning ta’kidlashicha, davlat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda uchrashtirayotgan ko‘rgazmalar hamda ochiq muloqotlar yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim imkoniyat yaratmoqda.
🎬 10% dan 100% gacha mahalliylashtirish. Import o‘rniga mahalliy ishlab chiqarish. Ichki bozordan — eksportgacha.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 20-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
20-qahramon
Ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan mahsulot — bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda
Ilgari xorijdan olib kelingan ayrim sanoat mahsulotlari bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda. Ayrim mahsulotlarda mahalliylashtirish darajasi esa 100 foizga yetgan.
Jumladan, ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan tog‘-kon sanoati uchun ayrim butlovchi qismlar, shuningdek, havo, suv va moyni sovutishga mo‘ljallangan radiatorlar bugungi kunda korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 20-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlarida ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Jahongir Yunusov intervyuda davlat xaridlari sohasida belgilangan ustuvor vazifalar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va tadbirkorlarni yangi loyihalarga jalb etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🙏2
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
21-qahramon
Mahalliy yuk avtomobillari eksport geografiyasini kengaytirmoqda
2023-yilda faoliyatini boshlagan korxona bugun yuk tashish transport vositalarini mahalliylashtirish bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi eksport bozorlariga chiqish ustida ishlamoqda.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 21-qahramoni — Ismoil Nazirov, “Van Universal Motors” MChJ boshqaruv direktori.
🏭 Korxonada bugungi kunda 7 xil modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish doirasida transport vositalarining ayrim butlovchi qismlarini korxonaning o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi 30 foizni tashkil etmoqda.
🚚 Korxona 12 tonnagacha yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobillar bilan cheklanib qolmasdan, ishlab chiqarish qatorini kengaytirishni maqsad qilgan. Kelgusida 12 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sanoat hududida yangi maydon ajratilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangan.
🌍 Korxona mahsulotlari Tojikiston va Afg'onistonga eksport qilinmoqda.
🎬 7 model. 30% mahalliylashtirish. 50 tonnagacha yuk avtomobillari. Keyingi manzil — yangi eksport bozorlari.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 21-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
21-qahramon
Mahalliy yuk avtomobillari eksport geografiyasini kengaytirmoqda
2023-yilda faoliyatini boshlagan korxona bugun yuk tashish transport vositalarini mahalliylashtirish bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi eksport bozorlariga chiqish ustida ishlamoqda.
🚚 Korxona 12 tonnagacha yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobillar bilan cheklanib qolmasdan, ishlab chiqarish qatorini kengaytirishni maqsad qilgan. Kelgusida 12 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sanoat hududida yangi maydon ajratilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangan.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 21-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
22-qahramon
Surxondaryoda ishlab chiqarilib, 100% eksport qilinmoqda
Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanib, mahsulotni to‘liq tashqi bozorga yo‘naltirish — Surxondaryodagi yana bir sanoat korxonasining bugungi natijasi.
🇺🇿 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 22-qahramoni — Xudoyor Isroilov, “Khilal Vortex” MChJ rahbari.
🏭 Korxonada sun’iy va tabiiy tolalardan 7 turdagi ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
📈 Bugungi kunda korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 tonna ip-kalavani tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda.
💼 Korxonani tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun 18,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan.
Bu — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratish va tayyor mahsulot bilan tashqi bozorga chiqishning amaliy misollaridan biri.
🎬 400 ta ish o‘rni. 70% mahalliylashtirish. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 100% — eksportga.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 22-sonida.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
22-qahramon
Surxondaryoda ishlab chiqarilib, 100% eksport qilinmoqda
Mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanib, mahsulotni to‘liq tashqi bozorga yo‘naltirish — Surxondaryodagi yana bir sanoat korxonasining bugungi natijasi.
Bu — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyoni qayta ishlab qo‘shilgan qiymat yaratish va tayyor mahsulot bilan tashqi bozorga chiqishning amaliy misollaridan biri.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 22-sonida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥2⚡1🤩1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3