Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.34K subscribers
698 photos
199 videos
538 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5🙏2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2🤔1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏3🙏1
🔊 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok eting!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risida”gi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar mavzusida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

🎤 Muloqot davomida sertifikatlashtirish jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar duch kelayotgan muammolar, sertifikat olish bilan bog‘liq to‘lovlar hamda boshqa amaliy masalalar muhokama qilinadi.

Tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

🗓 20-avgust, 2026-yil
Soat 16:00
💻 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish:

🔗 Zoom havolasi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
13-qahramon

🚗150 ming avtomobil — mahalliylashtirish darajasi 60 foizga yetdi

Avtomobil sanoatida mahalliylashtirish — tayyor avtomobilni yig‘ish bilangina cheklanmaydi. Uning butlovchi qismlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish va ishlab chiqarish zanjiriga mahalliy korxonalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining navbatdagi qahramoni — Behzod Quryazov, “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali direktori o‘rinbosari.

Bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 150 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish natijasida esa Damas avtomobilining mahalliylashtirish darajasi 60 foizga yetdi.

📈 Joriy yil yakuniga qadar korxona tomonidan 13 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

🎬 150 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvati ortida qanday jarayonlar bor va Damas’ning 60 foizlik mahalliylashtirish darajasiga qanday erishildi?

Navbatdagi sanoat hikoyasida tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 19.08.2026

Prezidentimiz kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
🇺🇿 Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun yurtimizda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, ilgari import qilingan mahsulotlarni o‘zimizda o‘zlashtirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va milliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarga olib chiqishda tadbirkorlarning tashabbusi va mehnati muhim o‘rin tutmoqda.

Sizlarning mehnatingiz sanoat rivoji, kuchli kooperatsiya va raqobatbardosh milliy iqtisodiyotning muhim tayanchidir. Har bir yangi korxona, o‘zlashtirilgan yangi mahsulot va yaratilgan ish o‘rni ortida sizlarning tashabbusingiz, tavakkalingiz va fidokorona mehnatingiz mujassam.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bugungi kunda 1 million 200 ming nafardan iborat O‘zbekiston biznes hamjamiyati yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Tadbirkorlarning yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishi, qo‘shilgan qiymatni oshirishi, yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yishi hamda tashqi bozorlarga jadal kirib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.


Tadbirkorlarning tashabbuslari va yangi loyihalari yurtimiz sanoati rivojida bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi nomidan barcha tadbirkorlarni "Tadbirkorlar kuni" bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda baraka, yangi loyihalar, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
14-qahramon

💊Yangi korxona — 25 turdagi dori vositasi

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 14-qahramoni — Ahadxon Muhammadov, “Nano Pharmaceuticals” MChJ direktori.

✔️ Korxonada bugungi kunda 25 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

🏭Korxonaning dastlabki loyihasi ampula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 50 foizni tashkil etib, korxona ichki bozorni zarur dori vositalari bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ammo bu — loyihaning birinchi bosqichi.

📈 Keyingi bosqichlarda qo‘shimcha ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirib, tabletka va surtma dori vositalari kabi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. 2027-yildan esa eksport yo‘nalishini rivojlantirish korxonaning ustuvor maqsadlaridan biri etib belgilangan.

🎬 Yanvarda ishga tushgan ishlab chiqarish. 25 turdagi dori. 50% mahalliylashtirish. Oldinda — yangi sexlar va eksport.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 14-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
15-qahramon

Mahalliy televizorlar: ishlab chiqarishdan yangi texnologiyalar sari


2018-yilda tashkil etilgan korxona bugun yiliga 500 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 15-qahramoni — Sanjar Nasrullayev, “ALP Texno Servis” MChJ bosh muhandisi.

📺Korxonada televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 35–40 foizni tashkil etadi.

Endilikda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bilan birga yangi texnologik yo‘nalishlarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, monoblok kompyuterlar hamda quyosh batareyalari asosida ishlaydigan yoritgichlar ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

💻Bir mahsulotdan yangi texnologik yo‘nalishlargacha — korxonaning keyingi rivojlanish bosqichi qanday bo‘ladi?

🎬Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 15-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️Prezident tashabbusi amalda: tadbirkorning 12 mlrd so‘m mablag‘i qaytarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

✔️ Mazkur topshiriq ijrosi doirasida “NAM MOTOR SERVIS” MChJning davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan va qaytarilishi kutilayotgan 12 mlrd so‘m zakalat mablag‘i tadbirkorga qaytarildi.

🤝 Qaytarilgan mablag‘ korxonaning aylanma mablag‘larini oshirish, ishlab chiqarish faoliyatini barqaror davom ettirish, yangi buyurtma va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
16-qahramon

⚙️Yirik sanoat uchun — mahalliy yechimlar

Kon-metallurgiya korxonalaridan temir yo‘l va jamoat transportigacha — turli sohalarda ishlatiladigan texnikalar uchun zarur radiatorlar bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 16-qahramoni — Jahongir Ro‘ziyev, “AVTOTRAKTORRADIATOR” MChJ direktor o‘rinbosari. Qahramonimiz ushbu yo‘nalishda 25 yillik tajribaga ega.

🏭Korxona OKMK, NKMK, temir yo‘l va Toshkent shahar transporti tizimidagi yirik tashkilotlar uchun isitish va sovutish radiatorlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda korxonada 550 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan 127 turdagi mahsulotga mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati olingan, mahalliylashtirish darajasi esa 80 foizni tashkil etadi.

🔗Bu natijalar mahalliy ishlab chiqaruvchi va yirik buyurtmachilar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi qanday ishlayotganini amalda ko‘rsatadi.

🎬 25 yillik tajriba, 550 turdagi mahsulot va 80 foiz mahalliylashtirish — “Sanoat qahramonlari”ning 16-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
17-qahramon

100% mahalliylashtirilgan nasoslar — yangi eksport bozorlari sari


Mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan nasoslar, 350 dan ortiq mahsulot turi va tashqi bozorlarni kengaytirish maqsadi — Namangandagi korxonaning bugungi sanoat natijalari.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 17-qahramoni Namangan tumani Toshbuloq shaharchasida faoliyat yuritayotgan “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ rahbari Sobirjon Bekmirzayev.

🏭Bugungi kunda zavodda 350 turdan ortiq nasoslar hamda 500 turdan ortiq elektr yuritma jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Nasoslarning mahalliylashtirish darajasi 100 foizni, elektr yuritma jihozlarida esa 60–70 foizni tashkil etadi.

🤝 Korxona tomonidan tuzilgan shartnomalar hajmi 80 milliard so‘mdan oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashqi bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda eksport hajmi 300 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

🌍 Keyingi maqsad — Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bozorlaridagi ishtirokni kengaytirib, yillik eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish.

Qahramonimiz ta’kidlaganidek, mustaqillik tadbirkor uchun — erkin faoliyat yuritish, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va dunyo bozoriga mustaqil chiqish imkoniyati.

🎬 350+ turdagi nasos. 100% mahalliylashtirish. Keyingi marra — $1 mln eksport.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 17-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
✔️Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sertifikatlashtirish jarayonida tadbirkorlar duch kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishdir.

🎤 Muloqot davomida “O‘zbekekspertiza” AJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda tovarlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi, mahalliy ishlab chiqarilganlik mezonlari, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni va xizmat uchun to‘lov tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, taqdimot qilindi.


Ochiq muloqotda Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan bir qatorda, respublikaning turli hududlaridan 70 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarining onlayn tarzda muloqotda qatnashishi ta’minlandi.

➡️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🙏2