Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.31K subscribers
698 photos
200 videos
539 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini taʼkidladi.

O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi.

Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi.

Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi.

Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi.

Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.

Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak,

– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi.

Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi.

Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi.

Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi.

Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi.

– Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur,

– dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi.

Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi.

Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

– Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!

– dedi davlatimiz rahbari.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

🔉Loyihaning sakkizinchi qahramoni — Nodir Yorqulov, ichimliklar uchun alyuminiy qadoqlar ishlab chiqarish va ichimlik quyish kompleksiga ega “East Can Solutions” korxonasi savdo bo‘limi rahbari.

🏭Korxona yiliga 600 mln dona alyuminiy banka ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bugungi kunda mahsulotning mahalliylashtirish darajasi 75 foizni tashkil etmoqda.

📦 Mazkur mahsulotlar ilgari asosan Xitoy, Qozog‘iston va Rossiyadan import qilingan. Bugun esa ularning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi ichimlik ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun ta’minot jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini bermoqda.

⏱️Xususan, avvallari ishlab chiqaruvchilar alyuminiy bankalar importini bir necha hafta kutishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda zarur mahsulotni bir necha soat ichida yetkazib berish imkoniyati mavjud. Bu ishlab chiqarishni rejalashtirishni optimallashtirish, logistika vaqtini qisqartirish va mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

🎬Navbatdagi son orqali ilgari import qilingan mahsulotning bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi, 75 foizlik mahalliylashtirish darajasi hamda buning mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun amaliy samarasi bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Sakkizinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3🫡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

⚙️Loyihaning to‘qqizinchi qahramoni — Sayot Qosimov, neft-gaz sanoatida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kogon Mars Plyus” korxonasi rahbari.

🏭Bugungi kunga kelib korxonada neft-gaz sohasi uchun 700 turdan ortiq asbob-uskunalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 75 foizni tashkil etmoqda.

🔩 Bu orqali ilgari tashqi bozorlardan xarid qilinadigan qator sanoat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarish, mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importga qaramlikni qisqartirish imkoniyati yaratilmoqda.

📈 Korxonaning yaqin istiqboldagi asosiy rejalaridan biri — quyuv sexini ishga tushirish. Yangi ishlab chiqarish bosqichining yo‘lga qo‘yilishi korxonaning o‘zida tayyorlanadigan butlovchi qismlar ulushini oshirish hamda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar turini yanada kengaytirish imkonini beradi.

🎬 Navbatdagi son orqali neft-gaz sanoati uchun asbob-uskunalarni mahalliylashtirish jarayoni, 75 foizlik mahalliylashtirish darajasi va korxonaning yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha rejalari bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹To‘qqizinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🙏3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
10-qahramon

63% mahalliylashtirish. 30% eksport.


Mahalliy xomashyo va imkoniyatlarga tayangan ishlab chiqarish nafaqat ichki bozor ehtiyojini ta’minlaydi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga chiqishiga ham yo‘l ochadi.

🏗 “Sanoat qahramonlari” loyihasining 10-qahramoni — Ashurmuhammad Mirzoyev, “Demir Gypsum” korxonasi sotuv menejeri.

Besh yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonada bugungi kunda 14 turdan ziyod gipsokarton va quruq qurilish qorishmalari, jumladan, gips satin ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 63 foizdan oshgan, eksport ko‘rsatkichi esa 30 foizni tashkil etmoqda.

💬 Ashurmuhammad Mirzoyev navbatdagi sanoat hikoyasida mahalliy xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni, ichki bozorda o‘z o‘rnini topgan mahsulotlarning eksportga chiqishi va korxona faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab beradi.

🎬 14 turdan ortiq mahsulot. 63%+ mahalliylashtirish. 30% eksport. Bularning ortida qanday ishlab chiqarish jarayoni bor?

🔹“Sanoat qahramonlari”ning 10-sonida tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
11-qahramon

🩺85 foizgacha mahalliylashtirilgan tibbiyot mahsulotlari

Murakkab tibbiy buyumlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish — nafaqat yangi mahsulotni o‘zlashtirish, balki texnologiya va kompetensiyalarni mamlakat ichida shakllantirish demakdir.

“Sanoat qahramonlari”ning navbatdagi sonida Buxoro viloyatidagi “Tibtexnika” MChJ ish yurituvchisi Matluba Ochilova faoliyati bilan tanishamiz.

🏭1969-yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonada 2018-yilda yurak-qon tomir stentlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 7 turdagi kateter mahsulotlari ishlab chiqarilib, ularning mahalliylashtirish ko‘rsatkichi 45–85 foizni tashkil etmoqda.

Korxona bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Keyingi bosqichda mahsulotlar turini 40 taga yetkazish, jumladan, oshqozon-ichak tizimi va miya qon tomirlari uchun stentlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

🌍 Navbatdagi maqsadlardan yana biri — Pokiston, Afg‘oniston va Bangladeshga eksportni yo‘lga qo‘yish.

🎬Mahalliylashtirish murakkab tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishda qanday natija bermoqda? 11-sonda tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
12-qahramon

⚙️ 2007 → 2026: 3–4 xodimdan 800+ xodimgacha

1 000+ turdagi mahsulot.
800+ xodim.
19 yillik ishlab chiqarish tajribasi.


Bu – “Gidro Stanko Servis” korxonasining bugungi ko‘lami.

🇺🇿 “Sanoat qahramonlari”ning 12-qahramoni – korxona rahbari Baxtiyor Hamroyev.

2007-yilda sanoatdagi faoliyatini kichik jamoa bilan boshlagan korxona bugungi kunda yer osti texnikalari uchun mingdan ortiq turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan korxonaga aylandi.

🎥 Raqamlar ortida esa qariyb yigirma yillik mehnat, tajriba va ishlab chiqarish tarixi bor.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha korxona rahbari Baxtiyor Hamroyevni sohadagi mehnati “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotladi.

Batafsil – “Sanoat qahramonlari”ning 12-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥41👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5🙏2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2🤔1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏3🙏1
🔊 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok eting!

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risida”gi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar mavzusida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

🎤 Muloqot davomida sertifikatlashtirish jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar duch kelayotgan muammolar, sertifikat olish bilan bog‘liq to‘lovlar hamda boshqa amaliy masalalar muhokama qilinadi.

Tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

🗓 20-avgust, 2026-yil
Soat 16:00
💻 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish:

🔗 Zoom havolasi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏31