Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.34K subscribers
698 photos
199 videos
538 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Kadrlar salohiyati va ilm-fan integratsiyasi: Xitoy va Germaniya tajribasi nimasi bilan muhim?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi sonida Agentlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — malakali kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish masalalari haqida so‘z yuritiladi.

Unda mutaxassislarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, olimlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni real ishlab chiqarish jarayonlariga olib kirish va tijoratlashtirish borasidagi yondashuvlar yoritiladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda Xitoy va Germaniyaning ilg‘or tajribasi, ilmiy g‘oyalarni sanoat ehtiyojlari bilan bog‘lash mexanizmlari hamda samarali yechimlarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish istiqbollari haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot boshlanish arafasida

Bugun, Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Ayni damda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🤝2😢1
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

📑Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

✍️ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

✍️ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

➡️Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

✍️ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

✍️ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

✍️ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

✍️qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

✍️ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

✍️ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.


➡️Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

✔️Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

✔️Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
1-qahramon

Sanoat qahramonlari – yangi maxsus loyiha

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi “Sanoat qahramonlari ” maxsus loyihasini boshlaydi.

🏭 Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi qahramonlari misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar insonlar hikoyasi orqali yoritib boriladi.

🎬Loyihaning ilk qahramoni — Shahlo Subanova, “TexSistemaServis” va “Cashgenics” korxonalari rahbari.

Birinchi son orqali O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan depozit mashinalarini ishlab chiqarish, mahsulotni mahalliylashtirish jarayoni hamda mahalliy ishlab chiqarishni yanada kengaytirish yo‘lidagi ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Birinchi sonni tomosha qiling.

🎞Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4🔥4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Qaysi xorijiy tajriba O‘zbekistonda tezroq amaliy natija berishi mumkin?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi sonida xorijiy tajribalarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etishda qaysi yo‘nalishlar qisqa muddatda samarali natija berishi mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

Ekspert fikriga ko‘ra, bunda Janubiy Koreya bilan davlat xaridlarini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik alohida istiqbolga ega. O‘zbekistonda bu borada zarur raqamli infratuzilma va amaliy tajriba shakllanib borayotgani Koreyaning ilg‘or elektron xarid yechimlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim asos yaratadi. Ikki davlat o‘rtasida elektron davlat xaridlari tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, Xitoy tajribasi asosida avtomobil sanoatidagi kooperatsiyani kengaytirish, mahalliylashtirish va yangi texnologik loyihalarni rivojlantirish uchun ham O‘zbekistonda mustahkam ishlab chiqarish bazasi mavjud. Bugungi kunda mamlakat avtomobil sanoatida bir nechta yirik xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalar uchun muhim zamin yaratmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
2-qahramon

Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🤖 Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi qahramonlari misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar insonlar hikoyasi orqali yoritib boriladi.

🎬 Loyihaning ikkinchi qahramoni — Sarvar Turg‘unov, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan “KRANTAS GROUP” korxonasi bosh loyihachisi.

Navbatdagi son orqali maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari, metallni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi maxsus texnikalarni o‘zlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

👷‍♂️ Bugungi kunda “KRANTAS GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Ikkinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

#Ахборот24 | 15.08.2026

Открытый диалог с предпринимателями

"O'zbekiston 24" telekanali

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ochiq muloqot qanday o‘tdi?

Xabaringiz bor, kecha Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilgan edi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari bevosita muhokama qilinib, amaliy yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

▶️Ochiq muloqotning eng muhim va qiziqarli lahzalarini videoreportajda tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 10-15 avgust, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

🎤 2026-yil 2-chorak yakuniga ko'ra, davlat xaridlarida shartnoma ma’lumotlarini joylashtirishda 38% gacha kechikish aniqlandi;

🎥 "Ekspertga so'z" loyihasining navbatdagi soni e'lon qilindi – Agentlik qaysi yo‘nalishlarda Saudiya Arabistoni tajribasini o‘rganadi?

🇺🇿🇨🇳 Agentlik xodimlari Xitoyning Chendu shahrida malaka oshirish seminarlarida ishtirok etmoqda;

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi;

✔️Hududlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan manzilli ishlash davom etmoqda;

🎥 "Ekspertga so'z" loyihasining navbatdagi soni e'lon qilindi: Janubiy Koreya tajribasi: davlat xaridlarini raqamlashtirishda qanday yechimlar muhim?

🎤 Ilm-fan va sanoat integratsiyasi: Materialshunoslik institutining ilmiy salohiyati o‘rganildi;

🎥 "Ekspertga so'z" loyihasining navbatdagi soni e'lon qilindi: Kadrlar salohiyati va ilm-fan integratsiyasi: Xitoy va Germaniya tajribasi nimasi bilan muhim?

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan “Sanoat qahramonlari ” maxsus loyihasi yo'lga qo'yildi;

🎤 Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
3-qahramon

Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🤖 Loyiha orqali yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi va ular ortida turgan insonlar misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar yoritib boriladi.

🎬Loyihaning uchinchi qahramoni — “Crown Ceramic” korxonasi rahbari Bobur Sultonaliyev.

Umumiy qiymati 70 million dollar bo‘lgan “Crown Ceramic” bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yirik keramogranit mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Korxonada zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan ilmiy yondashuv uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, ilgari importga bog‘liq bo‘lgan mahsulotni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida uning tannarxini ikki baravar arzonlashtirishga erishilgan.

Navbatdagi son orqali yirik sanoat loyihasini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirish, mahsulotni mahalliylashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqarishni shakllantirish ortidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Uchinchi sonni tomosha qiling.

▶️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
4-qahramon

Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🤖 Loyiha doirasida yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi va ular ortida turgan insonlar misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar yoritib boriladi.

🎬 Loyihaning to‘rtinchi qahramoni — Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan “Zamin Azia Farm” korxonasi bosh muhandisi Sherzodjon Qosimov.

7 million dollar investitsiya kiritilgan korxonada bugungi kunda 10 turdagi dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish to‘liq quvvatga chiqqach, mahsulot turlarini 40 tagacha yetkazish imkoniyati mavjud.

Korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizni tashkil etadi. Ayni paytda ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga ichki bozorga oyiga 2 million dona farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Navbatdagi son orqali zamonaviy farmatsevtika ishlab chiqarishi, mahalliylashtirish jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda ichki bozorni mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹 To‘rtinchi sonni tomosha qiling.

🎞Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Yashil davlat xaridlari: ekologik mezonlar xaridlar tizimiga qanday joriy etiladi?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi sonida yashil davlat xaridlarini rivojlantirish hamda bu yo‘nalishda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) bilan olib borilayotgan hamkorlik haqida so‘z yuritiladi.

Unda davlat xaridlarida ekologik mezonlarni bosqichma-bosqich joriy etish, xususan, ayrim tovar va xizmatlar kategoriyalaridagi xaridlarning 15 foizini “yashil xaridlar” tamoyillari asosida amalga oshirish bo‘yicha rejalar haqida ma’lumot beriladi.

Shuningdek, ushbu yondashuv orqali ekologik talablarga javob beradigan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik standartlarni kengroq qo‘llash bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3🤔1👀1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
5-qahramon

Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi


O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

💊Loyihaning beshinchi qahramoni — Zokir Rahimov, 2011-yilda tashkil etilgan “Nova Farm” korxonasining ishlab chiqarish direktori.

🏭Korxona bugungi kunda 3 ta ishlab chiqarish sexida tabletka, kapsula, suspenziya va antibiotiklar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish jarayonlari GMP standarti talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 100 mlrd so‘mni tashkil etadi.

🌍 Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni va boshqa xorijiy bozorlarga, jumladan, Afg‘oniston va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda.

📈 Kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida korxonada qo‘shimcha 4 ta sexni ishga tushirish rejalashtirilgan. Yangi quvvatlarda, jumladan, ampula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

🎬 Navbatdagi son orqali Zokir Rahimov faoliyati misolida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish, eksport va korxonaning istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Beshinchi sonni tomosha qiling.

▶️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
6-qahramon

Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi


O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

🏭Loyihaning navbatdagi qahramoni — Ixtiyor Hamroyev, ventilyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Jihozvent” korxonasi rahbari.

⚙️2002-yilda o‘z faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 80 foizdan oshgan. 2026-yilda esa korxonada 300 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

🤝 Korxona mahsulotlariga bo‘lgan buyurtmalarning 70 foizdan ortig‘i davlat xaridlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish bilan birga, mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga ham eksport qilinmoqda.

⚙️Kelgusida ishlab chiqarishni konveyer tizimiga o‘tkazish, jarayonlar samaradorligini oshirish va shu orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirish maqsad qilingan.

🎬 Navbatdagi son orqali Ixtiyor Hamroyev faoliyati misolida ventilyatsiya mahsulotlarini mahalliylashtirish, davlat xaridlaridagi talab, sanoat kooperatsiyasi va eksportni kengaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Navbatdagi sonni tomosha qiling.

▶️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.

Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan:

– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,

– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,

– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,

– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,

– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Tadbirkorlar bilan ochiq
muloqot

"Yoshlar" telekanali

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

🏗 Loyihaning yettinchi qahramoni — Istam To‘rayev, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Surkhon Sendwich” MChJ savdo bo‘limi xodimi.

🏭2016-yilda tashkil etilgan korxona sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Joriy yilning dastlabki 7 oyida korxonada 30 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

🤝 Ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan qurilish xomashyolari respublikaning turli hududlaridagi mahalliy korxonalardan yetkazib beriladi. Bu esa hududlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida barqaror qiymat zanjirini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

📈 Korxonaning istiqboldagi rejalari ham ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratilgan. Xususan, 2027-yilda 12 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

🎬 Navbatdagi son orqali sendvich panellar ishlab chiqarish jarayoni, mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari hamda korxonaning kelgusidagi investitsiya rejalari bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹 Yettinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3