Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
3.34K subscribers
698 photos
199 videos
538 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏2
🏛 Oʻzbekistonda davlat xaridlari bozori 6 oyda 188,4 trln soʻmga yetdi
2026-yilning 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, davlat buyurtmachilari tomonidan 1 099 305 ta bitim doirasida jami 188,4 trln so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirildi. Tahlillar natijasida 7,2 trln so‘m mablag‘ tejaldi.

📊 Davlat xaridlarida eng yuqori ko‘rsatkichlar:

➡️Hududlar kesimida eng yuqori xaridlar:
• Toshkent shahri — 77 694,2 mlrd so‘m (41%);
• Navoiy viloyati — 34 268,2 mlrd so‘m (18%);
• Toshkent viloyati — 17 161,3 mlrd so‘m (9%).

➡️Budjet buyurtmachilari orasida:
• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 13 451,6 mlrd so‘m;
• Transport vazirligi — 10 981,5 mlrd so‘m;
• Suv xo‘jaligi vazirligi — 7 005,9 mlrd so‘m.

➡️Korporativ buyurtmachilar orasida:
• “Navoiy KMK” AJ — 21 783,7 mlrd so‘m;
• “Olmaliq KMK” AJ — 8 422,8 mlrd so‘m;
• “O‘zbekneftgaz” AJ — 6 468,6 mlrd so‘m;
• “Navoiyuran” AJ — 5 816,3 mlrd so‘m.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Davlat xaridlari va mahalliylashtirishda qaysi davlatlar tajribasi O‘zbekiston uchun dolzarb?

Yangi "Ekspertga so‘z" loyihasining ilk sonida ushbu savolga javob beriladi. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar, Agentlik faoliyati hamda strategik yondashuvlar endi ekspertlar nigohida.

Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va BAA bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorliklarning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🙏2
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

🟢Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

🟢Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

🟢Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥21
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 3–7-avgust, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

😣 Xalqaro hamkorlik:
“Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari tizimini mustahkamlash” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatidan lavhalar taqdim etildi.

📊 Davlat xaridlari tahlili:
Agentlik tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan davlat xaridlari tahlil qilinib, asosiy ko‘rsatkich va natijalar sarhisob qilindi.

Iyul oyi yakunlari:
Agentlikning iyul oyidagi faoliyati sarhisob qilindi. Sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar jamlandi.

📑 O‘zlashtirishga tavsiya etiladigan yangi mahsulotlar:
Kimyo va farmatsevtika sanoati yo‘nalishlarida mahalliylashtirish uchun istiqbolli deb baholangan yana 10 ta mahsulot o‘zlashtirishga tavsiya etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.

📍 Hududlarda amaliy ishlar:
Agentlikning hududiy loyiha ofislari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini o‘rganish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirildi.

🎙 “Ekspertga so‘z” — yangi loyiha:
Yangi loyihaning ilk sonida davlat xaridlari va mahalliylashtirish sohasida O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan xorijiy tajribalar, sohadagi islohotlar hamda strategik yondashuvlar ekspert nigohida tahlil qilindi.

📶 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi — haftaning muhim voqealari bir dayjestda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥3
Shartnoma ma’lumotlarini joylashtirishda 38% gacha kechikish aniqlandi

2026-yilning 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha davlat xaridlari tahlili davomida ayrim buyurtmachilar tomonidan shartnoma ma’lumotlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda elektron tizimga joylashtirmaslik holatlari qayd etildi.

📊Tahlil natijalariga ko‘ra, eng yuqori kechikish ko‘rsatkichi 38 foizni tashkil etdi.

Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan buyurtmachilar:

“Milliybank” ATB38%
“Hududgazta’minot” AJ35%
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ34%

➡️ Batafsil

Mazkur tahlillar davlat xaridlari tizimida ochiqlik, shaffoflik hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥2❤‍🔥1👀1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Agentlik qaysi yo‘nalishlarda Saudiya Arabistoni tajribasini o‘rganadi?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi soni Saudiya Arabistoni tajribasiga bag‘ishlanadi.

Unda Agentlik tomonidan Saudiya Arabistonining mahalliy kontentni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning davlat xaridlaridagi ishtiroki va ulushini oshirish borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish masalalari haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va samarali mexanizmlarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha rejalar haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍6👏3🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Sanoat kooperatsiyasi: islohotlar samarasi

#Ortga_qaytmas_islohotlar | 07.08.2026

"O'zbekiston 24" telekanali

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥32
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Agentlik va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan:

✍️ sanoat korxonalari muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish;
✍️ ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
✍️ qo‘shma tahliliy va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari yo‘nalishlari uchun malakali kadrlar tayyorlash;
✍️ talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilarni amaliy loyihalarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.


Muloqot yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥31🆒1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Janubiy Koreya tajribasi: davlat xaridlarini raqamlashtirishda qanday yechimlar muhim?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi soni Janubiy Koreyaning davlat xaridlari sohasidagi tajribasiga bag‘ishlanadi.

Unda davlat xaridlari jarayonlarini raqamlashtirish, elektron xarid mexanizmlarini takomillashtirish hamda KONEPS tizimining asosiy afzalliklari haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, Janubiy Koreyada davlat xaridlarini yagona raqamli muhitda tashkil etish, jarayonlarning tezkorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilayotgan ilg‘or raqamli yechimlar hamda ularni O‘zbekiston amaliyotida qo‘llash istiqbollari haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5👏5🙏21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥3👍21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
🔴Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi

Ertaga, 14-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Ochiq muloqotda davlat xaridlari orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xaridlardagi ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarni bevosita o‘rganish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda amaliy takliflarini Agentlik rahbariyati va tegishli tashkilotlar vakillariga bevosita bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, davlat xaridlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar hamda elektron xarid tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi.
⏱️Boshlanish vaqti: 11:00.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

Tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etib, o‘z taklif va muammolarini bevosita bildirishga taklif etamiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspertga_soz

Kadrlar salohiyati va ilm-fan integratsiyasi: Xitoy va Germaniya tajribasi nimasi bilan muhim?

“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi sonida Agentlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — malakali kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish masalalari haqida so‘z yuritiladi.

Unda mutaxassislarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, olimlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni real ishlab chiqarish jarayonlariga olib kirish va tijoratlashtirish borasidagi yondashuvlar yoritiladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda Xitoy va Germaniyaning ilg‘or tajribasi, ilmiy g‘oyalarni sanoat ehtiyojlari bilan bog‘lash mexanizmlari hamda samarali yechimlarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish istiqbollari haqida batafsil bilib oling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot boshlanish arafasida

Bugun, Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Ayni damda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🤝2😢1
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

📑Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

✍️ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

✍️ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

➡️Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

✍️ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

✍️ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

✍️ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

✍️qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

✍️ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

✍️ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.


➡️Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

✔️Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

✔️Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_Qahramonlari
1-qahramon

Sanoat qahramonlari – yangi maxsus loyiha

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi “Sanoat qahramonlari ” maxsus loyihasini boshlaydi.

🏭 Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi qahramonlari misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar insonlar hikoyasi orqali yoritib boriladi.

🎬Loyihaning ilk qahramoni — Shahlo Subanova, “TexSistemaServis” va “Cashgenics” korxonalari rahbari.

Birinchi son orqali O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan depozit mashinalarini ishlab chiqarish, mahsulotni mahalliylashtirish jarayoni hamda mahalliy ishlab chiqarishni yanada kengaytirish yo‘lidagi ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Birinchi sonni tomosha qiling.

🎞Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍4🔥4