Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
3.21K subscribers
653 photos
182 videos
495 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙Ko‘rgazma ishtirokchilari bilan suhbat — “World Trading Company” korxonasi.

Intervyuda korxona tomonidan ko‘rgazmada namoyish etilgan 100 foiz mahalliylashtirilgan antifriz mahsuloti, uni ishlab chiqarish jarayoni hamda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida erishilgan kelishuvlar va yangi hamkorlik imkoniyatlari haqida so‘z boradi.

🎥 Batafsil — videoda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥4🤯2
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 13-18 iyul, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

🎤 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi Nizom loyihasi yuzasidan ochiq muhokama o'tkazildi.

➡️ Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston metallurgiya kombinati Quyuv-prokatlash majmuasida mahalliylashtirish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

🇺🇿🇫🇷 Agentlikda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi bilan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿🇺🇸 Agentlikda Amerikaning Prestone PFX kompaniyasi hamda “Global Petrochemical Group” MChJ vakillari bilan avtomobil kimyosi mahsulotlarini mahalliylashtirish istiqbollari yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🇺🇿🇨🇳 “Sinoma Wind Power Blade Central Asia” MChJ XK vakillari bilan shamol elektr stansiyalari uchun ehtiyot qismlar va butlovchi mahsulotlarni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

🔗 Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli tashkil etilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik buyurtmachilar va investorlar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari yaratildi.

✍️ Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov “UzHydroPower” zavodiga tashrif buyurib, mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

🤝 Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha Respublika final bosqichi ochilish marosimida Kasbiy ta’lim agentligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi o‘rtasida kasbiy ta’lim va sanoat uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni kuzatishda davom eting va Agentlik faoliyatidagi muhim yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Yuzma-yuz: Milliy sanoat zanjiri”ko‘rgazmasi

Renessans TV

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🙏4🫡3🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_loyiha_ofislari

〰️ Sirdaryoda Xitoy investorlari bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Sirdaryo viloyatida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar va rasmiy delegatsiya ishtirokida xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida investitsiya loyihalari, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunida to‘qimachilik sohasida sun’iy aralash tolalar (viskoza, poliyester va liyon) hamda matolar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan 3 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvlar hududda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi investitsiyalarni jalb etish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim zamin yaratadi.

✔️Uchrashuv Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati loyiha ofisi hamda "BA Holding" hamkorligida tashkil etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏31
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥4❤‍🔥2🤝1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi "Avtomobil texnologiyasi" kasbi Respublika bosqichining 2-kuni jarayonlari

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovi
ishtirokchilari "Avtomobil texnologiyasi" kasbi bo‘yicha 3 ta modul asosida o‘zaro bellashdi.

Tanlov davomida ular kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda vazifalarni belgilangan talablar asosida bajarish mahoratini namoyon etdi.

📌 Mazkur yo‘nalish bo‘yicha tanlov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etishda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “UzAvtosanoat” AJ, “UzAvtomotors” va “Avtotexxizmat” MCHJ bilan hamkorlik qilinmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


"Mahalla" telekanali "Joyida" informatsion dasturi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥31🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi — yakuniy videoreportaj

15–16-iyul kunlari Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida ko‘rgazma transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, investorlar va tarmoq korxonalarini yagona maydonda birlashtirdi.

Import o'rnini bosuvchi mahsulotlar, amaliy muzokaralar, hamkorlik tashabbuslari va ishtirokchilar taassurotlari — yakuniy videoreportajda.

▶️Ko‘rgazmaning eng muhim lahzalarini tomosha qiling.

📍 Koʻrgazma boʻyicha yakuniy natijalar Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilib boriladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🔥32
Ayni paytda Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o'tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏2👌2
🇺🇿🇨🇳 Bank texnologiyalarini mahalliylashtirish istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoyning “China Electronic Financial Equipment Systems” (CFES) kompaniyasi delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🎤 Uchrashuvda O‘zbekistonda bank uskunalari, bankomatlar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari, POS-terminallar va aqlli kassa tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

CFES vakillari kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, xalqaro tajribasi, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy yechimlar, aqlli bank filiallari va raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdilar. Qayd etilishicha, kompaniya mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakat va hududlarida qo‘llaniladi.

🎤 Tomonlar O‘zbekistonda bank uskunalari va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashdilar.


Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash hamda o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Oziq-ovqat sanoati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 60 dan ortiq tadbirkor ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

✔️ Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilib, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash, tadbirkorlarning takliflarini eshitish hamda ularga yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tushuntirishga qaratildi.

🎤 Muloqotda oziq-ovqat mahsulotlari importi tahlili hamda ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, shokolad, pishloq, quyultirilgan sut, bolalar ozuqasi, souslar, chipslar, gazlangan ichimliklar, pechenye, vafli, makaron va boshqa mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoki yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan:
— mahalliylashtirish loyihalari uchun 10 yilgacha muddatga 10 mln AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar;
— aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 2 mln AQSH dollarigacha moliyalashtirish;
— xorijiy texnologiya, brend, tovar belgisi va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash;
— ayrim xomashyo, material va butlovchi qismlar importi uchun bojxona imtiyozlari;
— import hajmi, ichki talab va mahalliy ishlab chiqarish salohiyati asosida shakllantirilayotgan istiqbolli mahsulotlar ro‘yxati orqali yangi biznes yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatlari.


Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning moliyalashtirish, sertifikatlashtirish, xomashyo ta’minoti, davlat xaridlarida ishtirok etish, mahalliylashtirish va bozorlarga chiqish bilan bog‘liq savol hamda takliflari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4👍3🙏2
✔️ Avval xabar berganimizdek, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaliy takliflarni shakllantirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Endilikda siz davlat xaridlari jarayonida uchrayotgan muammo va takliflaringizni quyidagi onlayn havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Agentlikka yuborishingiz mumkin:

🔍 Sizning murojaatlaringiz davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirish, jarayonlarni soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So’rovnoma joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar davom etadi.

Faol ishtirokingiz va tizimni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍43👏3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏32👍2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot24 | O'zbekiston-Afg'oniston: hamkorlik faollashmoqda

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3👏32
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Axborot24 | 21.07.2026

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari-2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining respublika bosqichidan reportaj

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2🙏2👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Samarqandda oʻtkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” koʻrgazmasi tafsilotlari.

YOSHLAR TV-"Yangi Davr" informatsion dasturi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4👍3🙏3