Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.23K subscribers
902 photos
261 videos
697 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston metallurgiya kombinati Quyuv-prokatlash majmuasining yagona boshqaruv pulti orqali metalni prokatlash jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6❤‍🔥3🏆1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyuv-prokatlash majmuasining yagona boshqaruv pulti va mahsulotlari davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏5👍4🫡1🆒1
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏3
Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamchi metaldan, 60 foizini import hisobidan ishlab chiqarmoqda.

Respublika bo‘yicha har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topshirilayotgan bo‘lsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda.

Shu bois, qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron platforma orqali real vaqt rejimida monitoring qilinadi.

Qora metallurgiya sanoatida sog‘lom raqobat muhiti va narx barqarorligini ta’minlash, sohada ta’sirchan nazorat mexanizmlarini o‘rnatish uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi tashkil etiladi.

Ushbu ofis metall mahsulotlari bozorini kunlik tahlil qiladi, xomashyo va tayyor mahsulotga talab va taklifni shakllantiradi, mahsulot sifati, kelib chiqishi, fizik va kimyoviy tarkibi aks etadigan raqamli pasportni yuritadi.

Mutasaddilarga bir oyda loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 1-avgustdan “E-lom” elektron platformasini ishga tushirib, qora metall aylanmasini nazoratga olish topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3🫡1
Mamlakatimizda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosini olish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan.

Ushbu kondan temir konsentrati 2027-yildan boshlab kombinatga yetkazib berilishi shartligi belgilandi.

Bundan tashqari, “Tebinbuloq” konini uch-to‘rt yilda ishga tushirish orqali yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolangani qayd etilib, tez fursatda shartnomani rasmiylashtirish va kelgusi yildan xomashyo olib kelishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Metallurgiya sohasidagi yirik xususiy korxonalar ham geologiya-qidiruv ishlari, konlardan xomashyo qazib olish va tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq texnologik zanjirni tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Samarqanddagi korxona temir koni berilsa, xomashyo qazib olishga 500 million dollargacha sarmoya kiritish tashabbusini bildirgan. Bekobod metallurgiya kombinati esa xomashyo bazasini kengaytirish uchun Forishdagi 32 million tonna temir resursiga ega “Temirkon”ni o‘zlashtirishni so‘ragan.

Prezidentimiz buning uchun sharoit yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
Iqtisodiyot yangi texnologik rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani sababli barcha tarmoqlarda yangi turdagi metall mahsulotlariga talab ortib bormoqda.

Shu bois, metall mahsulotlari assortimentini ko‘paytirish uchun yirik kombinatlar va xususiy korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Birgina choksiz quvurga mamlakatimizda 280 million dollarlik talab bor. Asosiy savdo hamkorlarimiz ham yiliga 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, shundan 170 million dollarlik qismini eksportga yo‘naltirish mumkin.

Bugun ishga tushirilgan Quyuv-prokatlash majmuasi hisobiga avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikalari, qurilish materiallari sohalarida 1,5 milliard dollarlik mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati yaratilmoqda.

Mutasaddilarga uch oyda choksiz quvur, sovuq prokat, metalni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlab, ishni boshlash topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3🫡1
Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi.

Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi.

Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3👏3❤1🫡1
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi.

Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi.

Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muhokama

“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan ochiq muhokama tadbiridan videolavha.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 1️⃣ kun qoldi

Ertaga transport sohasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari va sanoat korxonalari bir maydonda uchrashadi.

🚄“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi — bu yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi loyihalarga start berish maydonidir.

📊 O‘tgan galgi tog‘-kon va metallurgiya sohasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada:
• 112 ta korxonaning 1 900 dan ortiq mahsuloti namoyish etildi;
• 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi;
• 60 dan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etildi.

Endi esa navbat transport sohasiga.

Agar mahsulotingiz transport tarmog‘ida qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa yoki yangi hamkorlar izlayotgan bo‘lsangiz, hali ham ishtirok etishga ulgurishingiz mumkin.

🗓️15–16-iyul
📍Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Sof Expo” ko‘rgazma markazi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🙏2🫡1
🇺🇿 🇫🇷Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

13-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) delegatsiyasi vakillari bilan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Muloqot davomida davlat xaridlarini raqamlashtirish, interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, elektron platformalarning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, xarid jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda monitoring mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Insofsiz ijrochilar reyestrini yuritish tizimi, uni shakllantirish mezonlari va huquqiy asoslari, mazkur mexanizmning davlat xaridlaridagi xavflarni kamaytirish hamda shartnoma majburiyatlari ijrosini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

📍 Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy yechimlarni joriy etish, raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda davlat xaridlari sohasida amaliy hamkorlik va tajriba almashishni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥3🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 14.07.2026

Prezidentimiz Bekobod shahriga tashrif buyurdi

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥3❤‍🔥1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 14.07.2026

Prezidentimizning Bekobod shahriga tashrifi yuzasidan intervyu

Agentlik direktori B.Xaydarov

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6🎉3🫡3❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanishiga sanoqli daqiqa qolmoqda

▶️Tadbir Agentlikning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi.

Samarqand viloyati, Jomboy tumani

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2❤1🤔1🤯1