Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.23K subscribers
902 photos
261 videos
697 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
⏱️“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 3️⃣kun qoldi

Har bir yirik ishlab chiqarish avvalo ehtiyojni to‘g‘ri aniqlashdan boshlanadi.

📍O‘tgan galgi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida 112 ta korxonaning 1 900 dan ortiq mahsuloti namoyish etildi. Aynan shu platformada yuzlab yangi kooperatsiya aloqalari uchun muzokaralar boshlandi.

Endi transport sohasi navbatda.

15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulot va texnologik yechimlarini namoyish etadi.

Agar korxonangiz mahsuloti transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

🗓️15–16-iyul
📍Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Sof Expo”

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👌3🫡2
⏱️"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasiga 2️⃣ kun qoldi

Yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun eng avvalo bozor va xaridorni topish kerak.

"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi — mahalliy ishlab chiqaruvchi, yirik davlat buyurtmachisi va investorlarni bir maydonda uchrashtiradi.

📊 O'tgan galgi ko‘rgazma yakunida qariyb 1 milliard AQSH dollarlik 669 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish bo‘yicha "Kelajak loyihalari" shakllantirilgan edi.

Endi navbat transport sohasiga.

15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etadi.

Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, bu ko‘rgazma siz uchun yangi hamkorlar va yangi loyihalar sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.

🗓15–16-iyul,
📍 Samarqand viloyati, Jomboy tumani, "Sof Expo".

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🫡2
#OchiqMuhokama

Yaqin soatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi Nizom loyihasiga bag‘ishlangan “Ochiq muhokama” boshlanadi.

Tadbir davomida xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, sertifikatni rasmiylashtirish hamda reyestr yuritish masalalari muhokama qilinadi.

🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA

🥹Boshlanish vaqti: 11:00


Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida o‘tkaziladi.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🫡3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi hamda mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🫡3❤1
🟢Ayni daqiqalarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibiga bag‘ishlangan ochiq muhokama bo'lib o'tmoqda.


Tadbirda yangi Nizom loyihasining asosiy mazmuni, xizmatlarni mahalliy deb aniqlash mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, ekspertiza jarayonlari hamda sertifikatlangan xizmatlar reestrini yuritish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.


Muhokama davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, amaliy taklif va mulohazalar tinglanmoqda.

Asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun qulay, ochiq va shaffof sertifikatlash tizimini shakllantirish, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda mahalliy xizmatlar bozorida adolatli raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.


🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍3👏3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston metallurgiya kombinati Quyuv-prokatlash majmuasining yagona boshqaruv pulti orqali metalni prokatlash jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6❤‍🔥3🏆1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyuv-prokatlash majmuasining yagona boshqaruv pulti va mahsulotlari davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏5👍4🫡1🆒1
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏3