Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv bugun Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida jami 26 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 6 ta korxonaga tegishli 8 ta masala ochiq muloqotning o‘zida hal etildi. Qolgan 10 ta muammo va 8 ta taklif esa batafsil ko‘rib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev hududdagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif doirasida Muzrabot tumanida joylashgan “ALPOMISH SERVIS INVEST” MChJning sistema va bir martalik shprits ishlab chiqarish korxonasi hamda “SURXON KSP-GRAND” MChJning laminatlangan DSP ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish ko‘rsatkichlari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🫡3👏2
Transport sohasida mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.
Ko‘rgazmada transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari, butlovchi qismlari va texnologik yechimlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥3🫡1
9-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov boshchiligida Navoiy viloyatida yirik sanoat korxonalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati o‘rganildi.
✔️ Tashrif doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 6-gidrometallurgiya zavodi va ishlab chiqarish obyektlari ko‘zdan kechirildi. Ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ehtiyojlari, davlat xaridlari orqali xarid qilinayotgan import mahsulotlari hamda ularni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.✔️ Shuningdek, Nurota kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan "Imperial Granite Nurota", "Jom Marble" hamda "Premier Textile" korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati va investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishildi.✔️ Tashrif davomida “Navoiy Auto Components”, “Metall mahsulotlari zavodi”, “Tio Prom Kompozit 2022” hamda “Navpromlitmash” korxonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi. Mahalliylashtirishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlariga keng jalb etish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎤 Tashrif yakunida mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, davlat xaridlarida ishtirok etish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4👍3🫡1
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4🔥2❤1🫡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda amaliy takliflarni shakllantirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
So’rovnoma joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar davom etadi.
Faol ishtirokingiz va tizimni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3🫡3🔥2
Har bir yirik ishlab chiqarish avvalo ehtiyojni to‘g‘ri aniqlashdan boshlanadi.
Endi transport sohasi navbatda.
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulot va texnologik yechimlarini namoyish etadi.
Agar korxonangiz mahsuloti transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👌3🫡2
Yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun eng avvalo bozor va xaridorni topish kerak.
"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi — mahalliy ishlab chiqaruvchi, yirik davlat buyurtmachisi va investorlarni bir maydonda uchrashtiradi.
Endi navbat transport sohasiga.
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport tarmog‘ining yirik davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlarini taqdim etadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlari va texnologik yechimlarini namoyish etadi.
Agar mahsulotingiz transport sohasida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, bu ko‘rgazma siz uchun yangi hamkorlar va yangi loyihalar sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🫡2
#OchiqMuhokama
Tadbir davomida xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, sertifikatni rasmiylashtirish hamda reyestr yuritish masalalari muhokama qilinadi.
🔠 JONLI EFIR: OCHIQ MUHOKAMA
Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida o‘tkaziladi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Yaqin soatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi Nizom loyihasiga bag‘ishlangan “Ochiq muhokama” boshlanadi.
Tadbir davomida xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, sertifikatni rasmiylashtirish hamda reyestr yuritish masalalari muhokama qilinadi.
🥹 Boshlanish vaqti: 11:00
Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🫡3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga keldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi hamda mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi hamda mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🫡3❤1
🟢 Ayni daqiqalarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalliy deb e’tirof etish tartibiga bag‘ishlangan ochiq muhokama bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda yangi Nizom loyihasining asosiy mazmuni, xizmatlarni mahalliy deb aniqlash mezonlari, sertifikat olish tartibi, elektron ariza yuborish, ekspertiza jarayonlari hamda sertifikatlangan xizmatlar reestrini yuritish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Muhokama davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, amaliy taklif va mulohazalar tinglanmoqda.
Asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun qulay, ochiq va shaffof sertifikatlash tizimini shakllantirish, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda mahalliy xizmatlar bozorida adolatli raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3👍3👏3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6❤🔥3🏆1🆒1