O‘zbekistonda shamol turbinalari parraklarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Energetika vazirligi hamda "O‘zkimyosanoat" AJ mutaxassislari 4–7-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, shamol energetikasi uchun zarur uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashrif qayta tiklanuvchi energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin

Tashrif doirasida delegatsiya shamol energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri — Goldwind Science & Technology Co., Ltd. bosh qarorgohida bo‘lib, kompaniyaning qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash tizimlari (BESS), "yashil" vodorod va "yashil" metanol yo‘nalishlaridagi zamonaviy yechimlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda global loyihalarni boshqarish tajribasi bilan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya Sinoma Lianyungang Blade Factory korxonasida shamol turbinalari uchun 100 metrdan ortiq kompozit parraklar ishlab chiqarish jarayoni, sinov markazlari va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rgandi. Bundan tashqari, Xitoyning eng yirik shisha tolasi va kompozit materiallar ishlab chiqaruvchilaridan biri — Taishan Fiberglass Inc. (CTG) faoliyati bilan tanishilib, shamol energetikasi uchun zarur xomashyo va yuqori texnologiyali materiallar ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.🤝 Tashrif yakunlari bo‘yicha 2027-yilda O‘zbekistonda shamol turbinalari parraklarini ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish hamda ushbu mahsulotlar uchun zarur komponentlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Mazkur tashrif qayta tiklanuvchi energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥7🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zan bitta uchrashuv yangi mahsulot ishlab chiqarilishiga, yangi kooperatsiya aloqasi esa yirik davlat buyurtmasiga asos bo‘lishi mumkin.
Shu maqsadda joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur platformada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari va texnologik yechimlarini bevosita buyurtmachilarga taqdim etish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏3❤1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi mahsulotni ishlab chiqarsangiz, ertaga xaridori tayyor boʻlishi mumkin?
Har yili Oʻzbekistonga millionlab dollarlik mahsulotlar import qilinadi. Ularning ayrimlarini esa mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish uchun yetarli imkoniyat mavjud.
Shu maqsadda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi respublika va tashqi bozorlarni tahlil qilib, oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatini bosqichma-bosqich eʼlon qilib bormoqda.
🎥 Ushbu videoda ana shunday mahsulotlardan biri – maishiy sovutkich va konditsionerlar uchun kompressorlar misolida yangi ishlab chiqarish imkoniyati haqida bilib olishingiz mumkin.
Bu – bozor talabi, import hajmi, xomashyo bazasi, ehtimoliy xaridorlar va ishlab chiqarish istiqbollari tahlili asosida shakllantirilgan amaliy tavsiyadir.
✅ Kelgusida elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya va boshqa tarmoqlar boʻyicha ham istiqbolli mahsulotlar haqida muntazam maʼlumot berib boramiz.
#PF17 #OzlashtirishRoyxati #LocalizationList
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Har yili Oʻzbekistonga millionlab dollarlik mahsulotlar import qilinadi. Ularning ayrimlarini esa mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarish uchun yetarli imkoniyat mavjud.
Shu maqsadda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi respublika va tashqi bozorlarni tahlil qilib, oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatini bosqichma-bosqich eʼlon qilib bormoqda.
Bu – bozor talabi, import hajmi, xomashyo bazasi, ehtimoliy xaridorlar va ishlab chiqarish istiqbollari tahlili asosida shakllantirilgan amaliy tavsiyadir.
#PF17 #OzlashtirishRoyxati #LocalizationList
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4❤3🤝3
Joriy yilning 8-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (UNDP)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida tomonlar oʻzaro tanishuv oʻtkazib, hamkorlikning mavjud yoʻnalishlari hamda uni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.🎤 Muloqot davomida davlat xaridlari tizimini institutsional rivojlantirish, sohada sertifikatlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilgʻor tajribalarni joriy etish orqali soha mutaxassislarining salohiyati va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat xaridlari sohasida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, institutsional imkoniyatlarni mustahkamlash hamda oʻzaro manfaatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4👍3🫡1
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda jamlab, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, bundan oldingi Ohangaron shahrida o'tkazilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida 112 ta korxonaning 1 900 dan ortiq mahsuloti namoyish etilgan, 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan hamda 60 dan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etilgan.
Bu galgi ko‘rgazmada esa transport sohasidagi mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari, mahalliylashtirish imkoniyatlari, butlovchi qismlar va yangi texnologik yechimlar namoyish etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2🫡2
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi ertaga 10-iyul kuni Muzrabot tumanida o'tkaziladi.
Muborak, Qonlikoʻl, Xovos, Navbahor, Payariq, Mirobod, Qoraoʻzak tumanlari va Olmaliq shahri
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🫡4🔥3👍1
Amudaryoda – navbatdagi ochiq muloqot
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika hududlarida izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 8-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda Agentlik rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ, "O‘zbekekspertiza" AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
📊 Tadbirda 45 ta korxonadan 47 nafar vakil bevosita qatnashdi. Shuningdek, respublikaning 8 ta hududiy studiyasi orqali 83 nafar ishtirokchi onlayn tarzda muloqotga ulandi. Umumiy hisobda ochiq muloqot 130 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
🔊 Muloqot davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuvda jami 7 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 3 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan 4 ta masala esa batafsil ko‘rib chiqish va amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni amaliy hal etish, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ishlab chiqaruvchilarni yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika hududlarida izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 8-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda Agentlik rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ, "O‘zbekekspertiza" AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni amaliy hal etish, davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ishlab chiqaruvchilarni yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4👏4🫡1
Navoiydagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik: Mahalliy mahsulotlar salohiyati o‘rganilmoqda
Joriy yilning 7–8-iyul kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Agentlikning Loyiha ofisi hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tashabbusi bilan jamiyat tizimidagi mutaxassislar uchun Navoiy viloyatidagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishishga qaratilgan amaliy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida ishchi guruh "Navoiy mashinasozlik zavodi" AJ hamda hududdagi qator zamonaviy sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot nomenklaturasi va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun texnologik uskunalar, metall konstruksiyalar va ehtiyot qismlar, burg‘ilash agregatlari, energiya tejamkor LED yoritish vositalari, polipropilen quvurlar, telekommunikatsiya uskunalari, gidravlik va texnologik jihozlar, metall quyma mahsulotlari, kompozit materiallar, shuningdek, isitish radiatorlari va zamonaviy issiqlik uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati o‘rganildi.
🤝 Uchrashuvlar davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud imkoniyatlari hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizim korxonalarining ehtiyojlari o‘zaro muhokama qilinib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy korxonalardan xarid qilish, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda mahsulotlarni texnik talablarga mos ravishda takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
➡️ Mazkur amaliy tashrif mahalliylashtirish darajasini oshirish, yirik davlat buyurtmachilarining ehtiyojlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobidan qoplash, import hajmini qisqartirish hamda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
✔️ Tashrif yakunida "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizim korxonalari ehtiyojlari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlar xarid qilish, importni optimallashtirish hamda korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Joriy yilning 7–8-iyul kunlari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Agentlikning Loyiha ofisi hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tashabbusi bilan jamiyat tizimidagi mutaxassislar uchun Navoiy viloyatidagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan joyiga chiqqan holda tanishishga qaratilgan amaliy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida ishchi guruh "Navoiy mashinasozlik zavodi" AJ hamda hududdagi qator zamonaviy sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot nomenklaturasi va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun texnologik uskunalar, metall konstruksiyalar va ehtiyot qismlar, burg‘ilash agregatlari, energiya tejamkor LED yoritish vositalari, polipropilen quvurlar, telekommunikatsiya uskunalari, gidravlik va texnologik jihozlar, metall quyma mahsulotlari, kompozit materiallar, shuningdek, isitish radiatorlari va zamonaviy issiqlik uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati o‘rganildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥3
Xizmatlarni mahalliy deb e'tirof etishning yangi tartibi bo‘yicha Nizom loyihasi ochiq muhokamaga qo‘yilmoqda.
Muhokamada quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqiladi:✔️ qaysi mezonlar asosida xizmatlar mahalliy deb e'tirof etiladi;✔️ mahalliy xizmatlarni tasdiqlovchi sertifikat berish tartibi;✔️ sertifikatga ega xizmatlarni Elektron kooperatsiya portali hamda davlat xaridlari elektron tizimlarining "Milliy do‘kon" sahifalarida joylashtirish tartibi;✔️ xizmatlarning mahalliylik darajasini baholash mezonlari;✔️ sertifikat olish uchun tadbirkorlarga qo‘yiladigan talablar va amaliy jarayonlar.
Agar siz xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritsangiz, mazkur Nizom loyihasi aynan sizning faoliyatingizga ta'sir qilishi mumkin.
Sizning amaliy fikr va takliflaringiz yakuniy hujjatni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3🫡1
Bir uchrashuv yangi ishlab chiqarishga, bitta kelishuv esa milliardlab so‘mlik loyihaga aylanishi mumkin.
O‘tgan safargi Ohangaronda o‘tkazilgan tog'-kon sanoat sohasidagi "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi yakunida:
Endi navbat — transport sohasiga.
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport yo‘nalishidagi "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu yerda siz:✅ yirik davlat buyurtmachilarining ehtiyojlari bilan tanishasiz;✅ mahsulotingizni bevosita xaridorga taqdim etasiz;✅ yangi kooperatsiya va ishlab chiqarish loyihalarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Agar mahsulotingiz transport sanoatida qo‘llanishi mumkin bo‘lsa, bu ko‘rgazmani o‘tkazib yubormang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Amudaryo tumanida tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot xususida.
amunews.uz

🔥4👏4👍3