Tadbirda filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar, yirik sanoat tarmoqlari, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda filtr mahsulotlariga boʻlgan talab, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, import hajmlari, mahalliylashtirish imkoniyatlari va yirik isteʼmolchi korxonalar ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar hisobidan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.🎤 Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mahalliy korxonalar tomonidan avtomobil, sanoat, energetika, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlar uchun turli xil filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.💬 Muloqot davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligini taʼminlash, sertifikatlash masalalarini hal etish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ishtirokini kengaytirish hamda texnik topshiriqlarni raqobat muhitini taʼminlaydigan tarzda shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, elektron kooperatsiya platformalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahalliylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha amaliy takliflar koʻrib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🫡3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) ekspertlari ishtirokida yashil davlat xaridlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida yashil davlat xaridlarini joriy etishning xalqaro tajribasi, ekologik mezonlarni davlat xaridlariga integratsiya qilish, elektron platformalarni takomillashtirish hamda ushbu tizimni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish masalalari muhokama qilindi.✔️ Expertise France tashkilotining barqaror davlat xaridlari bo‘yicha yetakchi eksperti Farid Yaker ta'kidlaganidek, O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy maqsadi mamlakatda yashil davlat xaridlarini izchil rivojlantirish hamda kelgusi yillarda davlat xaridlarida yashil xaridlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishdan iborat.
Shuningdek, ekspertlar ekologik ta'siri yuqori bo‘lgan mahsulot toifalarini belgilash, elektron davlat xaridlari portalida yashil xaridlarni identifikatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga moslashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan navbatdagi vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏2😍1🫡1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan:✔️ xalqaro ekspertlar va maslahatchilarni jalb etish;✔️ tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;✔️ qo‘shma seminar va treninglarni tashkil etish;✔️ davlat xaridlari hamda sanoat kooperatsiyasi tizimini xalqaro ilg‘or tajribalar asosida kompleks tahlil qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy va ekspert ko‘magini yo‘lga qo‘yish hamda mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4🫡3
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik mas’ul xodimlari tomonidan tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganilmoqda.
Uchrashuv davomida tarmoq ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va texnologik jihozlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, boshqa tarmoq korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥2🫡1
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🫡3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Bu yil Sergelini rivojlantirish uchun budjetdan 173 milliard so‘m, banklar orqali 2 trillion 200 milliard so‘m resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga ushbu mablag‘larni samarali ishlatib, qo‘shilgan qiymatni 2-3 karra oshirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Joriy yil tuman hokimlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Sergelining o‘ziga o‘tgan besh oyda 236 million dollar investitsiya kiritildi. Yil yakunigacha 60 ta loyihani boshlash hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.
Poytaxt sharoitida sanoat loyihalarini joylashtirishda yer masalasi eng katta muammo ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratish va investitsiya, sanoat, ish o‘rni, eksport hamda budjet tushumi ko‘rsatkichlarini loyiha qilgan tumanning o‘ziga yoziladigan tizimni joriy etish topshirildi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Bu yil Sergelini rivojlantirish uchun budjetdan 173 milliard so‘m, banklar orqali 2 trillion 200 milliard so‘m resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga ushbu mablag‘larni samarali ishlatib, qo‘shilgan qiymatni 2-3 karra oshirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Joriy yil tuman hokimlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Sergelining o‘ziga o‘tgan besh oyda 236 million dollar investitsiya kiritildi. Yil yakunigacha 60 ta loyihani boshlash hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.
Poytaxt sharoitida sanoat loyihalarini joylashtirishda yer masalasi eng katta muammo ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratish va investitsiya, sanoat, ish o‘rni, eksport hamda budjet tushumi ko‘rsatkichlarini loyiha qilgan tumanning o‘ziga yoziladigan tizimni joriy etish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥4
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.➡️ Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Sof Expo" ko‘rgazma markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🫡3❤2🔥2👍1
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi ertaga 8-iyul kuni Amudaryo tumanida o'tkaziladi.
Mirishkor, Toyloq, Boysun, Ohangaron, Bektemir tumanlari, Marg'ilon, Nukus, Bekobod shaharlari
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4👍3❤1🫡1
“O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish jarayonini yanada qulay, tezkor, shaffof va xavfsiz tashkil etish maqsadida “UzCertExpert” axborot platformasining takomillashtirilgan talqini ishga tushirildi.
Yangi platforma tadbirkorlarga arizalarni masofadan turib topshirish, ularning ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatish va tayyor sertifikatni elektron shaklda olish imkonini beradi.
🟢 Foydalanuvchilar platforma orqali:
- ariza va zarur hujjatlarni onlayn topshirishi;
- ariza holatini real vaqt rejimida kuzatishi;
- hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlashi;
- mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto - hamda videolarni biriktirishi;
- tayyor sertifikatni elektron shaklda yuklab olishi;
- sertifikatning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirishi mumkin.✅ Platformaga kirish OneID va E-IMZO orqali amalga oshiriladi. Bu foydalanuvchini ishonchli identifikatsiya qilish, shaxsiy ma’lumotlar hamda hujjatlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“UzCertExpert” platformasi orqali sertifikat olish jarayoni 4 ta oddiy bosqichdan iborat:➡️ Ariza yuborish
Kerakli xizmat turi tanlanadi va ariza hamda zarur hujjatlar onlayn topshiriladi.➡️ Ekspertiza
Mutaxassislar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli xulosani tayyorlaydi.➡️ Elektron tasdiqlash
Tayyorlangan hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.➡️ Sertifikatni olish
Tayyor sertifikat elektron shaklda yuklab olinadi va uning haqiqiyligi QR-kod orqali tekshiriladi.
Tizimda arizalarni ekspertlarning amaldagi ish yuklamasiga qarab avtomatik taqsimlash mexanizmi joriy etildi. Bu ekspertlar o‘rtasida ish hajmini mutanosib taqsimlash va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini avtomatik hisoblash funksiyasi yaratildi. Ushbu imkoniyat inson omilini kamaytirish, hisob-kitoblarning xolisligi va jarayonlarning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.
Mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto hamda videolarni arizaga biriktirish imkoniyati esa ayrim holatlarda ishlab chiqarish jarayonlarini masofadan turib o‘rganish uchun sharoit yaratadi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalarni quyidagi manzil orqali yuborish mumkin:
🌐 Platforma:
https://app.expertiza.uz
📞 Qo‘llab-quvvatlash xizmati kontaktlari:
https://app.expertiza.uz/responsibles
🎬 Platformadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma:
https://www.youtube.com/watch?v=47SkWRca4w4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🔥4🫡1
Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada yirik davlat va korporativ buyurtmachilarning mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari hamda import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, logistika va investitsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏4🫡1
O‘zbekistonda shamol turbinalari parraklarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Energetika vazirligi hamda "O‘zkimyosanoat" AJ mutaxassislari 4–7-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, shamol energetikasi uchun zarur uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashrif qayta tiklanuvchi energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
🌍 Veb-sayt 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 📹 Youtube X 🔹 Linkedin
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Energetika vazirligi hamda "O‘zkimyosanoat" AJ mutaxassislari 4–7-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, shamol energetikasi uchun zarur uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida delegatsiya shamol energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri — Goldwind Science & Technology Co., Ltd. bosh qarorgohida bo‘lib, kompaniyaning qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash tizimlari (BESS), "yashil" vodorod va "yashil" metanol yo‘nalishlaridagi zamonaviy yechimlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda global loyihalarni boshqarish tajribasi bilan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya Sinoma Lianyungang Blade Factory korxonasida shamol turbinalari uchun 100 metrdan ortiq kompozit parraklar ishlab chiqarish jarayoni, sinov markazlari va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rgandi. Bundan tashqari, Xitoyning eng yirik shisha tolasi va kompozit materiallar ishlab chiqaruvchilaridan biri — Taishan Fiberglass Inc. (CTG) faoliyati bilan tanishilib, shamol energetikasi uchun zarur xomashyo va yuqori texnologiyali materiallar ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.🤝 Tashrif yakunlari bo‘yicha 2027-yilda O‘zbekistonda shamol turbinalari parraklarini ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish hamda ushbu mahsulotlar uchun zarur komponentlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Mazkur tashrif qayta tiklanuvchi energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥7🫡2