Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
4.21K subscribers
917 photos
263 videos
706 links
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Download Telegram
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi ertaga 2-iyul kuni Sayxunobod tumanida o'tkaziladi.

✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi:
Ulugʻnor, Romiton, Forish, Yakkabogʻ, Taxiatosh, Karmana, Urgut, Shoʻrchi, Zangiota, Fargʻona, Yangiariq, Koson, Xoʻjaobod, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Boʻzatov, Tomdi,  Qoʻshrabod, Boʻka, Qoʻshtepa, Hazorasp, Uchtepa, tumanlari Bekobod, Fargʻona shahri.

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 2-iyul 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00 da
📌 Sayxunobod tumanida

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥2
✅Transport sohasida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi

Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo'nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etiladi.

➡️ Ko‘rgazma transport sohasida davlat xaridlari orqali mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda yangi ishlab chiqarish va investitsiya loyihalarini shakllantirishga qaratilgan.

Ko‘rgazma doirasida transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, butlovchi qismlar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar namoyish etiladi.

Tadbir davomida davlat xaridlari, mahalliy kontentni kengaytirish, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, investitsiyalarni jalb etish, logistika, malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy muloqotlar va hamkorlik uchrashuvlari tashkil etiladi.


✔️ Hurmatli tadbirkorlar, ko‘rgazmada siz:
🤝 transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining xarid ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish;
🤝 mahsulot va texnologik yechimlaringizni bevosita buyurtmachilarga taqdim etish;
🤝 yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish;
🤝 yangi kooperatsiya aloqalari, istiqbolli shartnomalar va ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — transport sohasidagi davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini kengaytirish, yirik davlat buyurtmachilarining ehtiyojlari asosida yangi ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Transport sanoati rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarni mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

"Milliy sanoat zanjiri" — mahalliy ishlab chiqaruvchi va yirik davlat buyurtmachisi uchrashadigan maydon.

📍 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, "Sof Expo" ko‘rgazma markazi.

📞 Ma'lumot uchun: (97) 888-10-01, (33) 711-08-88

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥3🫡1
✅ Oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxati eʼlon qilib boriladi
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qoʻshilgan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatini bosqichma-bosqich shakllantirib, eʼlon qilib borishi belgilangan.

🏛️ Bugungi kunda Agentlik tomonidan respublika va tashqi bozorlardagi talab, import tarkibi, eksport salohiyati, mavjud xomashyo bazasi, ishlab chiqarish kooperatsiyasi imkoniyatlari hamda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish salohiyati tahlil qilinib, dastlabki bosqichda respublikada mahalliylashtirish va oʻzlashtirish uchun istiqbolli deb baholangan 10 ta raqobatbardosh mahsulotlarning roʻyxati shakllantirildi.

➡️ Mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish maqsadida har bir mahsulot boʻyicha asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar, foydalaniladigan xomashyo turlari, ehtimoliy sotuv bozorlari, import oʻrnini bosish va eksport salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab olgan tizerlar tayyorlandi.

Agentlik tomonidan elektrotexnika, elektronika va robototexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, gaz va neft kimyosi, yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya, energetika, togʻ-kon, farmatsevtika va boshqa bir qator sanoat sohalarida  mahalliylashtirish va oʻzlashtirish uchun istiqbolli deb baholangan mahsulotlar roʻyxati eʼlon qilib boriladi.


✔️ Ushbu roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni oʻzlashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻrnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi hamda ular oʻrta va uzoq muddatda mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.

📄 Mahsulotlar roʻyxati bilan tanishish

Shuningdek, Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan “Mahalliylashtirish uchun tavsiya etiladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar roʻyxati” eʼlon qilindi.

📄 Roʻyxat bilan tanishish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🫡4🔥2
✔️ Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy oshirishga qarshi yangi mexanizm joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun bilan davlat xaridlari sohasida narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritildi.
 
🧷 Xususan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar narxi hamda ularning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan tafovutni belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 
🔴 Endilikda davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirishda boshlang‘ich narxni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilishi shart.
 
✅ Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish:

❗️mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️ Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
 
📍 Mazkur o‘zgartishlar davlat xaridlarida boshlang‘ich narxlarni bozor narxlariga mos va asosli shakllantirish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda xarid jarayonlarida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

⛓️ Qonunga muvofiq, davlat xaridlarida tovar va xizmatlarning o‘rtacha bozor narxini aniqlash, narxlar o‘rtasidagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarani belgilash hamda ushbu jarayon ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏2🫡1
#OAV_biz_haqimizda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ hamda ACT Global xalqaro ekspertlari ishtirokida barqaror davlat xaridlari (Sustainable Public Procurement – SPP) tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik ilk missiya yuzasidan.

Biznes Daily Birja jurnali 51-soni

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🫡3
🇺🇿 🇫🇷Expertise France va AFD bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

Joriy yilning 1-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yashil davlat xaridlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Agentlik va Expertise France o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🎤 Tomonlar elektron davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, yashil davlat xaridlarini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish, davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


✍️ Shuningdek, uchrashuvda Agentlik va Expertise France o‘rtasidagi 10 oylik qo‘shma ish rejasining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Unda yashil davlat xaridlarini bosqichma-bosqich joriy etish, ustuvor mahsulotlar bo‘yicha pilot tenderlarni o‘tkazish, elektron davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, elektron yetkazib beruvchilarni baholash mexanizmlarini rivojlantirish, davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning malakasini oshirish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur ish reja Prezidentning 2026-yil 6-fevraldagi qarori bilan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan ustuvor vazifalarni birgalikda amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5🫡3
✔️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

🇺🇿 Davlat gerbi – mamlakatimizning suvereniteti, qonuniyligi va davlatchilik an'analarini ifodalovchi asosiy davlat ramzlaridan biridir.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi ham o‘z faoliyatini davlat ramzlariga yuksak hurmat ruhida amalga oshiradi.


Davlat ramzlari – xalqni, davlatni va umumiy maqsadlarni birlashtiruvchi timsollardir.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥2🫡1
🔴Transport sohasida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


🤝 Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, logistika va yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.

✍️ Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yuqoridagi QR-kod yoki quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 15–16-iyul 2026-yil
🌐 Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
"Sof Expo" ko‘rgazma markazi


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🫡3❤1
✔️ Yirik davlat buyurtmachilari bilan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 2-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Agentlik direktori rahbarligida yirik davlat korxonalari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari ishtirokida davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🎤 Yig‘ilishda davlat xaridlari tizimining joriy holati tahlil qilinib, yirik davlat buyurtmachilarining xarid faoliyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, davlat xaridlari monitoringi davomida aniqlanayotgan tizimli kamchiliklar tahlil qilinib, xaridlarni rejalashtirish va tashkil etish sifatini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, shartnoma ijrosi intizomini kuchaytirish, davlat xaridlariga oid ma'lumotlarni elektron tizimlarda o‘z vaqtida yuritish hamda xarid jarayonlarining shaffofligi va raqobatbardoshligini ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

💬 Muhokamalar davomida yirik davlat buyurtmachilarining amaliy tajribasi va takliflari eshitilib, davlat xaridlari, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida uchrayotgan muammolarni hamkorlikda hal etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida davlat buyurtmachilari bilan ochiq va tizimli muloqotni davom ettirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda davlat xaridlari tizimining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🏆3🔥2🫡1
📍Sayxunobodda – navbatdagi ochiq muloqot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda. 2-iyul kuni navbatdagi uchrashuv Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ, "O‘zbekekspertiza" AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

📈 Ochiq muloqotda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari bevosita qatnashdi. Shuningdek, 11 ta hududiy studiya orqali 60 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi.

🔉 Muloqot davomida 16 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi:
✅ 5 tasi joyida hal etildi;
💬 3 ta masala yuzasidan tushuntirishlar berildi;
📍 8 ta murojaat vakolatli tashkilotlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltirildi.


Muloqot davomida davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishlarida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.

Mazkur ochiq muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida izchil davom etmoqda. Asosiy maqsad hududlardagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyida o‘rganish, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan takliflarni shakllantirishdan iborat.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🫡3🔥2
✔️ Filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yirik isteʼmolchi tarmoqlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

💬 Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani mustahkamlash hamda davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish masalalariga bagʻishlangan amaliy muloqot boʻlib oʻtdi.

Tadbirda filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar, yirik sanoat tarmoqlari, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda filtr mahsulotlariga boʻlgan talab, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, import hajmlari, mahalliylashtirish imkoniyatlari va yirik isteʼmolchi korxonalar ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar hisobidan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

🎤 Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mahalliy korxonalar tomonidan avtomobil, sanoat, energetika, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlar uchun turli xil filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.

💬 Muloqot davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligini taʼminlash, sertifikatlash masalalarini hal etish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ishtirokini kengaytirish hamda texnik topshiriqlarni raqobat muhitini taʼminlaydigan tarzda shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, elektron kooperatsiya platformalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahalliylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha amaliy takliflar koʻrib chiqildi.


🤝 Tadbir yakunida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilar oʻrtasida doimiy muloqot mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🫡3🔥2